Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
BOB. JISMONIY TARBIYaNI TARBIYaNING BOShQA YO‘NALIShLARI BILAN BOLIQLIGI
Download 3.22 Mb.
|
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х
BOB. JISMONIY TARBIYaNI TARBIYaNING BOShQA YO‘NALIShLARI BILAN BOLIQLIGIJismoniy tarbiya jarayonida aqliy tarbiyaJisman yetarli darajadagi rivojlanganlik normal aqliy rivojlanishga sharoit yaratadi. “Xar qanday mexnat – bu aqliy, jismoniydir. Agar aqliy va jismoniy mexnat orasidagi farqni ajratsak, bittasida asosiy rolni miya, ikkinchisida muskullar o‘ynaydi. Miyaning faoliyati muskullarning o‘zaro faoliyatiga, muskullar faoliyati esa miyaning boshqarishi orqali amalga oshiriladi”, - degan edi Chernishevskiy. Jismoniy bilimlar asoschisi P.F. Lesgaft ko‘rsatgani-dek, aqliy va jismoniy rivojlanish bir-biri bilan uzviy boliq. Aqlning o‘sishi va rivojlanishi o‘z navbatida jismoniy rivojlanishni taqazo qiladi. Jismoniy tarbiyaning vazifasi shunda muvaffaqiyatli xal qilinadiki, shuullanuvchilar jismoniy mashqlarni ongli ravishda tushunib bajarsalar yoki ular sport mashulotlariga qiziqib, tashabbus ko‘rsatib ijodiy yondashsalar, organizmda xarakat malakalarini to‘ri shakllanishi, funksional qobi-liyatlarini rivojlanishi uchun umumiy maxsus bilimlarga tayanishlari lozim bo‘ladi. Jismoniy tarbiyada yoki sportda talantni ochish shuul-lanuvchida umumiy jismoniy rivojlanganlik va tayyorlangan-lik xamda soxa bo‘yicha chuqur malakaviy bilimlarga ega bo‘lish, bosh miya, muskullar faoliyatidan foydalanish ko‘r-ko‘ronalikka yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi. Mashulotga ongli munosabatda bo‘lmaslik talantni so‘nishiga sabab bo‘ladi. Eng xavflisi shuullanuvchida bir tomonlamalilik, faqat sport bilan shuullanishgagina odat shakllanadi – jamiyat uchun esa boqi-mandalar ko‘payadi. Sport trenirovkasi sirlariga sho‘nish, uni tushunish, shuullanuvchi maxoratini oshishiga olib keladi. Bunga faqat xar tomonlamalilik orqaligina erishish mumkin. Jaxon rekordlarini o‘rnatish, chempionlik lavozimlari uchun kura- shish, sportchidan yuqori saviya, chuqur bilim va jismoniy qobiliyatni talab qiladi. Bunga erishish uchun esa mashaqqatli mexnat, o‘tkir intellekt soxibi bo‘lishlik talab qilinadi. Aqliy va jismoniy tarbiyanig o‘zaro boliqligi masalasi tabiiy-ilmiy fanlarning tadqiqotlari asosida ulu rus fiziologi I.M. Sechenov va I.P. Pavlov tomonidan isbotlan-gan. “Men butun xayotim bo‘yi aqliy va jismoniy mexnatni sevdim, ko‘proq ikkinchisini. Ayniqsa, miyada paydo bo‘lgan fikrni xal qilish uchun aqlimni qo‘lim bilan bolaganimda o‘zimni juda yaxshi xis qilar edim”, - deb yozgan edi ulu rus olimi I.P. Pavlov. Demak, jismoniy tarbiya intelektining aqliy tarbiyasi bilan o‘zaro uzviy boliq xolda amalga oshirilishi lozim. Download 3.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling