Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Jismoniy tarbiya darsida xatolar va ularni aniqlash va bartaraf etish usuliyati


Download 0.69 Mb.
bet118/176
Sana24.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1057435
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   176
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

13.3.5. Jismoniy tarbiya darsida xatolar va ularni aniqlash va bartaraf etish usuliyati
Jismoniy tarbiya jarayonidagi mashulotlar jumladan, maktab darslarida o‘quvchilar tomonidan xatolar sodir bo‘lishi kuzatiladi. Bunday xatolar asosiy va asosiy bo‘lmagan xatolar deb guruxlanadi. Asosiy xatolar deganda o‘rganilayotgan xarakat faoliyati yoki jismoniy mashqning texnikasi asosida qo‘yilgan xatolar, acosiy bo‘lmagan xatolar esa xarakat akti texnika-sining zvenolari yoki detallarida sodir bo‘lgan xatolar tushuniladi.
Ularni sodir bo‘lishining sabablari turlicha: mashq texnikasini tushuntirishdagi eotiborsizlik; mashq texnikasining asosi xaqida to‘la tasavvurga ega bo‘lmaslik; mashqni yoki uni texnikasini tasavvuriga ega bo‘la turib uni bajarish uchun jismoniy tayyorgarligini va xarakat koordinatsiyasi zaxirasini kamligi; o‘qituvchi tanlangan o‘qitish uslubiyatini taolim jarayoni uchun mos emasligi va x.k.lar...
Taolim jarayonida sodir bo‘lgan xatolarni aniqlash va ularni to‘irlash muxim axamiyat kasb etadi. Shunga ko‘ra eng avvalo xarakat texnikasi tarkibidagi asosiy xatolar so‘ng, asosiy bo‘lmagan xatolar aniqlanadi va ular shu ketmaketlikda to‘rlanadi. Taolim jarayoni amaliyoti shundan guvoxlik Bera-diki asosiy xatolarni to‘rlanishi asosiy deb xisoblanmagan xatolarni o‘z-o‘zidan to‘rlanib ketishiga olib keladi. Demak, avval asosiy xatolar aniqlanadi va tuzatiladi, so‘ngra ikkinchi darajali yaoni xarakat faoliyati texnikasining zvenolari va detallaridagi xatola tuzatiladi.
13.3.6. Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini tashkillash usuliyati
Umumiy taolim maktablari, kasb-xunar va akademik litseylar, gimnaziyalar, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari va boshqa taolim muassasalarida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya dars-larida jismoniy mashqlar bilan shuullanish mashulotlarida ishtirok etayotgan o‘quvchilarning faoliyati boshqariladi.
O‘quvchilar faoliyatini boshqarish deganda mashulot davomida o‘qituvchi rejasiga muvofiq jismoniy mashqlarni bajarishni tashkillash uslubiyatini tushunamiz.
Taolim-tarbiya jarayonida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, o‘quvchilar faoliyatini jismoniy tarbiya darslarida birvara-kayiga (frontal), uzluksiz-ulab, guruxchalarga ajratib, yakkama-yakka va aylanib yurib mashq bajarish uslubiyatlari orqali tashkillaydilar.


  1. Download 0.69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling