Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
BOB. JISMONIY TARBIYa TIZIMI
Download 3.22 Mb.
|
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х
BOB. JISMONIY TARBIYa TIZIMIJismoniy tarbiya aniq bir tizimga tayansagina, oldindan ko‘zlangan natijaga erishiladi. Jismoniy tarbiya tizimi deganda, jismoniy tarbiyaning prinsiplari, vositalari, metodlari va uni tashkillash shakllarining shunday umumiyligi tushuniladiki, u jamiyat aozosini manan boy va xar tomonlama garmonik rivojlan- tirishning maqsad va vazifalariga mos bo‘lsin (A.D. Novikov 1967). Vatanimiz mudofaasi masalasi xam jamiyatimizda yo‘lga qo‘yilgan jismoniy tarbiya jarayoniga qator talablar qo‘yadiki, bu talabalarni amalga oshirish natijasida jismoniy tarbiya tizimining oboektiv xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Mamlaka-timiz xalqlarining xar tomonlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlanganligi Âàòàí mudo-faasiga tayyorgarligining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, Ùçáåêèñòîída jismoniy tarbiyaning maqsadi Ùçáåêèñòîí xalqini jismonan kamolotga erishgan, xuquqiy davlatning aktiv quruvchilari, ijodiy mexnatga va Âàòàí mudofaasiga tayyor qilib arbiyalashdir. Bu maqsad mamlakatda jismoniy tarbiyani amalga oshirayotgan barcha tashkilot va muassasalar uchun umumiydir. Jismoniy-madaniy, maonaviy va ommaviy-teatrlashti-rilgan tomoshalarni bir-biri bilan muvofiqlashtirishdan namoyishlar va namoyishkorona chiqishlar vujudga keladi. Ularning tarbiyaviy axamiyati bepoyondir. Jismoniy madaniyatni klassifikatsiyalash katta axamiyaga egadir. U jamiyatda jismoniy madaniyatdan maqsadga muvofiq foydalanishni, uning qaysi yo‘ldan ketayotganligi, yo‘nali-shini, fizkulptura amaliyoti, vazifalarini xal qilish uchun tavsiya etilgan uning xilma-xil turlari imkoniyatlarini anglashga yordam beradi. Agarda maktabda jismoniy bilim (maolumot), umumiy jismoniy tayyorgarlik berish vazifalari xal qilinsa, uning xayoti davomida foydalanadigan jismoniy madaniyatning bazasi yaratiladi. Madaniyatning boshqa barcha turlari qayd qilingan vazifalarni yechishi mumkin bo‘lsa-da, inson jismi madaniyati uchun o‘rnini almashtira olmaydi. Jamiyatda jismoniy madaniyatning rivojlanganlik dara-jasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baxolanadi: jamiyat aozolarining kundalik turmushga jismoniy madaniyatning singdirilganligi darajasi bilan; jamiyat aozolarining salomatligi va jismoniy tayyor-garligi bilan; jismi madaniyatining mashulotlarining moddiy-texnik taominlanganligi va ularni sifati bilan; jismoniy madaniyatga raxbarlik qilayotgan xodimlar-ning doimiy tarkibi (shtati), kvalifikatsiyasi va faolligi va iqtidori bilan; -jamiyat aozolarining sportdagi natijalari bilan baxo-lanadi. Mamlakatimiz mustaqilligi, jamiyatimizdagi kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy isloxotlar yurtimiz farzandlarining jisman kamolotga erishgan bo‘lishi kerakligi talabini qo‘ymoqda. Xar bir millat, elat o‘zining paxlavonlari, jismo-nan barkamol o‘lonlari bilan faxrlanishgan. O‘z farzand-larini xalq ozaki ijodidagi Alpomish, Rustam, Go‘ro‘li, Barchinoy kabi jisman va manan shakllangan bo‘lishlarini orzu qilganlar. Jisman barkamollik – tarixan o‘zgarib turadigan xar qanday tarixiy davr uchun o‘zining ideal tasnifiga ega bo‘lgan tushuncha tarzida turlicha talqin qilingan, chunki bu idealda axolining iqtisodiy sharoiti, ijtimoiy xayoti dunyo qarashi ifodalangan. Lekin asrlar davomida jismoniy barkamol avlod tarbiyasi mavjud jamiyatda oboektiv imkoniyatlar va sharoitni yuzaga kelmaganligi sababli, abstrakt oyaligicha qolib real xaqiqatga aylanmay qolgan. Jismonan barkamollik salomatlikning meoyori va xar tomonlama jismoniy tayyorgarlikni darajasi xaqidagi tarixan shakllangan tasavvur, ular mexnat, jamoatchilik, xarbiy va odamlarning ijodkorlik faoliyatlarini uzoq davom etishi talablariga nisbatan optimal javob beradi. Jismoniy kamolot shaxsni garmonik rivojlantirishda aniq maono va ijtimoiy moxiyat kasb etadi. Faqat jisman kamolotga erishish uchun bajarilgan faoliyat pedagogik jarayon davomida bir tomonlamalikga olib kelishi amaliyotda isbot-langan. Faqat jismoniy mashq bilan shuullanish, jismonan kamolot sari yo‘l olsada, bir tomonlamalikga yetaklaydi, uni garmonik tarbiya elementlari – maonaviy, maorifiy axloqiy, ruxiy, estetik mexnat tarbiyasini olishdan uzoqlashtiradi. Download 3.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling