Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan “Maktabgacha yoshdagi bolalarni harakatli o’yinlar orqali vatanparvarli ruxida tarbiyalash ”


Download 65.42 Kb.
bet2/4
Sana19.04.2023
Hajmi65.42 Kb.
#1363448
1   2   3   4
Bog'liq
Ruxshon

Mavzuni o’rganilganlik darajasi. Mashxur pedagog K.D.Ushinskiy rus xalq o‘yinlariga yuksak baho bergan hamda ulardan bolalarni tarbiyalashda keng foydalanishni maslahat bergan edi. N. K. Krupskaya fikrlarida o’yinning jismoniy kamolatdagi ahamiyati haqida ham gapiriladi.
Kurs ishining maqsadi. Bolalarda milliy harakatli o’yinlar orqali vatanparvarlik ruxida tarbiyalash.
Kurs ishining ob’ekti. Milliy harakatli o’yinlar orqali bolarda vatanparvarlik tushunchasini shakillantirish.
Kurs ishning pridmeti. Milliy harakatli o’yinlarnng bola tarbiyasiga tasirini dolzarbligi va muhimligni o’rganish jarayoni.
Kusr ishning vazifalari.

  • Bolalarda milliy harakatli o’yinlar orqali tarbiyalarni shakillantirish

  • Bolalarda milliy harakatli o’yinlar orqali vatanparvarlik hissini shakillantirish

  • Milliy harakatli o’yinlarning bolalar tarbiyasidagi ahamiyatni oshirish.

Kurs ishning metodlari. Bliss so ‘rovnomasi , savol-javob, suhbat va munozara, taklif va muhokama , B1B2B3
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi. Kirish, ikki bob , umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan va ilovalardan tashkil topgan
I BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda o’zbek milliy harakatli o’yinlaridan foydalanish.

    1. Maktbgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda o’zbek milliy harakatli o’yinlaridan foydalanishning pedagogik imkniyatlarni.

O'yinda harakat hayot ma’nolarini ifoda etuvchi ma’no kasb etsa-da, asosan, taqlidiy mohiyatga ega. Chunki bolalar kattalarga taqlid qila turib o‘ynaydilar, taqlid ular uchun olamni va odamni o‘zlashtirish vositasiga aylanadi. «Xalq ommasi bag'rida kechayotgan bolalar turmushining alohida nuqtalari bor, — deb yozgan edi rus folklorshunosi G.Vinogradov. — Bolalar o‘zlarini ayrim ajratilgan alohida olam sifatida anglashadi va yashashadi. Kattalar ishtirokisiz ham o‘yin o‘ynay bilishadi, o‘ynab turib o'rganadi, bevosita kattalardan emas, o‘z akasidan ular merosini o'zlashtiradi, raqsni o'rganadi — yana o'sha kattalardan emas, ko'pincha ulardan olamshumul sir tutgan holda shu tariqa atrofhi o'ragan muhitni anglash har gal ham kattalar ta’siri va rahbarligida kechavermaydi»1. Shunga qaramay, bolalar faoliyatida taqlidchilikning yetakchi tamoyilligi rad etib bo'lmas haqiqatdir.
Har bir taqlidiy harakat ulaming o'yinlarida turmushning qay bir qirrasini aks ettiruvchi ma’no kasb eta boradi. Aytaylik, uzun xivichni toychoq qilib minib oigan va har gal: «Chu!» — deya unga qamchi bosib chopqillagan bolakay quvonchi haqiqiy chavandoznikidan kam emas. U hatto entikkanidan toychoqday kishnab ham qo'yadi. «Urush-urush»ga o'ynab o'yinchoq to'pponchasi (miltiqchasi)dan «paq» etib otarkan, haqiqiy g'oliblik nash’asini surganday sezadi o'zini. O'yinchoq moshinchasida tuproq solib olib, o'zi «qurgan» yo'lakchadan sudrab turib «bib-bib»lab chopayotgan bolakay tuygan zavq haqiqiy shofyomikidan kam emas.
Qo'g'irchog'ini allalab uxlatayotgan yoki unga «ovqat yedirayotgan» qizaloq kayfiyatida haqiqiy onalamikidan qolishmaydigan surur bor. Yoxud o'shal qizaloq loydan «xamir» qorib, «kulcha»lar pishirib, mehmondorchilik taomilini o'ynab turib ado etarkan, bundan tuygan sururida kattalaming haqiqiy mehmonnavozlikda his qiladigan jonbaxsh safo bor, albatta.
Chelakchasida suv tashiganida, loydan uycha qurgan ida, tuproqdan xirmon uyganida bolakay shunchaki o'ynamaydi, kattalarga taqlid qila turib mehnat qilgan bo'ladi. Bu shunchaki taqlidiy mehnat emas, balki unga xos jarayonlami o'zlashtirish, mehnatning mohiyatini idrok etishdan iborat hayot sabog'idir. U hayotni o'ynab turib o'zlashtiradi, o'ynab turib ijodiy salohiyatini shakllantiradi va toblaydi, o'ynab turib bunyodkorlikni o'rganadi va kelajakning bunyodkori bo'lib yetishadi.
Mustaqil O‘zbekistonimizning istikloli tufayli, boshka soxalarda bo‘lganidek, boshlangich ta’lim soxasida xam katta o‘zgarishlar yuz bermokda. Buni biz boshlangich sinflar faoliyatiga milliy urf-odatlar, an’analarning dadil kirib kelayotgani, barcha darslarning davlat tilida o‘tilayotgani kabi misollarda ko‘rishimiz mumkin. Eng quvonchlisi o‘zbek xalk milliy o‘yinlarining maktab dasturlaridan keng o‘rin olishidir.
Xalq o‘yinlari xalk ijodining o‘ziga xos turi bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Xar bir xalkning o‘z milliy o‘yinlari mavjud. Ular o‘sha xalkning madaniyati, urf-odatlari, ijodi, mexnat faoliyati asosida vujudga keladi. Shuningdek, o‘zbek xalk milliy o‘yinlari xalkimizning buyuk merosi sifatida kadim zamondan bugungi kungacha saklanib va saykallanib kelmokda.
Ma’lumki, qadimda o‘zbek xalk o‘yinlari katta sayillarda, ommaviy tamoillarda keng ko‘llanilgan. O‘zbek xalq milliy o‘yinlarining tuzilishi, mazmuni turlicha bo‘lib, ular xalqimizning moddiy, maishiy va ma’naviy tarixini o‘rgatishda muxim manbaalardan biri xisoblanadi.
Bobokalonlarimiz Maxmud Koshgariy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino asarlarida xam bolalar ijodkorligi, folklor o‘yinlariga taallukli ma’lumotlar juda ko‘p uchraydi. Jumladan, «Devanu-lugatit turk» kitobida o‘yinlarning tur va yo‘nalishlari xakida kizikarli ma’lumotlar keltirilgan.
O‘zbek pedagogikasi tarixi ravnakiga katta ulush ko‘shgan iste’dodli murabbiy, shoir, zabardast olim va moxir tarjimon Muxammad Rizo Ogahiy (1809-1870) «Ta’vizul-oshikin» devonida o‘zbek milliy o‘yinlari: chavandoz, ot ustida kurash tushish, ot ustida kilichbozlik, chavgon, yogoch ot, chillak, sopkon, kamondan otish bo‘yicha merganlik, shatranj, karda, dorboz, poyga, varrak, yogoch xukka, masxarabozlik, tosh ko‘tarish, pachok o‘yini, oshik o‘yini, to‘p o‘yini va boshkalar to‘grisida ma’lumotlar berib, bu o‘yinlarning koidalarini birma-bir izoxlaydi. Ogahiy «Kurash» she’rida xalk milliy sport o‘yinlaridan bo‘lgan kurashni juda yaxshi bayon etadi.
Biri – biriga zo‘r izxor aylab,
Yikorga ne allakim bor aylab.
Buyun olib bariga ko‘rguzib sho‘r
Biri changak solib, izxor etib zo‘r,
Madad chun biriga tam’ yeturdi,
Ko‘tarib birni andok yerga urdi.
Ogahiy fikricha, kurash bilan shugullanish bolalarni kat’iy intizomga odatlantiradi, u kuchiga ishonch xosil kilish bilan birga, ularning jismoniy va akliy kamolotiga ijobiy ta’sir kiladi. U «Poyga ta’rifida» asarida poygaga tibbiy va jismoniy tarbiya nuktai-nazaridan baxo beradi. «Otda yelish bolaligida gavdasini tutolmaslikka mubtalo bo‘lgan kishilarni aklining susayishidan, yurak xurujlaridan xalos etadi va jismonan bakuvvat kiladi, uni orzu-umid bilan yashashga, intilishga undaydi», - deydi.
Bolalar o‘yinining yana bir foydalisi chavgon o‘yini bo‘lib, u bolalarni jangga o‘rgatib, toblab, chiniktirib, jismoniy kuch-kuvvatini oshirib boradi. Bu xakda u shunday yozadi:
Chikib maydon aro to kuyu-chavgon o‘yinni ko‘ring,
Agar mushkul desang mushkul, va gar oson desang oson ...
So‘z va ko‘shikli o‘yinlar esa bolalarning nutkini o‘stirish bilan birgalikda, ularni chechanlikka o‘rgatadigan tarbiya vositasi ekanligini tushuntiradi.
Shu tarzda Ogahiy o‘zbek milliy o‘yinlari bolalarni ziyraklikka o‘rgatishda, jismonan bakuvvat bo‘lib o‘sishda muxim tarbiya vositasi ekanini yorkin ifodalab bergan. Xullas, kadimda milliy o‘yinlarimiz buyuk allomalarimiz va mutaxassislarimizning asarlari orkali bizga xam yetib keldi.
Mustaqil o‘lka yoshlarining xar tomonlama kamol topgan shaxs kilib tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning, kolaversa, milliy jismoniy tarbiya usullarining axamiyati juda katta. O‘lkamiz tarixiga nazar tashlasak, kadim zamonlarda milliy sport, xarakatli o‘yin va ko‘ngil ochishlardan ota-bobolarimiz, ona-momolarimiz bayramlarda, sayillarda keng foydalanishgan. Navro‘z, xosil bayramlari, Ramazon xayiti, Kurbon xayit va boshqa bayramlarda uloq chopish, kurash, ko‘pkari kabi xilma-xil o‘yinlar, ko‘ngil ochishlar o‘tkazilgan.
Milliy jismoniy mashqlar sport va xarakatli o‘yinlarning xilma-xilligi, ulardan o‘kuv-tarbiya jarayonining juda ko‘p soxalarida ko‘llash imkonini beradi. Qo‘qon shaxridagi 37-o‘rta umumta’lim maktabining 1 «V» sinfida pedagogik amaliyot davrida shuni o‘rganib oldimki, kuni uzaytirilgan guruxlarda xar xil xarakatli o‘yinlar uyushtirish, maxsus guruxlarda kizikarli va bajarilishi oson bo‘lgan mashklar tashkil etish o‘kuvchilar xarakat sifatlarini to‘gri shakllantirishga katta yordam berar ekan.
1.2 6-7 yoshli bolalar tarbiyasining ijtmoiy ruxiy asoslari.
Jamiyatimizda yoshlarga ta’lim-tarbiya berish o’sib kelayotgan yoshlarni ma’nan yetuk qilib tarbiyalash, barcha davrlarda bo’lgani kabi bugungi kunda ham davlatimiz oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, inson o’z umri davomida oladigan informatsiyaning 70 % ini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan. Maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.Hozirgi kunda bolalarning maktabga tayyorgarlik darajalariga qo’yilayotgan jiddiy talablar bu borada zaruriy nazariy, amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taqazo etmoqda. Rasman bolalar bog'chasi maktabga tayyorlov maskani hisoblansada, aslida bolalar tug'ilishi bilanoq maktabga tayyorgarlik boshlaydi desak mubolag’a bo’lmaydi. O'z oila a'zolari va do'stlari — atrofdagi odamlar bilan o’zaro munosabatlari orqali ular boshqalarga mas’ul bo’lish, tashqi dunyoga qiziqish va yangi qobiliyatlarni o'zlashtirish ishtiyoqini rivojlantirish singari muhim tayyorgarlik ko'nikmalarini o'rganadilar. Bundan tashqari, ular o'zlarining ota-onalari, tarbiyachilari va aka-ukalaridan farqli alohida faoliyat bilan shug'ullanadigan individual shaxslar ekanliklarini anglab boradilar. Bolalar bog'chasida rivojlanishga yo'naltirilgan dasturlardagi tizimli rejalashtirilgan o'yinlar yordamida til, aql, sensomotorika va ijtimoiy-emotsional qobiliyatlar mustahkamlanadi. Maktabgacha yosh davridagi bolalar rivojlanishining turli jihatlarini har tomonlama o'rganish shuni ko'rsatdiki, maktabning birinchi sinflari bilan taqqoslaganda bolalar bog'chasining maktabga tayyorgarlik guruhlarida o'qiyotganda ular o'zlarini xotirjam, psixologik jihatdan erkin va o’ziga bo’lgan ishonchni his qilishadi. Va bu yerda gap faqat bolalar bog'chasining sharoyitlari bolaga yaxshi tanishligi va bu uning yangi ta'lim faoliyatiga moslashish jarayoni haqida emas. Va hattoki qator obyektiv sabablar tufayli ya’ni ko’plab maktablarning uzoqda joylashganligi, qo'shimcha sinflar va o'qituvchilar yetishmasligi sababli sinflarning optimal bandligini oshirib yuborilishi, xonalar yetarli emasligi va hokazolardir. Buning asosiy sababi shundaki, bolalar bog'chasining hayot ritmi, bolalarning kattalar bilan va bir-biri bilan muloqot uslubi maktabgacha yoshdagi bola psixikasining rivojlanish darajasiga ko'proq mos keladi. Beqarorlik, yangi sharoyit va munosabatlarga moslashishdagi qiyinchiliklar tufayli 6 yoshli bola to'g'ridan-to'g'ri hissiy aloqalar(emotsional munosabat)ga muhtoj bo'lib, rasmiylashtirilgan maktab sharoyitida bu ehtiyoj qondirilmaydi. Psixologlar va o'qituvchilar 6 yoshidan boshlab maktabda o'qishning ko'plab ijobiy va salbiy tomonlarini keltirib o’tishadi. Ushbu yoshda maktabga borishga bo'lgan eng jiddiy e'tirozlarni D. B. Elkonin ilgari surgan. Uning yozishicha, bolalar rivojlanishining keyingi, yuqori bosqichiga o'tish ichki qarama-qarshiliklarni namoyon qiladi. Agar bu qarama-qarshiliklar pishib yetilgunga qadar mukammal bo'lsa — ob'yektiv omillarni hisobga olmasdan subyektiv ravishda majburlansa — demak, bola shaxsi shakllanishi sezilarli darajada zarar ko'radi. Maktabgacha yoshdagi bolalikni bir yilga qisqartirish hozirgi degeneratsiya rivojlanish jarayonini buzishi va foyda keltirmasligi mumkin. D. B. Elkonin 6 yoshdan boshlab maktabda o'qishni tashkil etish o'rniga, bolalar bog'chalariga tayyorgarlik guruhlarini kengaytirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi, chunki bolalarni maktabga tayyorlash qulayroq, negaki bolalar bog'chasidagi bolalar yaxshiroq, ular yanada to'liq, xilma-xil hayot tarzini kechirishadi va yanada quvnoq va sog'lom ko'rinishga ega bo’lishadi. D. B. Elkonin rahbarligida qiziqarli psixologik fenomen aniqlangan. Ma'lum bo'lishicha, maktabgacha yoshdagi bolalarda tartibga solingan aloqa sharoyitida bolalar bog'chasiga nisbatan tezroq belgilangan xatti-harakatlar qoidalariga bo'ysunish qobiliyati shakllanadi. Ammo shu bilan birga, ushbu qoidalarga rioya qilishdan qoniqish emas, balki ularni buzishdan qo'rqish hissi ustunlik qiladi.. Bolalarda bezovtalanish, sarosima, xavotir kuchayadi, hissiy qulaylik (emotsional comfort) darajasi pasayadi. Biroq, shu bilan birga, bunday muloqot uslubi 7 yoshli birinchi sinf o'quvchilarida xuddi shunday (bezovtalanish, sarosima, xavotir) ta'sirini keltirib chiqarmaydi. Yangi maktab hayotiga moslashishning dastlabki bosqichiga kelsak, shuni ta'kidlash joyizki, barcha maktabgacha yoshdagi bolalar moslashishga qiynaladilar. Ular nafaqat jismoniy, balki psixologik qiyinchiliklardir. Ba'zilarda sustkashlik, ko'z yoshlari paydo bo'ladi, uyqu va ishtaha buzilishi kuzatiladi, boshqalarida haddan tashqari qo'zg'alish kuchli bo’ladi, g'azablanadi va g'azablantiradi. Ularning barchasiga maktabdagi ortiqcha yuklamalardan toliqish sabab bo’ladi. Shuningdek, charchoq xatti-harakatlarning buzilishiga, injiqliklarga olib keladi. O’tgan asrlarlarda izlanishlar olib borgan Muxina, o'g'lining rivojlanishini kuzatgan, hamda oktyabr oyida jonli ta'sirchan reaktsiyani ta'kidlar ekan, u o’g’lining: «Men o'ynashni va yurishni xohlayman! Men uzoq vaqt davomida o'qidim, endi esa dangasa bo'lishni xohlayman. ” degan gaplarini yozib qoldirgan. Nisbatan qulay o'quv sharoyitida psixologik taranglik odatda 1,5–2 oydan keyin pasayishni boshlaydi. Barcha ota-onalar o'sib borayotgan farzandlari tengdoshlari bilan muloqot qilishda muvaffaqiyat qozonganini tushundilar. Axir, bolalar bilan muloqot orqali jamiyatda va shaxsda xarakter, xatti-harakatlar turi shakllanmoqda. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ijtimoiy moslashuv juda muhimdir. Har qanday kollektivga borish uchun odamlar o'zlarini o'rganish va o'zlarini "oshkor etish" uchun vaqt kerak, bolalar esa jamoatda yashashni o'rganadilar, bu esa ularning rivojlanishiga bevosita ta'sir qiladi.

Download 65.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling