Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Xarakat faoliyatini o‘zlashtirish


Download 0.69 Mb.
bet65/176
Sana24.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1057435
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   176
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Xarakat faoliyatini o‘zlashtirish xatolarsiz va xarakat-larda xatolarni paydo bo‘lishi (boshqariladigan taolim prin-sipi, bajarib ko‘rish va xatolar prinsipi) orqali amalga oshiriladi.
O‘qitishning boshqariladigan prinsipi xar qanday xato taolimga maolum maonoda zarar keltirishini tasdiqlaydi, shuning uchun o‘qitishning barcha shartlarini (faoliyat asosini mo‘ljalga olib) qatoiyan detallashtirish va reglamentlashtirish talablarni qo‘yadi. Bajarib ko‘rish va xatolar prinsipi esa uning aksini, yaoni xarakatning asosini korreksiyalash va optimal variantini axtarishni, ayrim xatolarning tabiiy ravshda maqsadga muvofiqligini tan oladi. Bu prinsip faoliyat natijalari, usullarni xijjalab tushuntirish, taolim-ning barcha didaktik prinsiplariga va o‘qitish qoidalariga rioya qilish lozimligini inkor etmaydi. Sunoiy ravishda xatolarga yo‘l qo‘yish mabodo sodir bo‘lsa, o‘qituvchi va o‘quvchi-ning zo‘r berishini yo‘qqa chiqaradigan katta ziyon xam emas, deb taokidlaydi. Vazifani xal etishda o‘quvchi xatolar orqali borishi kerak. Obrazli qilib aytganda, xato foydali bo‘lishi lozim. Xatoning asosiy roli texnika ijrosini indvidual-lashtirishdadir. Eng keng asosga ega bo‘lgan, mo‘ljal bilan o‘rganila boshlangan xarakat faoliyati xam xatolarni inkor etmaydi. Xar bir urinish (proba) xam izlanishdir. Izlanishni esa xatosiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Taolimning ikkala prinsipi xam muammoni xal qilishda turlicha yo‘llarni eotirof etsada ular xarakat malakasi va ko‘nikmasining vujudga kelishiga olib keladigan psixofizio-logik moslashuv moxiyatini inkor qilolmaydi (ye.P. Ilin, 1970).
Xatosiz o‘qitishga intilish, ularning paydo bo‘lish extimolini kamaytirmaydi. Eng qulay sharoitlar jismoniy tayyorgarlikning yuqoriligi, xarakat faoliyatining nisbatan soddaligi va boshqalar xatolarni umuman sodir bo‘lishini yo‘qga chiqarish mumkin. Taolim birinchi etapida o‘rgatish qoidada-gidek bajarib ko‘rish va xatolar prinsipi, ikkinchisida boshqariladigan o‘qitish prinsipi qo‘llaniladi.
Shunday qilib, to‘ri qo‘llanilgan taolim metodlari xarakat faoliyatini egallash jarayonida xatolarning yuzaga chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi va bu bilan taolimning samarador-ligini pasaytirmasligi mumkin. Xatolar albatta mavjud bo‘ladi, ularsiz mumkin emas, deyishga mutlaqo o‘rin yo‘q. O‘qituvchi va o‘quvchilarning xatolariga nisbatan befarqlik ularga yuzaki qarash, xatolarning kamayishiga salbiy taosir etishi, yana yangi xatolarning paydo bo‘lishiga olib kelishini amaliyot tasdiqlagan. Ayniqsa xarakat malakasi shakllanishi-ning boshlanich etaplarida mashqni takrorlashlari davomida xatolar sodir bo‘ladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling