Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
-BOB. JISMONIY TARBIYa NAZARIYaSINING UMUMIY PRINSIPLARI
Download 264.24 Kb.
|
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy tarbiyaning mexnat va xarbiy amaliyot bilan boliqligi prinsipi
- Shaxsni xar tomonlama rivjlantirish prinsipi
- Jismoniy tarbiyani solomlashtirishga yo‘naltirish prinsipi
4-BOB. JISMONIY TARBIYa NAZARIYaSINING UMUMIY PRINSIPLARI
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti umumiy prinsiplari va jismoniy tarbiya nazariyasi usuliyatining prinsiplari deb ataladigan prinsiplarga tayanadi: Bulardan tashqari, jismoniy tarbiyaning ayrim ko‘rinishlari va xususiyatlarini ifodalovchi (masalan, sport, trenirovkasi, kosmonavtlar, o‘t o‘chiruvchilar trenirovkasi va xokazo) prinsiplari xam mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy boliq bo‘lib, prinsiplarning yagona tizimini tashkil etadi. Eng avvalo, biz jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy prinsip-lari bilan tanishib chiqaylik. Ular: a) jismoniy tarbiyaning mexnat va xarbiy amaliyot bilan boliqligi; b) shaxsni xar tomonlama rivojlantirish; v) jismoniy tarbiyaning solom-lashtirishga yo‘naltirish prinsipi deb guruxlanadi. Jismoniy tarbiya jarayonida nazariy prinsiplar, bir tomondan, nizom vazifasini o‘tasa, ikkinchi tomondan, jismoniy tarbiya jarayonida o‘qituvchini nazariy va metodik jixatdan maolum ramka (qolip)ga, yo‘nalishga soladi. Pedagogik jarayon va amaliy faoliyatda prinsip majburiyat, qonun tarzida axamiyat kasb etishi mumkin. Ayrim xolatlarda: prinsipga jismoniy tarbiyadagi maolum bilimlarning bir qismi, yoki faoliyatga yo‘riqchi (ko‘rsatma beruvchi), yoki turli xil aloxida vazifani bajarish uchun umumiy asos deb qaraymiz. Jismoniy tarbiyaning mexnat va xarbiy amaliyot bilan boliqligi prinsipi Bu prinsip kishilarni xarakat faoliyatiga yoki mexnatga tayyorlashda jismoniy tarbiya jarayoning asosiy sotsial qonuniyatini va uning xizmat funksiyasini ifodalaydi. Barcha tizimlarda bu qonuniyat o‘zining maxsus ifodasini topadi. Ayrim olimlar guruxi fizkulptura va sportning xizmat funksiyasiga xozirgi davr turmushidagi, xayotidagi zichlikni, taranglikni yumshatishdan iborat deb qaraydilar. Ular xozirgi zamon ishlab chiqarishi mexanikasi, avtomatikasi, industriyasi vujudga keltirgan psixik va jismoniy muvozanatni saqlash uchun sportni asosiy vosita qilib olmoqchilar. Fizkulptura va sport jismoniy tarbiya jarayonida xayot uchun kerak bo‘lgan xarakat malakalarini tarbiyalash va rivoj-lantirishdagina xayotiy axamiyat kasb etish bilan cheklanmay ijtimoiy xayotda xam foydalanadilar. Aslida esa u yoki bu jismoniy mashqlar bilan shuullanish orqali xosil qilingan malaka to‘ridan-to‘ri mexnat faoliyati jarayoniga ko‘chsagina, u xayotiydir. To‘ri, velosipedda yurish malakasi, granata uloqtirish va boshqalar aynan amaliy xayotiy axamiyatga ega. Lekin bu bilan jismoniy tarbiyaning xayotiy zaruriyati xali aytarli cheklan-maydi. Agar cheklansa, biz futbol va boshqa sport o‘yinlari, gimnastika, shtanga bilan bajariladigan jismoniy tarbiya jarayonidagi eng muxim mashqlar asosiy omillar, xayotiy axamiyatga ega emas, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Aslida esa bizning jismoniy tarbiya tizimimiz bu mashqlarni “xayot uchun zarur” deb o‘zining pedagogik jarayoni tarkibidan chiqarmaydi. Tushunarliki, futbolchi mexnatda yoki mudofaa sharoitida kuchini tejab sarflab, to‘pni aniq nishonga urishiga extiyoji yo‘q. Mexnatda yoki mudofaada undan foyda yo‘q. Biroq futbol o‘yini mashulotlarida egallangan chaqqonlik, chidam-lilik, tezkorlik, qisqa vaqt ichida xal qiluvchi qaror qabul qila olish, dadil aniq bajariladigan xarakat sifat-larini rivojlantirishga erishish xayotiy zaruriyatdir. Jismoniy tarbiyaning maqsadi mexnatga va mudofaaga to‘ridan-to‘ri yo‘naltirilsagina, unda tarbiya orqali egallan-gan malaka va ko’nikmalar zaxirasi ko‘p bo’lsa, kishi notanish sharoitga - ishlab chiqarishdami, armiyadami qisqa vaqt ichida tez moslashadi va lozim bo‘lgan mexnat faoliyati xarakat texnikasini tez egallaydi. Maolumki, chaqqon, kuchli, chidamli, tezkor va egiluvchan kishi yangi xarakat malakasini egallashda qiyinchilikka nisbatan kam uchraydi. Amalda solom bo‘lsada, xarakat zaxirasi kam bo‘lsa, u kishi lozim bo‘lgan xarakat texnikasini sekin o‘zlashtiradi. Gimnastika mashqlari xayotiymi? Albatta! Oddiy misol: ish boshlanishidan oldingi bajariladigan gimnastika toli-qishning, charchashning oldini oladi, organizmning yuqori ish qobiliyatini taominlaydi. Suzish, muvozanat saqlash apparati (miyacha) funksiyasini yaxshilaydigan eng yaxshi vosita deb isbotlangan. Gimnastika jixozi - “Kon” dagi xilma-xil mashqlar vaznsizlik sharoitida, parashyut bilan sakrash, suvosti ishlariga oson moslashtiradi. Tashqi ko‘rinishidan bu mashqlar xayotiy-amaliy emasdek tuyulsada, aslida... Yana misol, maolumki, samolet va kosmik kemaning uchish tezligi juda yuqoridir. Ularning boshqa-ruvchilari organizmida kutilmaganda xilma-xil o‘zgarishlar ro‘y beradi - maolum vaqt ichida miyaga birdaniga qon bormay qoladi yoki oz boradi. Sababi, bosimning yuqori yoki kamligi, tezlikning o‘ta yuqoriligidir. Bu taosirdan tez qutilishni esa yaxshi rivojlangan tana muskullarigina uddalaydi. Tana muskullari esa jismoniy mashqlar bilan shuullanish orqali rivojlantiriladi. Demak, jismoniy tarbiya xayotiy va zaruriy. Shuning uchun jismoniy tarbiya mutaxassisi jismoniy tarbiya jarayonida mexnat va xarbiy amaliyotning xayotiy-amaliy mashq-laridan mukammal foydalanishni o‘z faoliyatining prinsipiga aylantirish shart. Vaznsizlik gavdani boshqarishni talab qiladi. Batuta, Loping va boshqalardagi mashqlar kosmonavtlar trenirovka mashulotlarining asosini tashkil qiladi. Ulu Vatan urushi va xozirgi zamon xarbiy o‘quv mashu-lotlari tajribasi, maksimal avtomatlashgan xarbiy texnika, tez manyovr qilish uchun soldat va ofitserda yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lish talabini ilgari surmokda. Bunga esa xarbiy xayotda jismoniy mashqlar bilan sistemali shuullanish, mashq qilish orqaligina erishish mumkinligiga amalda guvoxmiz. Yuqori darajada uyushtirilgan ishlab chiqarish mexnati fabrika ishchisidan bir tomonlama rivojlanishni emas, undan universallikni talab qiladi. U o‘z navbatida yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik sifatlari yoki ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishlikni taqazo etadi. Shuning uchun xam mexnatni uyushtirishning yuqori dara-jasi takomillashgan mexnat ishlab chiqarishi «xar tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasi» muammosini paydo bo‘lishiga olib kelishi tabiiydir. Shaxsni xar tomonlama rivjlantirish prinsipi Maolumki, mavjud jamiyatda yashaydigan xar bir shaxs xar tomonlama rivojlangan bo‘lishi lozim, chunki, kishilar ruxiy, maonaviy va jismoniy sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan xolda tuilmaydilar. Bu sifatlarni kamol topishi, o‘sha ijtimoiy sharoitga va mavjud tarbiya tizimiga boliq. Jismoniy tarbiya esa tarbiyaning boshqa tomonlari ichida muximlaridan biridir. Ijtimoiy muxit xar tomonlama garmonik rivojlanishni, xar doim va xar yerda inson organlari va sistemalarining biologik rivojlanishining ichki talabi tarzida qo‘yadi. Shuning uchun xam inson tarbiyasida qo‘llaniladigan tarbiyaning xar qanday shakllari jismoniy tarbiya jarayoni bilan ilojsiz bolangandir. Busiz xar tomonlama garmonik tarbiya amalga oshmaydi. Jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiya turlari bilan boliqligini dialektik materialistik falsafa va tabiiy-ilmiy fanlarning ochiq munozarasi, fandagi o‘sha eski baxs xozir xam davom ettirishga urinuvchilar mavjud, ular odam tanasining tashqi ko‘rinishi va uning funksiyasiga tashqi taosir bilan o‘zgartirish kiritish mumkin emas deb tarbiyaning rolini xozir xam inkor etadilar. Jismoniy tarbiya jarayoni qonuniyatlaridagina xar tomonlama jismonan garmonik rivojlanishini yo‘lga qo‘ya olishni mumkunligi ilmiy asoslangan. Kishining ruxiy, maonaviy qobiliyatini o‘sishga eng avval o‘sha ijtimoiy sharoit, so‘ngra esa insonni o‘zning muxitni o‘zgartirish yoki o‘sha o‘zgartirish uchun olib borilgan faoliyatni rolp o‘ynashligini I.M. Sechenov va I.P. Pavlovlarnig tabiiy fanlardagi ilmiy tadqiqotlar orqali allaqachonlar ilmiy va amaliy isbotlangan. Inson organizmining tashqi muxit bilan aloqasida shartli reflekslarning moxiyati katta ekanligini, xam jismoniy, xam psixik faoliyat, bosh miya po‘stloq qismida sodir bo‘ladigan «vaqtli aloqa» orqali sodir bo‘lishligining amaliy isboti shoxidimiz. Ular taolim va tarbiya jarayonini kishilarda qator “uzun shartli reflekslarni xosil qilish” deb tushuntiradilar. Jamiyat talabiga muvofiq ravishda, shartli reflekslardagi vaqtli aloqalarini yuzaga keltirish shaxsning faqat maonaviy shakllanishigagina emas, balki jismoniy jixatdan kamolotga erishishiga fiziologik poydevor bo‘lishi mumkinligini isbotladilar. Shaxsni xar tomonlama rivojlantirish prinsipining jismoniy tarbiya mktaxassisiga qo‘yadigan asosiy talablari: Tarbiyaning turli tomonlarining bir butunligiga erishish. Jismoniy tarbiya orqali erishilgan yuqori natija-ning o‘zi shaxsni xar tomonlama rivojlanagnligini belgilaydi, deb bo‘lmaydi. Jismoniy sifatlarga qo‘shib aqliy, axloqiy, ruxiy, estetik, va maonaviy sifatlar xam qo‘shib tarbiyalansa, shaxs shundagina ijodiy mexnat va Vatan mudofaasiga tayyor bo‘ladi. Bu talab o‘z navbatida jamiyatimiz aozolarining xal qiluvchi vaqtda, mexnat vaxtasidami, mudofadami, qonuniy demokratik davlatni barpo etishdek sharafli ishlarning barchasida oldinda bo‘ladilar. Keng va umumiy jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lish. Jamiyat aozolarining barcha faoliyatlari maolum maonodagi kasbga, xunarga yo‘naltirilgan bo‘lishi, bunga ayniqsa mexnat va xarbiy faoliyat davomida duch kelamiz. Xar qanday faoliyatdagi yutuq jismoniy tayyorgarlikka boliq. Armiya safidami yoki mexnat frontidami umumjismoniy tayyorgarligi sust bo‘lganlar qiyinchiliklarga duch keladilar. Jismoniy sifatlar insonda qanchalik yaxshi rivojlangan, xayot uchun kerakli zarur bo‘lgan xarakat va mexnat malakalari yetarli bo‘lsa, boshqa faoliyatni oson va tez o‘zlashtiriladi. Jismoniy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yish uchun olib borilgan rejali faoliyat xar tomonlama garmonik rivojlantirishning omilidir. Jismoniy tarbiyani solomlashtirishga yo‘naltirish prinsipi Jismoniy tarbiyaning solomlashtirishga yo‘naltirilgan-ligi prinsipi shuullanuvchilarning jismoniy mashqlar bilan mashul bo‘lishida ularni soligiga javob berish maosuliyatini o‘rtaga tashlaydi. Jismoniy madaniyat tashkilotchilari, trener-lar, davlat, xalq oldida shuullanuvchilarning soligiga javob beribgina qolmay, uni mustaxkamlashga va takomillashtirishga xam javob beradilar. Jismoniy mashqlar bilan vrach va pedagog nazorati ostida shuullanilsagina, u ijobiy effekt beradi. Noto‘ri foydala-nish esa shuullanuvchi soligiga salbiy taosir etishi mumkin. Shuning uchun biologik xususiyatlari - yoshi, jinsi, soligini xisobga olish, sistemali vrach va pedagog nazorati tarbiya jarayonida yetakchi omildir. Amalda rejasiz ishlash o‘ta salbiy oqibatlarga olib keladi. Tanlangan uslubiyatlar, mashqlarning meoyori, bajarish intensivligi, yuklamaning umumiy miqdorini tanlashdagi pedagogning arzimas xatosi shuullanuvchi uchun o‘ta qimmatga tushishi mumkin. Shunday xollarga duch kelish mumkinki, sport natija-larini vaqtinchalik o‘sishi, jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkich-larining ortishi, organizmda vaqtinchalik sportchi uchun sezilmaydigan patologik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Kelib chiqadigan yomon oqibatlar jismoniy madaniyat va sportning obro‘siga salbiy taosir etadi. Shu sababli vrach nazorati dalillarini eotirof etish bilangina cheklanmay, asosiy eotibor ularning taxliliga qaratilishi lozim. Nazoratni tizimli emasligi salbiy oqibatlarga olib kelishi muqarrardir. Jismoniy tarbiyani solomlashtirish bilan bolab olib borish prinsipi vrach, pedagog va shuul lanuvchining kunlik muntazam muloqotini talab qiladi. Jismoniy tarbiya prinsiplari bir-biri bilan o‘zaro uzviy boliqlikni taqazo etadi. Shundagina ular axamiyatini saqlab qoladi. Jismoniy tarbiyaning mexnat va xarbiy amaliyot bilan boliqligi uning yetakchi prinsipidir. Shu prinsipgina mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning asosiy qonuniyatini ifodalaydi, uning axamiyati jamiyatimiz aozolarini ijodiy mexnatga va Vatan mudofasiga tayyorlashdadir. Shaxsni xar tomonlama rivojlantirish prinsipi ijti-moiy xayotga - ishlab chiqarish va xarbiy ishini amalga oshiradigan xar tomonlama rivojlangan shaxsga talabni oshiradi, xar tomonlama jismoniy, maonaviy rivojlangan-larni tarbiyalash mamlakat iqtisodiyoti va mudofaasini taxminlashda muxim rolp o‘ynaydi. Bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino «Jismoniy mashqlar xaqida qisqacha so‘z»ida salomatlikni saqlash rejimining asosiy omillaridan biri jismoniy mashqlar bilan shuul-lanish ekanligini taokidlaydi. Ovqatlanish, uyqu, dam olish rejimining kun tartibidagi sistemali jismoniy mashqlar bilan shuullanish mashulotlardan keyingi o‘ringa qo‘yadi. Maromli, meoyoridagi erkin xarakatlar - yaoni jismoniy mashqlar bilan shuullanish kasallikni yo’qotish uchun xech qanday davolanishga zaruriyatning vujudga keltirmasligini aytib o‘tadi. Erkin, meoyoridagi maromli xarakat uzluksiz chuqur nafas olishni yo‘lga qo‘yadi. Bu bilan, organizm muskullarining to‘qimalari kislorod bilan yetarli darajadagi kislorod bilan taominlanadi. Mashq qilgan, mashq ko‘rgan organizm o‘zidagi “keraksiz”ni vujudga kelishiga, uning chiqarib tashlanishiga keragidan ortiqcha energiya sarflamaydi. Taolim jarayonida mashq qilishning meoyorini topish va uning salomatlik uchun taosirini aniqlay olish, tarbiya jarayonining muxim ko‘rsatmasiga, kerak bo‘lsa, nizomiga ayla-nishi lozim. Jismoniy tarbiyaning yuqorida qayd qilingan prinsiplari qatori jismoniy tarbiyani solomlashtirishga yo‘naltirishning amaliy samarasi kattadir. Shuning uchun jismoniy tarbiya tizimining umumiy prinsiplariga rioya qilish jismoniy tarbiyani amalga oshirayotgan mutaxassisdan tortib shuullanuvchilargacha ularni soligiga eotibor berishni muximligini taokidlaydi. Bundan kelib chiqadiki, pedagogik jarayon davomida umumiy prinsiplarga o‘z vaqtida rioya qilinsa, qo‘yilgan talablar mukammal bajarilsa, jismoniy tarbiya jarayonining samaradorligi yuqori bo‘ladi. Download 264.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling