Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan mavzu: maktabda jismoniy tarbiya bo


Download 147.41 Kb.
bet2/12
Sana24.12.2022
Hajmi147.41 Kb.
#1059420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
SHODIYEV ASADBEK (2)....

Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllariga tarif berish. Talabalarni jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, sport tadbirlarini o`tkazishni nazariy asoslari bilan tanishtirish, sayr va bayramlarni o`tkazishga o`rgatish.
Kurs ishi vazifalari: Mashg’ulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat ko`nikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta-sekin mashg’ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv tez faoliyatga tayyorlashdan iboratdir.
Kurs ishining obyekti: Jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari – bu bolalarning rang-barang faoliyatini ta’lim-tarbiyaviy majmuasi bo`lib, uning asosini harakat faoliyatiga tashkil etadi
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: Kirish, 2 bob, 6 bo’lim, xulosa , foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

I-BOB. MAKTABGACHAA TA’LIM MUASSALARIDA JISMONIY TARBIYA BO’YICHA O’QUV ISHLARINI REJALASHTIRISH

1.1.Jismoniy tarbiya fani bo'yicha o'quv tarbiya jarayonini rejalashtirish texnologiyasining asoslari.


Rejalar xalq va hunar- texnika ta'limi, rahbar tashkilotining qarorlari va me'yoriy hujjatlariga muvofiq bo'lishi kerak. Ular davlat rejasi asosida jismoniy tarbiya tizimining bo'g`inlari uchun tuziladi. Hamma o'quv rejalar jismoniy tarbiyaning umumiy maqsadlariga muvofiq hamda xalq ta'limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan metodika tavsiyanomalariga muvofiq bo'lishi lozim.
Rejalashtirish jarayonida jismoniy tarbiyaning umumiy va metodik uslubiy asoslaridan kelib chiqish kerak. Rejalashtirish jarayonida asosiy tamoyillar- printsiplarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatlar bo'ladi: shaxsni har tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi, muntazamlik, qulaylik, mustahkamlik va yuksalish. Shulardan qaysi biri sog`lomlashtirish samarasini bersa va shug`ullanuvchilarga har tomonlama ijobiy ta'sir etsa, shunisiga keng yo'l ochib beriladi. O'rta Osiyo tabiiy iqlim sharoitida yillik dars soatlarining ko'proq qismini ochiq havodan o'tkazishni rejalashtirgan ma'qul.
Rejalashtirishga qo'yilgan asosiy talab uning maqadga muvofiqligi va kelajagi birligidir. Ma'lum sikl rejasi dars seriyalari, yil, chorak oldingi sikllarga asoslanishi va bajariladigan ishga tayyorlashi kerak.
Reja amalga oshiriladigan bo'lishi kerak. Rejalashtirishda o'quvchilar sonini, ularni jismoniy tayyorgarligini, maktabning shart-sharoitini, moddiy texnik ta'minlanganligini, faslni va boshqa talablarni hisobga olish zarur. Shu shart va talablardan qaysi biri mavjud bo'lsa, o'quv dasturidan biroz chetlangan bo'lsa ham, shularni rejalashtirish zarur. Bu yerda ma'lumki, imkoni bo'lmagan materiallar soati imkoni borlarga beriladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, har bir o'qituvchi ish jarayonida asta-sekinlik bilan shug`ullanuvchilarga sharoit va imkoniyat yaratib berishi kerak. Bunday holatlar ko'pincha dastur bo'limiga yangi talablar kiritilganda bo'ladi.
\ Rejalashtirishning aniqligi o'rgatish bosqichlarini, ularning vazifalariga mosligi bilan ifodalanadi.
Ko'p mashqlar ichidan eng zaruriysini, har tomonlama mukammal yoki pedagogik samaradorlikni ta'minlaydiganlari tanlab olinishi zarur.Rejalarni tuzishdan oldin o'qituvchi zarur axborotlarni to'plab, tayyorgarlik ishlarini bajarishi kerak. Bu axborotlar o'quv materiallarini, manbalarni va ish shakllari, o'tish tartibini belgilab beradi. Har bir jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi jismoniy tarbiya bo'yicha o'quv dasturlarini yaxshilab o'rganishi kerak. Bu shuning uchun har bir sinf uchun, bu mashqlarni o'zlashtirib olishda vazifalarni aniq belgilash zarur. Bundan tashqari, dasturni o'rganishda o'quv materiallarining sinfdan-sinfga o'tadigan izchilligini ta'minlash imkonini beradi. O'quvchilar tarkibini, sog`ligi darajasini, texnik va jismoniy tayyorgarligini o'rganish, bunday ma'lumotlarni hujjatlarni o'rganish orqali olish mumkin. Ayniqsa, o'quvchilar bilan suhbatlar boy ma'lumot beradi.2

Download 147.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling