Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


-BOB. O‘QUV IShLARINI ReJALAShTIRISh


Download 3.22 Mb.
bet150/177
Sana17.06.2023
Hajmi3.22 Mb.
#1539971
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   177
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

14-BOB. O‘QUV IShLARINI ReJALAShTIRISh


O‘quv ishlarini samaradorligi uni o‘quv yili davomida rejali amalga oshirishni taqazo etadi.


Rejalashtirish texnologiyasini to‘ri ishlab chiqilishi samaradorlikning muxim omillaridan biri bo‘lib belgilangan maqsad va vazifalarni aniq va puxta bajarish uchun lozim bo‘lgan imkoniyatlarni yaratadi.
Amaliy ish paytida rejalashtirishga eotibor susayishi taolim tarbiya jarayonida muvaffaqiyatsizlik manbaiga aylanadi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning yuzaki munosabatlariga sabab bo‘ladi. Rejalashtirish o‘quv dasturini va xamkasblari tomonidan boshqa maktablar uchun tuzilgan tayyor o‘quv rejasini o‘ylamay ko‘chirib olishdan iborat bo‘lgan mexanik tarzdagi kanselyariya ishi emas. O‘qituvchi o‘z ish faoliyatini va to‘plagan tajribasini taxlil qilib, uni yangi nazariy va amaliy materiallar bilan boyitib, to‘ri muloxazalar qilishdan, yangi o‘quv yilida vujudga kelgan shart- sharoitlardan kelib chiqib, lozim bo‘lgan o‘zgartirishlar bilan o‘qitishning o‘quv yili uchun yangi loyixasini tuzishdan iborat bo‘lgan faoliyatdir.
Rejalashtirish uchun o‘qituvchi oldindan katta tayyorgarlik ko‘radi va kerakli zarur axborotlarni to‘playdi. Bu maolumotlar o‘quv materialini tartibli o‘qitish, ishning formasi va vositalarini to‘ri aniqlashga yordam beradi.
Rejalashtirishdan oldin to‘planadigan maolumotlar taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  1. Qaysi sinflarda ish olib boriladigan bo‘lsa, shu sinflarning o‘quv dasturini chuqur o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi. Chunki ayrim mashqlarning texnikasini o‘qitish bir necha sinflarga taqsimlangan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun reja-lashtirish xar bir sinf uchun jismoniy mashq texnikasining aniq bo‘lagini o‘rganishni vazifa qilib qo‘yishi kerak. Bundan tashqari dasturni bilish o‘quv materialini sinfdan-sinfga birin-ketin taqsimlashda xatoga yo‘l qo‘ymaslik imkoniyatini yaratadi.

  2. Mashulot ishtirokchilarning tarkibi, ularning so-lii, nazariy bilimlari, jismoniy va texnik tayyorgar-liklarini o‘rganish rejalashtirishni realligini oshiruvchi maolumotdir. Bu maolumotlarni olish uchun rejalashtiruvchidan ilgari tayyorlangan xujjatlarni, tibbiy ko‘rik varaqalarini, chorakli, yillik xisobotlarni o‘rganish lozim bo‘ladi. Qola-versa o‘quvchilar bilan suxbatlar xam kutilgan natijani beradi.

  3. Maktabning jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha sport inshootlari, anjomlari va ulardan foydalanish uchun mavjud shart-sharoitni xisobga olish rejalashtirish ishini samarador-ligini oshiradi va mavjud muammolarni xal qilish chora-tadbirlarini ko‘rishga imkoniyat yaratadi.

  4. Maktab direksiyasi va pedagogika jamoasining jismo-niy tarbiyaga manosabatini bilish uchun maktabning jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlarning yillik rejasi va maktab direktorining umumiy ish rejasi bilan tanishish.

  5. Viloyat va tumanning iqlimi, ob-xavosini o‘rganish.

  6. Viloyat va tuman sport musobaqalarining kalendar rejasi bilan tanishish va shu asnoda maktabning ommaviy sport va solomlashtirish ishlarini rejasini tuzish.

  7. Jismoniy mashqlarni viloyat va tumandagi yetakchi sport turlarini aniqlash va mavjul ish shaklini jonlashtirish uchun o‘qituvchi tomonidan maktabning va shu xudud axolisining milliy sport anoanalarini o‘rganish rejalashtirishda qo‘yilgan maqsadni oson xal qilish uchun asosiy maolumot rolini o‘ynaydi.


Download 3.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling