Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan mavzu: maktabda jismoniy tarbiya bo
Download 147.41 Kb.
|
SHODIYEV ASADBEK (2)....
Amaliyotda jismoniy tarbiya darslarida maxsus va umumiy tayyorgarlikning birlik negizi har tomonlama va ixtisoslashgan yuklamalarning ma'lum bir ketma-ketligi yo'li bilan amalga oshiriladi. Saf mashqlari va usullari - bular gimnastikaga doir mashg`ulotlarda o'quvchilarning zal va maydonda tartibli hamda maqsadga muvofiq joylashtirish, ritmni tarkib toptirish, jamoa bo'lib harakat qilish malakasini oshirish, to'g`ri qad-qomatni shakllantirish uchun qo'llanadi. Dars jarayonida o'quvchilar guruhini saflantirish paytida to'g`ri buyruq berishni, chigal yozish mashqlarini o'tkazish chog`ida o'qituvchining topshirig`i bo'yicha mashg`ulot ritmlarini o'tkazishni o'rgatishlari kerak. Buyruq baland ovoz bilan va aniq beriladi. Ular dastlabki va ijro buyrug`iga ajratiladi. Misol uchun, “Rostlan”, “O'ngga”, “Chapga”. Bular faqat ijro komandalaridir.Dastlabki buyruq o'quvchilarga tushunarli bo'lishi uchun birmuncha cho'zib beriladi. Masalan, “Guruh tiklan”, “diqqat”, “kolonna” so'zlariqo'shiladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar deb turli yo'nalishlarda har xil muskul zo'riqishi bilan turli tezlikda bajariladigan qo'llar, oyoqlar, gavda va bosh harakatlariga aytilishi bizga jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyotida ma'lum.Umumrivojlantiruvchi mashqlarning maqsadi- o'quvchilarni yanada murakkab harakat faoliyatiga tayyorlashdan iboratdir. Umumrivojlantiruvchi mashqlar buyumlarsiz va buyumlar bilan, har xil gimnastika snaryadlarida shuningdek, o'zaro yordam bilan bajariladi.Jismoniy tarbiya darslarida harakat tayyorgarligini o'qituvchi darsning oxirida sport zalda yoki maktab sharoitidan kelib chiqqan holda ochiq maydonda kelgusi mashg`ulotga faollarini tayyorlash uchun amalga oshirishi mumkin.Jismoniy tarbiya darslarida harakat tayyorgarligini o'qituvchi darsning oxirida sport zalda yoki maktab sharoitidan kelib chiqqan holda ochiq maydonda kelgusi mashg`ulotga faollarini tayyorlash uchun amalga oshirishi mumkin. Mening nuqtai nazarimda darsning tayyorlov qismini shunday tashkil etish kerak: birinchidan, darsga qo'yilgan ma'lum vazifalarni ongli ravishda bajarishlari uchun o'quvchilarni uyushtirish va ruhan tayyorlikni vujudga keltirish shart; ikkinchidan, o'quvchilarni muayyan mashqlarni o'zlashtirib olish uchun sharoit yaratish va tayyorlash; uchinchidan, o'quvchilar organizmini ko'proq jadalli, shiddatli, murakkab mashqlarni bajarishga funktsional tayyorlash; to'rtinchidan, qaddi-qomatning to'g`ri shakllanishiga yordam berish, harakatni boshqara bilishlik; beshinchidan, o'sib kelayotgan o'spirin yoshlarda ko'nikma va malakalarni shakllantirish yo'llarini dastlabki poydevorini yaratish. Demak, tayyorlov qism darsning umumiy vazifalarini hal etish uchun bog`liq bo'lgan eng yaxshi sharoit bilan ta'minlash vazifalarini hal etadi va bir vaqtning o'zida nisbatan mustaqil ta'lim va sog`lomlashtirish ahamiyatga ega bo'ladi. Dars guruhning umumiy saflanishi va navbatchi o'quvchining dars boshlanishiga tayyor ekanligi haqidagi raporti bilan boshlanadi. Ammo birinchi bor raport bilan tanishtirganda, uning tarbiyaviy hamiyatini ko'zda tutib, qat'iyroq talab etish maqsadga muvofiq keladi.Darsning asosiy qismi o'zida ancha muhim vazifalarning yechimiga qaratilgan yo'nalishni ifodalaydi, uning mazmuni, tuzilishi turlicha shakllanishi mumkin. Misol uchun 100 mga yugurish, yoki aksincha katta hajmdagi, turlicha yo'nalishda bo'lgan vazifalarni qo'llash mumkin. Download 147.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling