OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTONMILLIY UNIVERSITETI Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati Taekvondo va sport faoliyati Kafedrasi katta o’qituvchisi Kadirov A - JISMONIY MASHG'ULOTLAR VAQTIDA YURAK URISHI
MUNDARIJA - MUNDARIJA
- KIRISH..……………………………………………………………………..3
- I. BOB. JISMONIY MASHG'ULOTLAR VAQTIDA YURAK URISHI
- Yuklamalarning taqsimlanishi………………………….………………...….4
- 2.2. Aktiv dam olish……………………………………………….…….…..9
- II. BOB SPORTCHINI TO‘G‘RI DAM OLISH TIZIMI
- 2.1. To‘g‘ri dam olish…………………………………………..….…...…..12
- 2.2. Passiv dam olish turlari………….…………………..........……...……18
- Xulosa…..……………………………………………………..………..…..24
- Adabiyotlar ro‘yhati…………….............................................................….25
KIRISH - KIRISH
- O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng barcha sohalarda har tamonlama yuksalish yuz berayotganini ko‘rishimiz mumkin. Jismoniy-siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlar umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning barcha shaxsiy extiyojlari, talablari va ma’nfaatlari birinchi o‘ringa ko‘tarilayotganini, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodlarning ma’naviy- axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada oshayotgani bugungi kunda sir emas. Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlsh, jismonaaan sog‘lom, ma’nan boy yosh avlodni tarbiyalash, aholini jismoniy tarbiya va sport bilan keng jalb etishni keng jalb etishni ta’minlashga yo‘naltirishda yurtboshimiz tomonidan bir qancha qarorlar va farmonlar ishlab chiqildi. Shu munosabat bilan yangi insonni tarbiyalashning murakkab va ko‘p qirrali muommosining muxim yo‘nalishi xar bir kishida o‘z sog‘lig‘i to‘g‘risida o‘zi qayg‘urish madaniyatni singdirishdir. Uni tarkib topish uchun oila, maktabgacha muassasalar, maktab, o‘rta maxsus kasb xunar ta’lim tizimi, maxalla, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport tizimlarining xodimlari butun kuch quvvatini, g‘ayratini ishga solib, bolaning ongiga yoshlikdan jismoniy tarbiyaga bo‘lgan muxabbatni singdirib qo‘yishlari darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |