Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
-BOB. JISMONIY TARBIYa NAZARIYaSINING ILMIY TADQIQOT USULIYaTLARI
Download 264.24 Kb.
|
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy tadqiqotda nazariy taxlil va umumlashtirish usuliyati
- Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot usuliyati
- Eksperiment ilmiy tadqiqot metodi
5-BOB. JISMONIY TARBIYa NAZARIYaSINING ILMIY TADQIQOT USULIYaTLARI
Barcha ilmiy fanlar kabi jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy izlanish uslublaridan foydalanadi. Xozirgi kunda ilmiy tekshirish uslublarining turlicha xillari bo‘lib, qo‘shma fanlarning tadqiqot uslublaridan, ayniqsa, fiziologiya, antropologiya, bioximiya, psixologiya va ijtimoiy-tarixiy izlanish uslublariga ko‘proq extiyoj sezilayotganligi axamiyatga molik. Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy ilmiy tadqiqot uslubiyatlari - nazariy taxlil va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, eksperiment (tajriba) va matematik xisoblashdan iboratdir. Ilmiy tadqiqotda nazariy taxlil va umumlashtirish usuliyati Maolumki, nazariy taxlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini to‘la taxlil qilish va umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini to‘liq o‘rganib chiqish juda qiyin. U xar 4-5 yilda yana shunchadanga ko‘payadi. Bundan tashqari ilmiy jurnallardagi tadqiqotlar xaqidagi maqolalar bir necha marotaba ko‘paymoqda. Bunda yordamchi ilmiy predmet - “bibliografiya” fani tadqiqotchining ishini yengillashtiradi. U nashr qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ro‘yxatini tuzib chiqadi. Retrospektiv uslub orqali sistemaga solish maolum davr ichidagi mavjud adabiyotlarning ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha yangiliklarga qisqa izox beradi. Bundan tashqari, tadqiqotchi “bibliografik tavsifno-ma”dan xam foydalaniladi. Tavsifnoma yangi chiqqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida (ilmiy ish natijasini qisqartirgan xolda) tayyorlaydi, unga izox beradi. Bibliografik izlanish esa tadqiqotchining adabiyotlar ustidagi birlamchi ishi bo‘lib, tadqiqotchi izlanishi orqali topilgan qarama-qarshiliklar ustida nazariy baxs yuritadi, ularni bir-biri bilan taqqoslaydi. Nazariy taxlil va umumlashtirishning yana bir usuliyati xujjat materiallari ustida ishlashdir. Jismoniy tarbiyaning ko‘p tomoni amaliy mashulotlar uchun tuzilgan rejalar, kundaliklar, konspektlar, xisobotlar va shunga o‘xshashlarda ifodalanadi. Ular albatta amaliyotni nazarda tutgan xolda tuzilgan bo‘ladi. Ularni ilmiy jixatdan chuqur o‘rganish kutilmagan natijalarni berishi mumkin. Masalan, jaxonning kuchli sportchilarini tayyorlash va ularning shuullanish rejalarini solishtirish, malakali sportchilarning kundalik-lari, xaftalik, oylik, yillik jismoniy yuklarning xajmi, miqdori, bajarish intensivligi va boshqalar tadqiqotchiga manba bo‘lishi mumkin. Ilmiy tadqiqot uchun musobaqa materiallari, ko‘p yillik trenirovkalarning natijalarini o‘rganish xam tadqiqot oboekti bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy maqsadda tuzilgan turli xil anketalar xam xujjat materiallari bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tuzilgan savollarga “xa” va “yo‘q” deb javob berish xam ko‘p xulosalarga olib keladi. Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot usuliyati Tadqiqotchi qo‘llayotgan bu usuliyatning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining o‘zi tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Xayotdagi kuzatishdan farqli o‘laroq, bu usuliyat kuzatish predmetini aniq o‘rganadi, kuzatilayotgan va undan aniqlangan dalillarni tezlik bilan xisobga oladigan tizimni ishlab chiqishi va uni izlanishda qo‘llashi oson kechadi. Maxsus bayoennomalar, yozuvdagi shartli ifodalagichlar va tadqiqotni osonlashtiradi. Barcha ilmiy kuzatishlar natijasi kuzatuvchi-ning shaxsiy qobiliyatigagina boliq bo‘lmasligi lozim, chunki o‘rganilayotgan dalillar, ularni natijalari ko‘pchilikda turlicha fikr xosil bo‘lishiga olib keladi. Bu usuliyatning qulay tomoni shundaki, bir vaqtni o‘zida bir necha kuzatuvchi bir oboektni kuzatishi va natijalarni solishtiriladi. Bunda ayrim apparatlar o‘sha xarakatning bajarilishini qayta takrorlashi yoki tadqiqot o‘lchoviga qarab uni foto, kinospyomka, video, magnit tasmasi yozuvi va boshqalar) orqali kuzatish lozim bo‘lgan xulosalarni qiladi. Bunday xulosalar oboektiv bo‘ladi. Uni ijrosidagi kamchiliklar yoki yangiliklarni takroriy ko‘rish imkoni bor. Lekin qator sport turlari, xarakat faoliyati va xarakat aktini baxolashda baxslar, munozaralar qilishga to‘ri keladi. Xulosalar suboektiv bo‘lib yakuniy xulosa natijasiga salbiy taosir qilish xollari xam uchraydi. Xozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi xarakatlarni ijrosi bajarilishidagi ayrim dalillar va ular xaqidagi xulosalarda noaniqlikga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Masalan, badiiy gimnastika, akrobatika, suvga sakrash, figurali uchish va boshqalarda xarakatni ifodalanishi bayoni faqat ko‘z bilan baxolanadi. Qator xakamlarning xar qaysisi o‘z fikrini o‘zicha bayon qiladi, umumiy xulosa shunga qarab chiqariladi. Bunday kuzatish usuliyati tadqiqotchi yoki kuzatuvchida o‘ta kuchli saloxiyatni talab qiladi. Keng tarqalgan, aniq xisobga olish usuliyatlaridan biri xronometrlashdir. «Xrono»-vaqt, «metr» ulchov demakdir. Bunda xarakatni bajarish uchun sarflangan vaqtga qarab natija taxlil qilinadi. Masalan, 800 metrga yugurishda xar bir 100 metr uchun sarf bo‘lgan vaqt yoki darsni, trenirovka mashulotining boshidan oxirigacha zichlikni aniqlash maqsadida xronometrlash mashulotning asosiy vaqtini samarasiga baxo berish uchun foydalaniladi. Eksperiment ilmiy tadqiqot metodi Ilmiy tekshirishning bu metodi tekshiruvchining o‘zi tomonidan uyushtirilgan bo‘lib, uning o‘zini aktiv aralashuvi orqali olib boriladi. Bu metodda tekshiralayotgan jarayon maxsus sharoitda yoki tajribani yana qaytadan takrorlash uchun imkoniyat yaratiladi. Ushbu tadqiqot uslubining qulay yoki qimmatli tomoni xam ana shunda. Jismoniy tarbiya jarayonida olib borilayotgan tajribani maxsus sharoitni xisobga olmay yoki sunoiy qaytadan o‘sha sharoitni yaratishda nazoratdagi masalaga oid bo‘lmagan muammolar xam yuzaga kelishi mumkin. Bu ilmiy tadqiqot usuliyatining salbiy tomonidir. Eksperimentni oboektiv o‘tkazish amaliyotida tabiiy, modulli va laboratoriya eksperi-mentlari deb nomlangan eksperiment xillaridan foydala-niladi. Download 264.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling