Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
-BOB. TAOLIMNING JARAYoNINING TUZILIShI
Download 0.69 Mb.
|
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faza
9-BOB. TAOLIMNING JARAYoNINING TUZILIShI
Xar qanday xarakat foaliyati xaqida taolim berish maolum vaqtni talab qiladi. Taolimning xar bir etapi o‘zining xususiy va ayrim yetakchi tushunchalari bilan taoriflanadi. Faqat vazifalar ketma-ket bo‘lsagina o‘qituvchi taolim usuliyatini to‘ri yo‘lga qo‘yishi, shu qatorda taolim prinsiplarini, tayyorlov va yo‘llanma beruvchi mashqlardan foydalanishi, usullar va usuliyatlarni maqsadga muvofiq qo‘llay olishi mumkin. Taolim jarayonining tuzilishi – xususiy vazifalar, prinsiplar, vositalar va usuliyatlarning o‘qitish etaplaridagi o‘zaro nisbati turun aloqalari orqali vujudga keladi. Xarakat faoliyatini o‘rgatish jarayonida jismoniy tarbiya taolimining tuzilishida deb qaraladi. Taolim jarayonining barcha element-lari (xususiy vazifalar, yo‘llanma beruvchi va tayyorlov mashq-lari, usuliyatlar va boshqalar) xarakat faoliyatini o‘rgatish-ning yakuniy vazifasi bilan boliq. Agarda yakuniy vazifa xarakat malakasi yoki oliy tartibdagi xarakat malakasini shakllantirish deb qo‘yilsa, unda taolimning tuzilishi xarakat faoliyatini tanishtirish, o‘zlashtirish, mustaxkamlash degan shartli ravishdagi uchta etaplarga ajratiladi. Taolimning uch etapga ajratilishi pedagoglar amaliyotida ko‘proq qo‘llanib, xarakat faoliyatini nisbatan takomillashgan darajada egallashga imkon yaratadi. Lekin umumiy jismoniy tayyorgarlikga oid ayrim pedagogik vazifalarini xal qilishda xarakat faoliyatini ko‘nikmaga aylantirish maqsad qilib qo‘yilmaydi va taolim jarayonining birinchi va ikkinchi etaplaridan foydalaniladi xolos. Ayrim xollarda taolimning etaplarini xarakat malakasi fazalari bilan almashtirib qo‘yilishiga duch kelamiz. Faza – xarakat malakasi shakllanishining (vujudga kelishining) shart-li ravishdagi biologik qonuniyatlarini ifodalaydi. Etaplar pedagogik jarayonining shartli belgilari bo‘lib jarayondagi pedagogik va biologik qonuniyatlarini aks ettiradi va unga tayanadi. Taolimning xar bir etapining uzunligi, davomiyligi xarakat malakasi fazalarini shakllanishidek qator faktor-larga: shuullanuvchining jismoniy tayyorgarligi, xarakat fao-liyatining qiyinligi va boshqalarga boliq. Taolim jarayonining tuzilishini o‘zgarmas deb bo‘lmaydi. Bu jarayon faqat etaplar elementlarning tipik aloqasi bo‘lib taolimning umumiy qonuniyatlarini ifodalaydi va aniq vazifalarga qarab almashinishi, o‘zgartilishi mumkin. Lekin taolimning barcha etaplarida o‘qituvchi o‘zlashtirilayotgan faoliyatni o‘quvchilar bilan birga taxlil qiladi, baxolaydi va xatolarni tuzatadi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling