Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Download 0.69 Mb.
bet26/176
Sana24.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1057435
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   176
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Ichki kuchga: a) xarakat tayanch apparatining passiv kuchi – muskulning elastikligi kuchi, muskullarni taranglashish kuchi, cho‘zilaolshligi va boshqalar; b) xarakat apparatining aktiv kuchi – muskulni tortisha olish kuchi; v) reaktiv kuchlar – tana muskullari zvenolarining o‘zaro munosabatida vujudga keladi-gan yuqori tezlanish xosil qiladigan tezlanish xarakatlari bilan namoyon bo‘ladigan kuch.
Tashqi kuch: - inson jismiga tashqaridan taosir qiladi-gan kuchlar: a) tananing o‘z oirligi (vazni)dan vujudga keladigan kuch; b) tayanish reaksiyasi kuchlari; v) tashqi taosir qarshiligi (suv, xavo)ni yengish va jisman tashqi taosirga qarshi (yakka kurashlar) kuch namoyon qilish, inersiya kuchi va boshqalar.
Xarakat kuchi deb amaliyotda xarakatdagi tananing qismini biror tashqi oboektga jismoniy taosiri qabul qilingan. Bu atamadan balandlikka sakrashda depsinishda kuchi, sambo va qilichbozlikda raqibning qarshi bosimi (jismoniy mashq dinamikasi) tushuniladi. Amaliyotda xarkatning bir necha parametrini kompleksli ifodalovchi umumlashtiruvchi sifati-dagi xarakatlardan xam foydalaniladi: a) to‘ri xarakatlar, qaysiki yo‘nalishi, amplitudasi tezligi va boshqalari bilan qo‘yilgan xarakat vazifasiga mos keladi; b) noto‘ri xarakatlar, yaoni qisman bo‘lsada, qo‘yilgan xarakat vazifasiga muvofiq bo‘lmagan xarakatlar; v) tejamli xarakatlar, ko‘zlangan maqsadga minimal darajada kerak bo‘lganlari; g) tejamsiz xarakatlar, ortiqcha, kerak bo‘lmagan muskul zo‘riqishi orqali bajarila-digan xarakatlar; d) jadallik bilan bajariladigan xarakatlar; ye) kuchni yaqqol namoyon bo‘lishini talab etadigan xarakatlar; j) sust xarakatlar sifat jixatidan ayrim xarakatlarni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi, ularni biror jonli zot xarkatiga qiyoslab tushuntiriladi.
6.1.1. Jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi
Jismoniy mashqlarni klassifikatsiya qilish uni turkumlash, xillash demakdir. Jismoniy tarbiya tizimlarining tarixiy taxlili shuni ko‘rsatadiki, jamiyatning rivojlanish bosqichlarida jismoniy mashqlar tanlash va turkumlashda o‘sha jamiyat uchun progressiv va tarbiya vazifasini bajarishga mos keladiganlarigagina eotibor berilgan.
Tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida tarbiyaning maqsad va vazifasi o‘zgarib turgan, demak, jismoniy tarbiya tizimi xam o‘zgargan, bu esa uning omillarining xam o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.
Gretsiyada tarixiy besh kurash – pentatlon, Guts-Mutsning tabiiy xarakatlari, Pestalotssi va Shpisning XVIII asr uchun tanlangan «elementar xarakatlari» va boshqalar. Demak, davr o‘zgarishi bilan jismoniy tarbiya tizimi, uning vazifalari va vositalari o‘zgardi.
Shvedlarni pedagogik gimnastikasida jismoniy mashqlar anatomik xususiyatga qarab klassifikatsiya kilindi, chunki ular tizimining asosiy maqsadi tana tuzilishining ko‘rinishi yaxshilash edi. Bu esa jismoniy tarbiya tizimining yo‘nalishini torroq bo‘lishiga olib keldi.
Chexlarning «Sokol gimnastikasi» jismoniy mashqlar-ning tashqi formasiga qarab sport jixozida bajariladigan, sport jixozisiz bajaraladigan mashqlar guruxlari deb turkum-lanadi. Buning ijobiy tomoni shundaki, paydo bo‘lgan yangi jismoniy mashqlar bu turkumlarning birida o‘z o‘rnini topar edi. Fransuzlarning Eber sistemasida jismoniy mashqlar qisqa utilitar mazmuniga qarab: yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, oirlik ko‘tarish mashqlari, uloqtirish, suzish, xujum va ximoya qilish mashqlari deb turkumlandi.
Avstriya pedagoglari klassifikatsiyasi xam keng kamrovli emas edi.
Jismoniy mashqlarning original klassifikatsiyasini rus anatomi, vrachi, pedagogi P.F.Lesgaft ishlab chiqib, maktab yoshidagilarda jismoniy tarbiyani amalga oshirish uchun mo‘ljal-ladi va quyidagicha asosiy guruxlarga bo‘ldi: 1. Sodda mashqlar. 2. Murakkab mashqlar yoki yuklamaning ortishi bilan bajari-ladigan mashqlar. 3. Fazodagi xolatiga yoki muskul ishining bajarilish vaqtiga ko‘ra bajariladigan mashqlar. 4. Texnik jixatdan qiyin, tizimli ravishda bajariladigan mashqlar. Mashqlarning turkumlanishi ko‘rsatib turibdiki, P.F. Lesgaft klassifikatsiyasi didaktik prinsiplarga yo‘naltirilgan. Lekin bu xam jismoniy tarbiya tarixiy omillarini to‘laqonli o‘z tarkibiga sidira olmagan. Xozirgacha to‘liq ilmiy asoslangan jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi mavjud emas. Sobiq sovet jismoniy tarbiya tizimi xam bu vazifani uddalamadi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling