Sana: Sinf : 8 b mavzu


Download 104.73 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi104.73 Kb.
#1190192
Bog'liq
2 Tarkibning doimiylik qonuni, modda massasining saqlanish qonuni, va Avogadro qonunlarini kimyoning nazariy va .


Sana:
Sinf : 8 B

Mavzu: Tarkibning doimiylik qonuni, modda massasining saqlanish qonuni, va Avogadro qonunlarini kimyoning nazariy va amaliy masalalarini tushuntirishdagi ahamiyati. Atom molekulyar ta’limot


Darsning maqsadi :
a)ta’limiy: O’quvchilarga Tarkibning doimiylik qonuni, modda massasining saqlanish qonuni, va Avogadro qonunlarini kimyoning nazariy va amaliy masalalarini tushuntirishdagi ahamiyati. Atom molekulyar ta’limot haqida ilmiy tushunchalar berish.


b)Tarbiyaviy: O’quvchilarga axloqiy, iqtisodiy tarbiya berish.


s) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, dunyoqarashini kengaytirish.


g) DTS – talablari.


Dars turi: Yangi bilm berish
Dars uslubi: Ananaviy
Dars jihozi: Darslik, davriy sistema, ko’rgazmali qurollar, kadaskop, kompyuter.


Darsning borishi :
I. Tashkiliy qism
Salomlashish, Navbatchi axbaroti, sinf tozaligini nazorat qilish, Manaviyat daqiqasi, Fan yangiliklari.


II. Otgan mavzuni so’rash

  1. Massa atom birligi nima?

  • Nisbiy atom massa — element atomi massasini C12 uglerod-12 atomi massasining 112 (o‘n ikkidan bir) qismidan necha marta og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalikdir.

Uglerod-12 ning 112 og‘irlik qismi 1,6610-27 kg ga teng bo‘lib, massa atom birligi (m.a.b.) deb ataladi.
Yangi mavzu bayoni


1799 yilda fransuz olimi J.Prust tomonidan taklif etilgan tarkibning doimiylik qonuni 1809 yilda ko‘pchilik tomonidan e’tirof etildi.

  • Har qanday toza modda olinish usuli va joyidan qat’iy nazar doimiy tarkibga ega bo‘ladi.

Masalan, suv vodorod va kisloroddan tashkil topgan (sifat tarkibi). Suvda vodorodning massa ulushi 11,11% ni, kislorodning massa ulushi 88,89% ni tashkil qiladi (miqdoriy tarkib). Suvni turli usullar yordamida olish mumkin. Har qanday holatda ham toza suv bir xil tarkibga ega bo‘ladi.
Vodorod peroksid, suv kabi sifat tarkibga ega, u suvdan miqdoriy tarkibi bilan farqlanadi. Vodorod peroksidda vodorodning massa ulushi 5,89% ni, kislorodning massa ulushi 94,11% ni tashkil qiladi. Vodorod peroksid suvdan keskin farqlanuvchi xossaga ega moddadir.

1748 yilda rus olimi M.V.Lomonosov ham og‘zi payvandlangan kolba — retortada tajriba olib borib, bu hodisani izohlashga harakat qilgan. 1772-89 yillarda fransuz olimi A.Lavuaze ham yopiq idishda olib borilgan tajribalarda umumiy massa o‘zgarmasligini kuzatgan va bu o‘ziga xos yangilik — yangi qonun ekanligini tushunib yetgan. Shunday qilib, tabiatning asosiy qonunlaridan biri — massaning saqlanish qonuni ochilgan.



  • Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi reaksiya mahsulotlari umumiy massasiga teng



A.Lavuaze bu qonun asosida muhim xulosa chiqarib, reaksiyada qatnashayotgan har bir element atomi massasi reaksiya davomida o‘zgarmasligini ta’kidlagan. Bu esa kimyoviy reaksiyada bir element atomining boshqa element atomiga aylanib ketmasligini bildiradi.


1811 yilda Italiyaning Тurin universitetining professori A.Avogadro gazlar bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganish jarayonida quyidagi xulosaga keldi:



  • Bir xil sharoitda o‘zaro teng hajmdagi gazlarda molekulalar soni teng bo‘ladi.

Keyinchalik o‘tkazilgan tajribalar bu xulosani tasdiqladi va bu qonun Avogadro qonuni deb atala boshlandi.


Oldingi darslardan ma’lumki (Darslikdagi §12 ga qarang) har qanday moddaning bir moli 6,021023 ta zarra (molekula, atom) tutadi. Demak, Avogadro qonuniga ko‘ra 6,021023 ta zarra tutgan har qanday gaz bir xil sharoitda bir xil hajmni egallaydi.
1-Misol: Normal sharoitda 5,6 l karbonat angidridda qancha molekula bo‘ladi?


Yechish.
1-usul.
22,4 l CO2 da 6,021023 ta molekula bo‘ladi
5,6 l CO2 da Х ta molekula bo‘ladi Demak, 1,5051023 ta molekula bo‘ladi
2-usul.
5,6 l CO2 necha mol bo‘lishini topiladi:
0,25 mol CO2 da nechta molekula borligi topiladi: 6,0210230,25=1,5051023 Demak, 1,5051023 ta molekula bo‘ladi
2-Misol: 0,5 kg vodorod normal sharoitda qanday hajmni egallaydi?


Yechish.
0,5 kg=500 g; Mr(H2)=2 g
2 g vodorod n.sh. da 22,4 l hajmni egallaydi
500 g vodorod n.sh. da Х l hajmni egallaydi Demak, 5600 l hajmni egallaydi.


IV. Mustahkamlash:



V. Baholash:
VI. Uyga vazifa: 1-4 topshoriqlar.
Download 104.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling