Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati Mavzu: Sport turlarining tasniflanishi


Download 1.99 Mb.
bet3/5
Sana15.02.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1201494
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aziza Xasanova

1.2. Aktiv dam olish

  • 1.2. Aktiv dam olish
  • Dam olish, hordiq chiqarish — charchoqni yozadigan (qarang Charchash), kuchquvvatni asliga keltiradigan, ish qobiliyatini tiklashga yordam beradigan faoliyat yoki orom holati. Mehnat va Dam olish odamning oʻqish, ichib,chekish. va b. faoliyatlari bilan uzviy bogʻlangan. Yetarli dam olmaslik — ish qobiliyatining pasayishi va hatto yoʻqolishi, organizmning himoya kuchi susayishi, turli kasalliklar paydo boʻlishiga sabab boʻlishi mumkin. Mehnat va Dam olishni toʻgʻri tashkil etish salomatlik va ish qobiliyatini uzoq vaqt saqlab qolishga imkon beradi.
  • Fiziologik maʼnoda Dam olish — faoliyatning alohida holati boʻlib, bunda ishlamay turgan hujayralar oʻz normal tarkibini tiklaydi. Dam olishning ahamiyatini I.M. Sechenov va b. fiziolog olimlar isbotlab bergan. Uyqu Dam olishning eng taʼsirli turi boʻlib, uyqu paytida birinchi navbatda miya hujayralarida tiklanish jarayoni jadal boradi. Bir xil ishdan boshqasiga oʻtish, aqliy faoliyatni yengil jismoniy mehnat bilan navbatlash charchoqni yoʻqotadi; bu ham Dam olishning oʻziga xos turi hisoblanadi. Ogʻir jismoniy yoki aqliy mexnatdan keyin ish qobiliyatini mumkin qadar tezroq tiklash uchun passiv Dam olishni (tamomila tinch holatda) aktiv Dam olish bilan navbatlash lozim.

II.BOB SPORTCHINI TO‘G‘RI DAM OLISH TIZIMI

  • II.BOB SPORTCHINI TO‘G‘RI DAM OLISH TIZIMI
  • 2.1. To‘g‘ri dam olish
  • So'nggi paytlarda hamma faqat faol bo'lish va muntazam ravishda mashq qilish kerakligi haqida gapiradi. Ammo dam olish mashqlar kabi muhimdir. Muvaffaqiyatli fitnes rejimi dam olish kunlarisiz to'liq emas.
  • Muntazam tanaffuslar tanangizni tiklashga imkon beradi. Bu fitnes darajasi yoki sport turidan qat'i nazar, taraqqiyotning muhim qismidir. Dam olishning etishmasligi charchashga olib kelishi mumkin.
  • Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish uchun faqat xohish bo‘lishi kam. Qaysi jismoniy mashqlar to‘g‘ri kelishini, sog‘liq va jismoniy jtayyorgarlikga muvofiqligini aniq tasavvur qilish va belgilab olish I kerak. Shug‘ullanishdan oldin shifokor maslahatini olish kerak. Eng qulay mustaqil ta’lim nazorati uslubi - bu maxsus kundalik yozib borishdir. Mustaqil nazorat ko‘rsatkichlarini shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin: sub’yektiv va ob’yektiv. Sub’yektiv ko‘rsatkichlarga hol-ahvol, uyqu, ishtaha, aqliy va jismoniy ish qobiliyati, ijobiy va salbiy his-tuyg‘ular kiradi. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullangandan so‘ng hol-ahvol bardam, kayfiyat yaxshi bo‘lishi kerak, shug‘ullanayotgan kishi bosh og‘rig‘l va charchashni sezmasligi kerak. Agar hol-ahvol noqulaylik (lanjlik, uyquchilik, g‘azablanganlik, mushak og‘riqlari, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish xohishining yo‘qligi) bo‘lsa mashg‘ulotni to‘xtatish lozim. Muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanayotganda odatda uyqu yaxshi, ya’ni kishi uyquga tez ketadi va uyqudan so‘ng bardam bo‘ladi. Agar mashg‘ulotlardan so‘ng uyquga ketish qiyin va notinch uyqu (va bu holat har mashg‘ulotdan so‘ng taqrorlanayotgan) bo‘lsa, demak jismoniy yuklamalar jismoniy tayyorgarlikka to‘g‘ri kelmaydi. 0 ‘rtacha jismoniy yuklamalardan so‘ng ishtaha yaxshi bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotlardan so‘ng darhol ovqatlanish tavsiya etilmaydi, 30-60 daqiqa chidash ma’qul, agar chanqoqlik bo‘lsa-bir stakan mineral suv, sharbat yoki choy ichish mumkin.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling