Jismoniy tarbiya metodikasining metodologik,ilmiy-nazariy,psixologo-pedagogik asoslari


Download 90.5 Kb.
bet5/8
Sana09.02.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1179875
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA METODIKASINING METODOLOGIK

Instruktsiya berish - texnikani o‘rganish faoliyatini vazifalarni yoki mashqlarni bajarish qoidalarini so‘z orqali konkret va aniq tushunarli shug‘ullanuvchilarga etkazish.
O‘qshimcha tushuntirish - ayrim harakatlar, yoki bajarish usulini sifatini yaxshilash maqsadida chuqurroq bilim berish maqsadida turli ko‘rgazmalar orqali izohlash, tushuntirish.
Ko‘rsatma va buyruqlar - bu maxsus so‘z shaklida o‘quvchilar faoliyatini boshqarish. Ko‘rsatma va buyruq orqali dastlabki ko‘rsatish vazifalarni aniqlash maqsadida qo‘llaniladi hamda samarador usullardan biridir.
Og‘zaki baholash - bu so‘z orqali o‘quvchilar faolitini maqullash yoki aksincha (yaxshi, yomon va h.k.).
O‘z-o‘ziga gapirish va buyruq berish - o‘z-o‘ziga gapirib mashqni bajarish usullari, o‘z faoliyatini bayon etadi. Masalan: o‘yin taktikasini, yo‘nalishini, uni bajarish 35 usullarini fikran rejalashtiradi.
Bu usulning asosi - bu so‘zning harakat bilan bog‘likligidir va shu kabilir.
Ko‘rgazmalilik metodi. Jismoniy tarbiyada ko‘rgazmalilik metodi keng qo‘llaniladi, ya’ni hamma sezgi organlariga ta’sir etib bor narsalar bilan aloqa o‘rnatiladi. Bunda ko‘rish, harakat, va boshqa sezgilardan foydalaniladi. Keng ma’nodagi ko‘rgazmalikni amalga oshirishda mashqlarning xarakteristikasi, bajarish sharoitlariga asoslangan metodlar majmuasidan foydalanib bu metodlar quyidagi guruhchalarga bo‘linadi. Ular bavosita namoyish qilishni o‘qituvchi tomonidan yoki bir o‘quvchi yordamida metodik ko‘rsatishidan iborat. Mashqlarni bajarilishini harakat ta’sirining, qoidalari haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirish uchun namoyishning yordamchi vositalaridan ya’ni bevosita ko‘rgazmali metodidan keng foydalaniladi. Bunday bevosita namoyish metodlari quyidagilarga bo‘linadi: Rasm, sxema, fotosur’at va shu kabi ko‘rgazma qurollarini namoyish etish; Buyum modellar va maketlarni namoyish etish; Kino va videomagnitafonli namoyish; Tanlab olingan - apparatlar yordamida masalan: mikrofon, radioapparatura, yorug‘lik elektrosignallari; Yo‘naltirilgan sezish harakat metodlari (masalan, tre.-lar); Orientirovka (mo‘ljal) metodlari (osilgan to‘plar, bayroqchalar, zal va maydonchalardagi belgilar va h.k). Lider va kundalik sensor rejalashtirilgan metodlar; Tez informatsiya metodi (videomagnitafon).
O‘yin metodi. O‘yin azaldan pedogogik vazifani ado etib kelgan hamda tarbiyaning asosiy vositasi va metodlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Tarbiya sohasida o‘yin metodi degan tushuncha o‘yinning metodik xususiyatlarini, ya’ni tarbiyaning boshqa metodlaridan (shug‘ullanuvchilar faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik qilish kabi xususiyatlari jihatdan) farq qiladigan tomonlarini ifoda etadi. Jismoniy tarbiyaning o‘yin metodi uchun quyidagi belgilar xarakterlidir:
1. Faoliyatni obrazli yoki shartli syujet (o‘yin maqsadi, rejasi) asosida tashkil etish, bunda vaziyatning doimiy va ko‘proq darajada behosdan o‘zgarishi bilan muayyan maqsadga erishish nazarda tutiladi.
2. Maqsadga erishish xilma-xilligi va faoliyatning majmua harakterdagi bo‘lishi (masalan, yugurish, sakrash, irg‘itish).
3. Shug‘ullanuvchilarning bemalol mustaqil harakat qilishi, ularni tashabbus va chaqqonlik ko‘rsatishlariga, topqir bo‘lishlariga, harakat faoliyatlariga yuksak talablar qo‘yish.
4. Shug‘ullanuvchilar harakatining bir-biriga bog‘liqligi, yorqin emotsionallik. 5.Jismoniy yuklamadozirovkasining cheklangan imkoniyati.

Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling