Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/126
Sana23.11.2023
Hajmi4.31 Mb.
#1796164
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126
Bog'liq
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Asosiy gimnastika. Bu gimnastikaning vazifasi umumiy 
jism oniy tayyorgarlikni takomillashtirishdan iborat. U o'z 
turlarining har xilligi hamda boyligi bilan xarakterlanadi. Har 
qanday harakat-faoliyatlarni, umumiy jismoniy tayyorgarlikni 
keng ta ’minlash uchun xizmat qiladi. Asosiy gimnastika bilan 
shug'ullanish, keyingi jismoniy takomillashuvga olib keladi.
Gigiyenik gimnastika. Bu — asosiy gimnastikaning ko'ri- 
nishlaridan biridir. U shug'ullanuvchilarning salomatligini
45


m ustahkamlashga, um um iy jism oniy rivojlanishiga ham da 
ish qobiliyatlarini oshirishga qaratilgandir. Gigiyenik gim ­
nastika erta bilan, kun davomida yoki kechqurun, yakka tarzda 
yoki guruh bilan qo ‘llaniladi, ochiq havoda o ‘tkazilsa yana 
ham maqsadga muvofiq bo ‘ladi.
Sport gimnastikasi. Murakkab gimnastik mashqlarni baja- 
rishga va sport sohasida yuqori mahoratga erishishga olib keladi. 
Asosiy mashqlari: erkin mashqlar, turnikda, parallel va har 
xil balandlikdagi bruslarda, xodada, halq ad a va boshqa 
snaryadlarda bajariladigan mashqlardan iborat. Sport gim- 
nastikasiga akrobatika va badiiy gimnastika unsurlari ham 
q o ‘shiladi, lekin ular alohida-alohida bajariladi. Sport gim­
nastikasi bilan shug‘ullanish, harakat apparatining garmonik 
rivojlanishini, harakatning yuqori koordinatsiyasini, kuchni, 
epchillikni, tezlikni, chidamlilikni va chaqqonlikni t a ’min- 
lashdan iborat.
Akrobatika. Bu ham sport gimnastikasi singari, yuqori 
sport m ahoratiga erishishga (um baloq oshish, aylanish), 
muvozanat saqlash (qo'lda tik turish, piraniida hosil qilish) va 
boshqa mashqlarni bajarishga qaratilgan. Bu jarayonda shug'ul- 
lanuvchi o ‘z harakat apparatining yuqori san’atini egallaydi.
Badiiy gimnastika. Bu san’atkorona harakat faoliyatlariga 
erishilganlik jaray o n in in g m urakkab, nafis tom onidir. U 
musobaqa davriga ega b o ‘lib, faqat ayollar va qizlar uchun 
taalluqli boshqa gimnastikalardan yana bir farqi, bajarilayotgan 
murakkab badiiy mashqlar musiqa ohangida bajariladi.

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling