Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan mavzu: maktabda jismoniy tarbiya bo
Jismoniy tarbiyada mashg’ulotning ahamiyati
Download 147.41 Kb.
|
SHODIYEV ASADBEK (2)....
2.3 Jismoniy tarbiyada mashg’ulotning ahamiyati
Jismoniy mashq mashg’ulotlari jismoniy tarbiya jarayonidagi bir bo’lim bo’lib, ularda ham aslida jismoniy tarbiya vosita va usullaridan foydalaniladi, jismoniy tarbiya tamoyillari amalga oshiriladi. Bu esa, oqibat natijada jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishning asosiy negizini tashkil etadi. Jismoniy mashq mashg’ulotlari g’oyat xilma – xil bo’lib, sayr qilish, ertalabki badan tarbiya mashqlari, sport musobaqalari, cho’milish, turistik poxodlar, jismoniy tarbiya darslari va boshqalardan iboratdir. Biroq ularning hammasi ham ba’zi umumiy qonunlarga egadir. Bu qonuniyatlarni bilish har bir ayrim holatda jismoniy mashqlarni shug’ullanuvchi kishilar organizmiga samaraliroq ta’sir etadigan darajada oqilona amalga oshirishga imkon beradi. Insonning jismoniy jihatdan kamol topishiga qaratilgan faol harakat faoliyati mashg’ulotlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shug’ullanayotgan kishilarning faoliyati har qanday mashg’ulotda nisbatan mustaqil bo’lgan bir qator elementlardan, ya’ni jismoniy mashqlarning o’zidan, ularni bajarish uchun tayyorgarlikdan, faol dam olishdan va boshqalardan iborat bo’ladi. Bu elementning o’zaro qanday aloqadorligi, ya’ni mashg’ulot mazmuni elementlarning tuzilmasi jismoniy mashq mashg’ulotlari shaklsini tashkil etadi. Bunga mashqlarni bajarish tartibi, shug’ullanuvchi kishilarning o’zaro munosabatlari, tavsifi, ularni uyushtirish va boshqalar kiradi6. Har bir ayrim holatda shakl mashg’ulot mazmuniga mos kelishi kerak. Bu esa mashg’ulotning yaxshi o’tishi uchun zarur asosiy pedagogik qoidalaridan biridir. Masalan, mashg’ulotning mazmuni jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo’lsa, u holda mashqlar ish bilan dam olish qat’iy bir izchillik bilan almashib turadigan muayyan tartibda bajarilishi kerak. Xuddi shuningdek, mashg’ulotning qanday natija berishi o’quvchilarni uyushtirish, mashg’ulot qay paytda o’tkazilishi, mashq o’tkaziladigan joydan to’g’ri foydalanish kabi holatlarga ham bog’liq. Binobarin, mashg’ulotlarning shakli ularning mazmuniga faol ta’sir etar ekan. Shakl bilan mazmun birligigina shug’ullanuvchi kishilar faoliyati zarur darajada muvaffaqiyatli chiqishini ta’min etadi, aks holda mashg’ulotlar natijasi tuzuk bo’lmaydi. Hadeb bir xil mashg’ulot shaklidan foydalanaverish shug’ullanayotgan kishilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishni to’xtatib qo’yadi. Eski shakllardan kechib, ularni yangi shakllarga almashtira borish esa, jismoniy tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishga imkon beradi. Jismoniy mashq mashg’ulotlari ham mazmun, ham shakl jihatidan xilma – xil blishi kerak. Bu esa pedagogik ishda yo’l qo’yib bo’lmaydigan ulubiy qo’llanmalardan qutilib, mashg’ulot o’tkazishning xilma – xil usullaridan keng foydalanish imkonini beradi. Mashg’ulotlar shaklining ular natijasiga faol ta’sir ko’rsatishi unga nihoyat darajada jiddiy munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Jismoniy tarbiya nazariyasida jismoniy mashq mashg’ulotlarining tuzilishi masalalariga hamisha katta e’tibor berilishining sababi ham anna shundadir. 2. Mаshg’ulotlarning umumiy tuzilishi. Mashg’ulotlarda ish qobiliyatining dianamikasi ular umumiy tuzilmasining negizi ekanligi. Jismoniy mashq mashg’ulotlarning tuzilmasi ko’p jihatdan shug’ullanuvchilarning ish qobiliyatidagi tipik o’zgarishlar bilan belgilanadi. Inson ish qobiliyatini mashg’ulotlar davomida o’rganish jismoniy tarbiya amaliyotida birichi galdagi muommoni tashkil etadi. Bu tabiiy holdir, chunki shug’ullanayotgan kishilarning ahvoli haqidagi ma’lumotlarni hisobga olmay turib, ular taraqqiyotini boshqarib bo’lmaydi. Mashg’ulot tuzilishining pedagogik vazifalariga bog’liqligi. Ish qobiliyati asosiy bo’limlariga, shuningdek, pedagog hamda shug’ullanuvchi kishilar faoliyati mazmknining o’ziga xos xususiyatlariga binoan pedagogikaga oid asarlarda mashg’ulot kirish, tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlarga ajratiladi. Hozirga vaqtda kirish va tayyorgarlik qismlarini birlashtirib, mashg’ulotni tayyorgarlik (ba’zan uni kirish yoki kirish – tayyorgarlik qismi deb ataydilar), asosiy va yakuniy qismlarga bo’lish rasm bo’lgan. Ma’lum mashg’ulot o’tkaziladigan vaqt chegaralarini nazarda tutsak, bunday bo’lish mantiqan to’g’riroq bo’ladi, chunki darsning kirish qismiga to’g’ri keladigan start oldi holatlari mashg’ulot boshlangungacha bo’ladigan vaqtga mansubdir. To’g’ri, bunday holatlar faqat darsning kirish qismidagina sodir bo’lmay, balki barcha alohida vazifalarini (baho olish uchun harakatlar bajarish, o’quv musobaqalari va shunga o’xshashlarni) bajarish oldidan ham uchrab turadi, biroq ular bunda boshqacharoq sifat darajasiga o’tadi. Jismoniy mashq mashg’ulotlarida o’qituvchi o’z oldiga harakatlarni o’rgatish, turli jismoniy fazilatlarni taraqqiy ettirish, shaxsiy xususiyatlarni tarbiyalash, u yoki bu sog’lomlashtirish vazifasi singari ko’pgina vazifalar qo’yadi. Binobarin, mashg’ulotlarning umumiy tuzilmasi haqidagi tushuncha qarama – qarshi tushunchadir. Agar ish qobiliyati dinamikasini hisobga oladigan bo’lsak, u holda mashg’ulotlarda tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlar hamda shularga muvofiq keladigan umumiy pedagogik vazifalar aniq ko’zga tashlanadi. Agar o’quv – tarbiya jarayoni mantiqiga chuqurroq amal qiladigan bo’lsak, u holda qismlar soni aniq vazifalarning soniga qarab ko’proq yoki kamroq bo’lishi mumkin. Ba’zi bir vazifalarni hal etish uchun boshqa bir xil vazifaga kamroq kuch sarflash talab qilinadi. Shuning uchun har bir aniq holda shug’ullanuvchilarga unchalik qiyin tushunmaydigan vazifalar mashg’ulotlarning tayyorgarlik va yakuniy qismiga, eng muhim vazifalar (odatda eng qiyinlari) asosiy qismga kiritiladi. Shunday yo’l bilan umumiy usul talab, ya’ni shug’ullanuvchilarning ish qobiliyati har gal eng yaxshi bo’lishi ta’minlanadi. So’ngra mashg’ulotning tuzilishini ishlab chiqayotgan vaqtda mantiqiy talablariga (vazifalar miqdoriga binoan) bo’ysindirib, mulohazalarga amal qilishi kerak. Mashg’ulotlarni yuqori saviyada o’tkazish uchun, yuqorida keltirilgan fikrlardan tashqari shug’ullanuvchilarning faoliyatiga rahabarlik qilishning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan umumiy uslubiy talablarga ham asoslanmoq kerak bo’ladi. Bu nuqtai nazadan qaraganda jismoniy mashq mashg’ulotlarining dars va darsdan tashqari shakllari bo’ladi. Jismoniy madaniyat mashg’uloti dars shakllari. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’rta maktablarda g’oyat xilma - xil bo’lib, ular jismoniy tarbiya dars, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, ertalabki badan tarbiya, sport musobaqalar, tanaffusda o’qishlar, boshqa darslarda o’tkaziladigan jismoniy mashqlar va boshqalar kiradi. Jismoniy mashq mashg’ulotlaridagi mazmun bilan shakl aloqadorligi pedagogik jihatdan g’oyat muhim ahamiyatga egadir. Kishilarning jismoniy sifatlarini kamol toptirishga qaratilgan faol harakat faoliyati mashg’ulotlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Jismoniy mashg’ulotlar umumta’lim maktablarida juda muhim ahamiyatga egadir. Chunki bir hafta tarbiyalanuvchilarga o’tiladigan ikki soatlik jismoniy tarbiya darsi ularning organizimdagi jismoniy harakatga bo’lgan talablarni qoniqtira olmaydi, shuning uchun jismoniy tarbiya mashg’ulotlari maktabda to’liq tashkil etiladi va o’tkaziladi, mashg’ulotning o’quvchilarga o’tkazilishi ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mashg’ulot mazmuni elementlarning tuzilishi jismoniy mashq mashg’ulotlarining shaklini tashkil etadi. Jismoniy mashqning umumiy tuzulishi (strukturasi) quyidagicha bo’ladi. Boshlanadigan mashg’ulotda bajariladigan ishga kirishish yoki mashg’ulotning tayyorlov qismi. Buni organizmni qizdirish ham deb ataymiz. Bu jarayon har qanday jismoniy mashg’ulotning tarkibiy qismidir. Bu jarayon shug’ullanuvchilarning organizmini qizdirib yuqori ish qobiliyati-ga tayyorlaydi. O’quvchilar organizmining jismoniy mahoratlaridan, organizmning zo’riqishidan asraydi. Mashg’ulotning bu qismida shug’ullanuvchilarning barcha a’zolarini, ya’ni yurak, qon tomir sistemasiga va boshqa organlarni ishga kirishida tayyorlash uchun ularga umumiy rivojlantiruvchi jismoniy mashqlar beriladi. Bunga asosan saf mashqlari, yurishlar, sekin yurishlar, bo’yin, yelka, qo’l, bel, oyoqlarga qaratilgan, jismoniy harakatlar har xil yo’llar bilan amalga oshiriladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar organizm zo’riqmaydigan darajada bajariladi. Shunday yo’l bilan mashg’ulotning asosiy qismiga organizmni tayyorlaydi. Mashg’ulotning tayyorlov qismi xilma-xil shaklda tashkil qilinadi va o’tkaziladi. Safda turgan holatda, to’rt bo’lib, aylana holatda, juft-juft bo’lib tarqaladi va hokazo. Mashg’ulotning asosiy qismi. Bu qism mashg’ulot oldiga qo’yiladigan maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lib, asosiy ishni bajarishga qaratilgandir. Bu qismda bajariladigan harakatlar yuqori darajada bo’lib, shug’ullanuvchilar jismoniy imkoniyatlarini yuqori darajada namayon etishni talab qiladi. Bu jarayon mashg’ulotning turiga bog’liqdir yoki o’rgatish, takrorlash, takomillashtirish, mustahkamlashdan iborat. Asosiy vositalari mashg’ulot oldiga qo’yilgan harakat amalning qismiga oid maxsus mashqlardan iborat bo’ladi. Mashg’ulotning yakuniy qismi. Mashg’ulotning yakuniy qismida shug’ullanuvchilarning organizmini oldingi holatga qaytarish uchun diqqat e’tiborini o’ziga qarata o’yinlar, yurish, ohista yugurishlardan iborat bo’ladi. Yakuniy qism aniq gigiyenik yo’nalishda bo’lib, shug’ullanuvchilar yuvunish, qiyin ishiga qaratilgan bo’ladi. XULOSAJismoniy tarbiya mashg’ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam o`rgatishning asosiy shaklidir.Mashg’ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatini mujassam shakllanishi, sog’lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir.Mashg’ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo’nalgan holda faoliyat ko’rsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi.Jismoniy mashg’ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda o`tkaziladi. Yoz paytida o`yinlar, mashqlar ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida o`tkaziladi.«Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturida har bir yosh guruhi uchun belgilangan jismoniy mashqlar mashg’ulotlarning mazmunini tashkil etadi. Mazmuniga ko`ra xilma-xil mashg’ulotlarni o`tkazishda vazifalarning aniq va oydin bo`lib qolishi, dasturni o`tishda izchilikka rioya qilish, shuningdek bolalarning yosh va o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish shartdir. Mazkur maqolada maktab yoshdagi bolalarning tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishiga ko'ra rejalshatirilgan harakatli o'yinlardan foydalanishning samaradorlik darajasini aniqlashga yo'naltirilgan pedagogik tajriba materiallari takdim etilgan. 14-15 yoshli bolalarning turli yosh - jins guruhlarida o'tkazilgan pedagogik tadqiqotlar turli jismoniy sifatlarning takomillashuvi jarayoniga pedagogik tajribaning ta'sir ko'rsatishi February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal 658 xususiyat-larinigina emas, balki ulardagi o'zgarishlarning yosh xususiyatlarini ham aniqlash imkonini berdi. Pedagogik tajriba barcha jismoniy sifatlarning o'zgarishlariga xos tabiiy yosh xususiyatlarini saqlab qolishgina emas, balki ayrim hollarda xatto bu jarayonlarni tezlashtirish ham mumkin bo'lganligini ko'rsatdi. Bu ko'proq chaqqonlik va tezkorlok , eng kam darajada chidamlilik, kuch va egiluvchanlikka taalluqli. Harakat apparatining alohida jismoniy mashqlar ta'siriga bo'lgan yaqqol ifodalangan geteroxron reaksiyasidan dalolat beruvchi ma'lumotlar olindi. Bu shunda namoyon bo'ldiki, hatto turli test topshiriqlari asosida u yoki bu jismoniy sifatning o'zgarishlarini tahlil etishda ham ishonchlilik darajasi juda farqli bo'ldi, alohida hollarda variantlilik koeffitsienti 80% gacha yetdi: bu maktab yoshdagi bolalar organizmining ko'pincha tezlashuv jarayoni, hususan asab-mushak apparati rivojlanishining jadallashuvi vaqtida jismoniy mashqlar ahamiyatini chegaralovchi funksional tizimlaridagi qator mexanizmlarning kuchli ta'siri ustida so'z yuritishga imkon beradi. Shunisi aniqki, 14-15 yoshli bolalarning asab-mushak apparati hali yetilmagan bo'lib, u tezkor shakllanish bosqichida. Bundan tashqari, shu hodisaga ham diqqat qilish kerak: bu yoshdagi bolalar yakqol ifodalangan alohida yosh-jins xussiyatlariga ega bo'ladilar. Biroq, o'yin yordamchi, qo'shimcha usul sifatida harakat qilishini unutmaslik kerak. U harakat yetarli darajada yaxshi o‘zlashtirilsa va o‘quvchilarning diqqati harakatga emas, balki harakat natijasiga, bajarilayotgan holat va vaziyatga qaratilganda qo‘llaniladi. Ochiq o'yin yuqori hissiy holatda, o'zgaruvchan vaziyatlarda, tashqi qarama-qarshiliklarda bajariladigan mahoratni mustahkamlash va takomillashtirish usuli sifatida ishlaydi. O'yinlarga vosita harakatining u yoki bu elementlarini kiritishda, o'yin davomida harakatning asosiy tuzilishi buzilmasligini ta'minlash kerak. Download 147.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling