Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
BOB. JISMONIY TARBIYa NAZARIYaSINING ILMIY TADQIQOT USULIYaTLARI
Download 3.22 Mb.
|
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy tadqiqotda nazariy taxlil va umumlashtirish usuliyati
BOB. JISMONIY TARBIYa NAZARIYaSINING ILMIY TADQIQOT USULIYaTLARIBarcha ilmiy fanlar kabi jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy izlanish uslublaridan foydalanadi. Xozirgi kunda ilmiy tekshirish uslublarining turlicha xillari bo‘lib, qo‘shma fanlarning tadqiqot uslublaridan, ayniqsa, fiziologiya, antropologiya, bioximiya, psixologiya va ijtimoiy-tarixiy izlanish uslublariga ko‘proq extiyoj sezilayotganligi axamiyatga molik. Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy ilmiy tadqiqot uslubiyatlari - nazariy taxlil va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, eksperiment (tajriba) va matematik xisoblashdan iboratdir. Ilmiy tadqiqotda nazariy taxlil va umumlashtirish usuliyatiMaolumki, nazariy taxlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini to‘la taxlil qilish va umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini to‘liq o‘rganib chiqish juda qiyin. U xar 4-5 yilda yana shunchadanga ko‘payadi. Bundan tashqari ilmiy jurnallardagi tadqiqotlar xaqidagi maqolalar bir necha marotaba ko‘paymoqda. Bunda yordamchi ilmiy predmet - “bibliografiya” fani tadqiqotchining ishini yengillashtiradi. U nashr qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ro‘yxatini tuzib chiqadi. Retrospektiv uslub orqali sistemaga solish maolum davr ichidagi mavjud adabiyotlarning ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha yangiliklarga qisqa izox beradi. Bundan tashqari, tadqiqotchi “bibliografik tavsifno-ma”dan xam foydalaniladi. Tavsifnoma yangi chiqqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida (ilmiy ish natijasini qisqartirgan xolda) tayyorlaydi, unga izox beradi. Bibliografik izlanish esa tadqiqotchining adabiyotlar ustidagi birlamchi ishi bo‘lib, tadqiqotchi izlanishi orqali topilgan qarama-qarshiliklar ustida nazariy baxs yuritadi, ularni bir-biri bilan taqqoslaydi. Nazariy taxlil va umumlashtirishning yana bir usuliyati xujjat materiallari ustida ishlashdir. Jismoniy tarbiyaning ko‘p tomoni amaliy mashulotlar uchun tuzilgan rejalar, kundaliklar, konspektlar, xisobotlar va shunga o‘xshashlarda ifodalanadi. Ular albatta amaliyotni nazarda tutgan xolda tuzilgan bo‘ladi. Ularni ilmiy jixatdan chuqur o‘rganish kutilmagan natijalarni berishi mumkin. Masalan, jaxonning kuchli sportchilarini tayyorlash va ularning shuullanish rejalarini solishtirish, malakali sportchilarning kundalik-lari, xaftalik, oylik, yillik jismoniy yuklarning xajmi, miqdori, bajarish intensivligi va boshqalar tadqiqotchiga manba bo‘lishi mumkin. Ilmiy tadqiqot uchun musobaqa materiallari, ko‘p yillik trenirovkalarning natijalarini o‘rganish xam tadqiqot oboekti bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy maqsadda tuzilgan turli xil anketalar xam xujjat materiallari bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tuzilgan savollarga “xa” va “yo‘q” deb javob berish xam ko‘p xulosalarga olib keladi. Download 3.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling