Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti


Jismoniy mashqlarning pedagogik tasnifi


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/126
Sana23.11.2023
Hajmi4.31 Mb.
#1796164
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126
Bog'liq
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Jismoniy mashqlarning pedagogik tasnifi
Jismoniy mashqlar tasnifi — ularning muhim belgilariga 
muvofiq guruhlararo, o ‘zaro bog‘liqligiga qarab farqlashdan 
iborat. 0 ‘qituvchi tasnif yordamida jismoniy mashqlarning 
xarakterli belgilarini aniqlashi m um kin. Shu bilan birga, 
pedagogik vazifalarga javob beruvchi jism oniy m ashqlar 
tanlanadi.Chunki jismoniy tarbiya haqidagi fan muntazam
ravishda yangi ma’lumotlar bilan boyib bormoqda, tasnif ham 
o ‘zgarib bormoqda.
42


H ar bir jism o n iy m ashqlar bir emas, bir n e ch a xil 
tasnifda bo'lishi mumkin. Masalan, anatomik belgilar asosida 
berilgan tortilish (qo‘l muskullari va yelka) tasnifida ham, 
harakat sifatlarini (asosan, kuchni) rivojlantirish tasnifida ham 
berilgan. Demak, har bir mashq uchun yagona, alohida tasnif 
tuzish shart emas. Pedagogik vazifalarni hal etish uchun 
ko‘proq ahamiyatga ega bo'lgan lasniflarning belgilarini asos 
qilib olish mumkin.
1. Tarixiy belgilari shakllangan jismoniy tarbiya sistemasi 
b o ‘yicha jism oniy m ashqlar tasnifi (gimnastika, o ‘yinlar, 
turizm, sport). Shu tasnif bo'yicha jismoniy mashqlar to ‘rt 
guruhga bo'linadi: gimnastika mashqlari, tabiiy tashkil etilgan 
harakatlarning xilma-xilligi bilan, o'yin mashqlari, turistik 
jism oniy mashqlar, sport mashqlari, yagona sport klassi- 
fikatsiyasi asosida, standartlashtirilgan tabiiy ta’sir guruhlarini 
birlashtiradi.
2. Muskul faoliyatlarining xususiyatlari bo'yicha jismoniy 
mashqlar tasnifi (harakatli faoliyatlarni vujudga keltiruvchi 
yoki epchillikning rivojlanishiga t a ’sir etuvchi); sh u g 'u l- 
lanuvchilardan tezlik va kuch talab qilinadigan mashqlar 
(masalan, qisqa masofaga yugurish, sakrash va boshqalar); 
harakat koordinatsiyasini talab qiladigan jismoniy mashqlar 
(masalan, gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlar, 
suvga sakrash va boshqalar); epchillik sifatlarining yalpi vujudga 
k e lis h in i ta la b q ila d ig a n jis m o n iy m a sh q la r ( o 'y i n l a r , 
ko'pkurash).
Ba’zi shartlarga ko‘ra bu tasnif, bir tomondan, jismoniy 
m ashqlarni tanlash imkonini beradi, ikkinchi tom o n d an 
jismoniy sifatlarni rivojlantirish bo'yicha, xohlagan natijaga 
erishish imkonini beradi.
3. T a ’lim vazifasini hal etish uchun ularning vazifalari 
bo'yicha jismoniy mashqlar tasnifi: asosiy mashqlar (yoki 
musobaqali), o ‘quv dasturining ta ’lim vnzifalariga tegishli, 
yordamchi mashqlar, tayyorlov mashqlari. Hularning hammasi 
asosiy mashqlarni o'zlashtirib olish imkonini beradi.
Bu tasniflarning shartliligi, harakat malakalari tashkil topi- 
shiga va harakat sifatlarining rivojlanishiga qaratilgan jismoniy 
mashqlar tabiiy holda ajralib turadi. Shu bilan birga, ikkala 
jarayon bir-biridan ajralmasdir. Biroq, bu tasnifning amaliy 
mazmuni yo'qoldi degani emas. Bu o'rgatish bosqichining 
zaruriy vazifalarini hal qilish uchun mashqlarni tanlashga 
yordam beradi.
43


\
4. Alohida muskul guruhlarini rivojlantirish belgilari 
b o ‘yicha jismoniy mashqlar tasnifi, q o ‘l muskullari, yelka 
muskuli, tana muskullari, bo ‘yi, oyoq va tos muskullari uchun 
mashqlarni ajratilishini ko‘zda tutadi. 
Bu tasnifdagi mashqlar 
oyoq barm oq b o ‘g ‘inlari u c h u n , tizza b o ‘g ‘inlari uchun 
mashqlariga bo‘linadi va boshqalar; predmetsiz mashqlar, pred- 
metli mashqlar yakka va juft turib, o ‘tirib va yotib bajarila- 
digan, kuch va egiluvchanlikni rivojlantirish uchun mashqlar.
5. Sport turlari bo ‘yicha jismoniy mashqlar tasnifi. 0 ‘z 
navbatida, har bir sport turi o'zining mashqlar tasnifiga ega.
Pedagogik tasnifdan tashqari, biomexanik (statik, dinamik, 
siklik, asiklik, aralash va boshqa jismoniy mashqlar), fiziologik 
(maksimal, submaksimal, katta va o ‘rtacha kuchda) mashqlar 
tasnifi mavjud.

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling