Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan mavzu: maktabda jismoniy tarbiya bo
pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta’minlash
Download 147.41 Kb.
|
SHODIYEV ASADBEK (2)....
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki oy muddatda
pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta’minlash.3. Quyidagilar: Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki oy muddatda:Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda ta’lim muassasalari psixolog kadrlarining lavozim majburiyatlari hamda ularga qo‘yiladigan malaka talablarini qayta ko‘rib chiqsin;ta’lim muassasalaridagi psixologik xizmat xonalarini jihozlash me’yorlarini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun zarur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Ta’lim” sohasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida ajratilishini ta’minlasin.6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.1. Ushbu Nizom umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Psixologik xizmatning faoliyati: xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi (keyingi o‘rinlarda Respublika tashxis markazi deb ataladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda hududiy xalq ta’limi boshqarmalari deb ataladi) hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda xalq ta’limi bo‘limlari deb ataladi) tomonidan; akademik litseylarda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli oliy ta’lim muassasasi (keyingi o‘rinlarda oliy ta’lim muassasasi deb ataladi) tomonidan; kasb-hunar ta’limi muassasalarida — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi. 3. Psixologik xizmat o‘z faoliyatini ta’lim muassasalarida pedagog va tibbiyot xodimlari, o‘quvchilarning ota-onalari va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb ataladi), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etadi. Psixologik xizmatning maqsad va vazifalari. 4. Psixologik xizmatning maqsadi o‘quvchilarning ma’naviy va aqliy rivojlanishi, barkamol shaxs sifatida shakllanishi, faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari bo‘yicha rivojlanishida salomatligini muhofaza qilish, uzluksiz ta’lim jarayonida o‘zligini anglashi, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun psixologik-pedagogik shart-sharoitlar yaratishdan iborat. 5. Quyidagilar psixologik xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi: ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish ishlarini sifatli tashkil etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari samaradorligini oshirish; o‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida kasb-hunarni to‘g‘ri tanlashlariga ko‘maklashish; turli yosh davrlarida o‘quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy rivojlanishida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy og‘ishlarning oldini olish; o‘quvchilar ta’lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish; pedagogik jamoalarda sog‘lom psixologik muhitni yaratish va qo‘llab-quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish; iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o‘rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish; axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmog‘ining salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish; pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta’minlash.4 1. Ushbu Nizom umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini (keyingi o‘rinlarda psixolog kadrlar deb ataladi) attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Psixolog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishda ularning O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan psixolog kadrlarga qo‘yiladigan malaka talablariga (keyingi o‘rinlarda malaka talablari deb ataladi) muvofiqligi o‘rganiladi. 3. Quyidagilar psixolog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi: mutaxassisligi bo‘yicha malakasi va psixologik yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan psixologik tashxis metodikalarining natijaviyligiga ega bo‘lgan, trening o‘tish mahorati, mehnati samaradorligi hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirgan psixolog kadrlarni rag‘batlantirish; malaka talablariga muvofiq ularning kasbiy mahorati darajasini aniqlash va malaka toifalarini berish (o‘zgartirish); kasbiy mahorati darajasining malaka talablariga muvofiqligini aniqlash; kompyuter savodxonligi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishning majburiyligini ta’minlash. 4. Majburiylik, davriylik, oshkoralik hamda xolislik attestatsiyaning asosiy prinsiplari hisoblanadi. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda Hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari deb ataladi), tegishli oliy ta’lim muassasalari hamda Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari psixolog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonini tashkil etishga mas’ul hisoblanadi. 6. Attestatsiya umumiy o‘rta ta’lim muassasalari psixolog kadrlari uchun har besh yilda, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (akademik litseylar va kasb-hunar ta’limi muassasalari) psixolog kadrlari uchun har uch yilda bir marta o‘tkaziladi. 7. Malaka oshirish kursini tugatganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli psixolog kadrlar belgilangan muddatda attestatsiyadan o‘tkazilishi shart. 8. Attestatsiya o‘tkazish muddatlari attestatsiyadan o‘tuvchilarga uning boshlanishidan kamida bir oy oldin Hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari, tegishli oliy ta’lim muassasalari hamda Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari orqali xabar qilinadi. 9. Ishga yangi qabul qilingan psixolog kadrlar ishga qabul qilinganidan boshlab bir yildan so‘ng, oliy ta’lim muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirganlar kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyadan o‘tkaziladi. 10. Ta’lim muassasalari psixolog kadrlarining tashabbusi bilan ular o‘z arizasi va ta’lim muassasasi rahbarining tavsiyasiga asosan navbatdan tashqari birinchi yoki oliy malaka toifasini olish uchun attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin. Psixolog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish oxirgi attestatsiya o‘tkazilganidan boshlab kamida ikki yildan keyin amalga oshiriladi. 11. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan holda attestatsiya o‘tkazish davri mobaynida davolanayotgan, homiladorlik, tug‘ish hamda bola parvarishlash ta’tilidagi psixolog kadrlar ish faoliyatiga qaytganiga bir yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyaga jalb etiladi. 12. Psixolog kadrlarning malaka toifalari bir ta’lim muassasalaridan boshqasiga ishga o‘tganda saqlanadi. 13. Psixolog kadrlar oliy ma’lumoti, qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplomda (keyingi o‘rinlarda diplom deb ataladi) ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassislik yoki ixtisosliklarga mos keladigan mutaxassisligi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tadi. 14. Ta’lim muassasalari psixolog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish, muvofiqlashtirish va attestatsiya komissiyalari ish natijalarini tahlil qilish va baholash: xalq ta’limi tizimidagi muassasalar uchun — O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi (keyingi o‘rinlarda Respublika tashxis markazi deb ataladi); akademik litseylar hamda kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Download 147.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling