Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Download 3.22 Mb.
bet46/177
Sana17.06.2023
Hajmi3.22 Mb.
#1539971
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   177
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun maksimal xarakat amplitudasidagi cho‘zish, eshish, buklana olishni oshiradigan jismoniy mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruxga (aktiv va passivga) bo‘linadi.
Aktiv xarakatlarda bo‘inlardagi xarakatchanlik shu bo‘indan o‘tadigan muskullarning qisqarishi xisobiga ro‘y beradi, passiv xarakatlarda tashqi kuchlardan foydalaniladi.
Aktiv mashqlar bajarilish xarakteriga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Ular bir fazali va prujinasimon (ketma-ket, ikki-uch marotabalab engashish) mashqlar. Ularga tananing maolum aozolarini yoki uning bir qismini tebratish, siltash (maxlar)lar, oxirgi xolatini ushlash (fiksiya), qarshiliklarni yengish, oirlikdan foydalanish mashqlari.
Bulardan tashqari maksimal amplitudada bajariladigan, xarakat davomida tanani qimirlatmay ushlash bilan (statik xolatda) bajariladigan mashqlar xam shu guruxga kiradi.
Passiv statik mashqlarda gavdaning xolati tashqi kuchlar xisobiga saqlanadi. Bu aktiv egiluvchanlikni rivojlantirish uchun dinamik mashqlarga qaraganda samarasizroq, lekin passiv egiluvchanlikni tarbiyalashda yuqori ko‘rsatkichlarga olib keli-shi mumkin. Muskullarning cho‘ziluvchanligi nisbatan kam bo‘ladi. Agar bir xarakatda ularning uzunligini oshrishga xarakat qilinsa, uning natijasi juda past bo‘ladi. Biroq mashqlarni takrorlayverish mashq qilish orqali ular qoldirgan natijalar yiilib, amplitudaning ortishi juda sezirarli bo‘ladi. Shuning uchun egiluvchanlikni oshirish mashqlari seriyalar bilan, xar birini bir nechta marta qaytarib bajarish bilan rivojlantiriladi va shunday qilish xam zarur.
Seriyadan seriyaga o‘tgan sari xarakat amplitudasi kattalashtirilib boriladi. Xar bir mashulotda cho‘ziluvchanlik mashqlarini oriq sezguncha bajarish tavsiya etiladi. Oriq paydo bo‘lishi bilan mashq amplitudasi chegaralanadi. Agar mashqlarni xar kuni sistemali bir yoki bir necha marta bajarilsa, ularning foydasi ko‘proq bo‘ladi. Agar egiluvchan- likning erishilgan darajasini saqlab turish maqsad qilinsa, kamroq mashq qilish, yaoni mashulotlar sonini ozaytirib borish mumkin. Bu mashqlarni mustaqil topshiriq sifatida uyga vazifa qilib berish samara beradi. Darslarda bu mashqlar asosan darsning asosiy qismi oxiriga, chigal yozish vaqtida va asosiy bo‘lmagan mashqlar orasidagi intervallarda bajarish tavsiya qilinadi. Egiluvchanlik mashqlarini bajarishdan oldin muskullarda yengil ter paydo bo‘lguncha chigal yozish mashqlarini bajarish zarur. Bu mashqlar xisobiga erishilgan xarakatchanlik-ning ortishi
nisbatan uzoq davom etmaydi - xona temperatu-rasida 10 minutcha saqlanadi. Issiqlik tarqalishini kamayti-rish (issiq kiyim kiyish) bilan, bu vaqtni maolum darajada oshirish mumkin.
Bolalik va o‘smirlik yoshida egiluvchanlikni rivojlanti-rish oson bo‘lgani sababli 10-15 yoshdagilardan boshlab bu sifatni rivojlantirishni rejalashtirish samara beradi.



    1. Download 3.22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling