Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


BOB. JISMONIY TARBIYa NAZARIYaSINING UMUMIY PRINSIPLARI


Download 3.22 Mb.
bet14/177
Sana17.06.2023
Hajmi3.22 Mb.
#1539971
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   177
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

BOB. JISMONIY TARBIYa NAZARIYaSINING UMUMIY PRINSIPLARI


Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti umumiy prinsiplari va jismoniy tarbiya nazariyasi usuliyatining prinsiplari deb ataladigan prinsiplarga tayanadi: Bulardan tashqari, jismoniy tarbiyaning ayrim ko‘rinishlari va xususiyatlarini ifodalovchi (masalan, sport, trenirovkasi, kosmonavtlar, o‘t o‘chiruvchilar trenirovkasi va xokazo) prinsiplari xam mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy boliq bo‘lib, prinsiplarning yagona tizimini tashkil etadi. Eng avvalo, biz jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy prinsip-lari bilan tanishib chiqaylik. Ular: a) jismoniy tarbiyaning mexnat va xarbiy amaliyot bilan boliqligi; b) shaxsni xar tomonlama rivojlantirish; v) jismoniy tarbiyaning solom-lashtirishga yo‘naltirish prinsipi deb guruxlanadi.


Jismoniy tarbiya jarayonida nazariy prinsiplar, bir tomondan, nizom vazifasini o‘tasa, ikkinchi tomondan, jismoniy tarbiya jarayonida o‘qituvchini nazariy va metodik jixatdan maolum ramka (qolip)ga, yo‘nalishga soladi. Pedagogik jarayon va amaliy faoliyatda prinsip majburiyat, qonun tarzida axamiyat kasb etishi mumkin.
Ayrim xolatlarda: prinsipga jismoniy tarbiyadagi maolum bilimlarning bir qismi, yoki faoliyatga yo‘riqchi (ko‘rsatma beruvchi), yoki turli xil aloxida vazifani bajarish uchun umumiy asos deb qaraymiz.


    1. Jismoniy tarbiyaning mexnat va xarbiy amaliyot bilan boliqligi prinsipi


Bu prinsip kishilarni xarakat faoliyatiga yoki mexnatga tayyorlashda jismoniy tarbiya jarayoning asosiy sotsial qonuniyatini va uning xizmat funksiyasini ifodalaydi. Barcha tizimlarda bu qonuniyat o‘zining maxsus ifodasini topadi. Ayrim olimlar guruxi fizkulptura va sportning xizmat funksiyasiga xozirgi davr turmushidagi, xayotidagi zichlikni, taranglikni yumshatishdan iborat deb qaraydilar. Ular xozirgi zamon ishlab chiqarishi mexanikasi, avtomatikasi, industriyasi vujudga keltirgan psixik va jismoniy muvozanatni saqlash uchun sportni asosiy vosita qilib olmoqchilar.
Fizkulptura va sport jismoniy tarbiya jarayonida xayot uchun kerak bo‘lgan xarakat malakalarini tarbiyalash va rivoj-lantirishdagina xayotiy axamiyat kasb etish bilan cheklanmay ijtimoiy xayotda xam foydalanadilar. Aslida esa u yoki bu jismoniy mashqlar bilan shuullanish orqali xosil qilingan malaka to‘ridan-to‘ri mexnat faoliyati jarayoniga ko‘chsagina, u xayotiydir.
To‘ri, velosipedda yurish malakasi, granata uloqtirish va boshqalar aynan amaliy xayotiy axamiyatga ega. Lekin bu bilan jismoniy tarbiyaning xayotiy zaruriyati xali aytarli cheklan-maydi. Agar cheklansa, biz futbol va boshqa sport o‘yinlari, gimnastika, shtanga bilan bajariladigan jismoniy tarbiya jarayonidagi eng muxim mashqlar asosiy omillar, xayotiy axamiyatga ega emas, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Aslida esa bizning jismoniy tarbiya tizimimiz bu mashqlarni “xayot uchun zarur” deb o‘zining pedagogik jarayoni tarkibidan chiqarmaydi. Tushunarliki, futbolchi mexnatda yoki mudofaa sharoitida kuchini tejab sarflab, to‘pni aniq nishonga urishiga extiyoji yo‘q. Mexnatda yoki mudofaada undan foyda yo‘q. Biroq futbol o‘yini mashulotlarida egallangan chaqqonlik, chidam-lilik, tezkorlik, qisqa vaqt ichida xal qiluvchi qaror qabul qila olish, dadil aniq bajariladigan xarakat sifat-larini rivojlantirishga erishish xayotiy zaruriyatdir.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi mexnatga va mudofaaga to‘ridan-to‘ri yo‘naltirilsagina, unda tarbiya orqali egallan-gan malaka va ko‘nikmalar zaxirasi ko‘p bo‘lsa, kishi notanish sharoitga ishlab chiqarishdami, armiyadami qisqa vaqt ichida tez moslashadi va lozim bo‘lgan mexnat faoliyati xarakat texnikasini tez egallaydi.
Maolumki, chaqqon, kuchli, chidamli, tezkor va egiluvchan kishi yangi xarakat malakasini egallashda qiyinchilikka nisbatan kam uchraydi. Amalda solom bo‘lsada, xarakat zaxirasi kam bo‘lsa, u kishi lozim bo‘lgan xarakat texnikasini sekin o‘zlashtiradi.
Gimnastika mashqlari xayotiymi? Albatta! Oddiy misol: ish boshlanishidan oldingi bajariladigan gimnastika toli-qishning, charchashning oldini oladi, organizmning yuqori ish qobiliyatini taominlaydi.
Suzish, muvozanat saqlash apparati (miyacha) funksiyasini yaxshilaydigan eng yaxshi vosita deb isbotlangan. Gimnastika jixozi - “Kon” dagi xilma-xil mashqlar vaznsizlik sharoitida, parashyut bilan sakrash, suvosti ishlariga oson moslashtiradi.
Tashqi ko‘rinishidan bu mashqlar xayotiy-amaliy emasdek tuyulsada, aslida... Yana misol, maolumki, samolet va kosmik kemaning uchish tezligi juda yuqoridir. Ularning boshqa-ruvchilari organizmida kutilmaganda xilma-xil o‘zgarishlar ro‘y beradi - maolum vaqt ichida miyaga birdaniga qon bormay qoladi yoki oz boradi. Sababi, bosimning yuqori yoki kamligi, tezlikning o‘ta yuqoriligidir. Bu taosirdan tez qutilishni esa yaxshi rivojlangan tana muskullarigina uddalaydi. Tana muskullari esa jismoniy mashqlar bilan shuullanish orqali rivojlantiriladi. Demak, jismoniy tarbiya xayotiy va zaruriy. Shuning uchun jismoniy tarbiya mutaxassisi jismoniy tarbiya jarayonida mexnat va xarbiy amaliyotning xayotiy-amaliy mashq-laridan mukammal foydalanishni o‘z faoliyatining prinsipiga aylantirish shart. Vaznsizlik gavdani boshqarishni talab qiladi. Batuta, Loping va boshqalardagi mashqlar kosmonavtlar trenirovka mashulotlarining asosini tashkil qiladi.
Ulu Vatan urushi va xozirgi zamon xarbiy o‘quv mashu-lotlari tajribasi, maksimal avtomatlashgan xarbiy texnika, tez manyovr qilish uchun soldat va ofitserda yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lish talabini ilgari surmokda. Bunga esa xarbiy xayotda jismoniy mashqlar bilan sistemali shuullanish, mashq qilish orqaligina erishish mumkinligiga amalda guvoxmiz.
Yuqori darajada uyushtirilgan ishlab chiqarish mexnati fabrika ishchisidan bir tomonlama rivojlanishni emas, undan universallikni talab qiladi. U o‘z navbatida yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik sifatlari yoki ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishlikni taqazo etadi.
Shuning uchun xam mexnatni uyushtirishning yuqori dara-jasi takomillashgan mexnat ishlab chiqarishi «xar tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasi» muammosini paydo bo‘lishiga olib kelishi tabiiydir.



    1. Download 3.22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling