Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
Download 3.22 Mb.
|
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х
Xarakatlarning tavsifi. Jismoniy madaniyat o‘qituvchi-lari, mutaxassis trenerlar, fizkulptura faollarigina emas, balki mavjud jamiyat aozolaring barchasi o‘z xarakati va xarakat faoliyatlarini taxlil qilibgina qolmay, kasbdoshi, tengdoshi, farzandi va boshqalarning xarakatlarini xam taxlil eta olishi malakasiga ega bo‘lishi zarur.
Xarakatlar tananing fazodagi (bo‘shliqdagi) xolatiga qarab; xarakat traektoriyasi (yo‘liga); xarakatning yo‘nalishiga; xarakat amplitudasi (oishi)ga qarab; bajarish uchun sarflangan vaqti; xarakatni tezligi; xarakatni davomiyligi (uzunliligi); tempi, ritmi, kuchiga qarab tavsiflanadi. Yuqorida qayd qilingan xarakat xolatlarini taxlil qila olsakgina xarakatlarni tavsiflay olishimiz mumkin. Amaliyotda tananing fazodagi xolatini, xarakatning troektoriyasi (yo‘li)ga qarab tavsiflaymiz. Tananing xolati (pozasi) – bo‘inlar, tananing qismlari (bo‘laklari) ning xarakati fazoda xarakatning maolum element-larini yuzaga keltiradi. Gavda qismlarini fazoda enkaygan, bukraygan, tanani ayrim aozolarini yiishtirilganligi, xarakatlar davomida bu pozalar va turishlarni uzluksiz o‘zgarib turishi va x.k.lar o‘z navbatida jismoniy yukning xajmini ortishiga olib keladi. Tananing vertikal xolati – osilish va tayanishlar, gorizontal xolatlar, gorizontal muvozanat saqlashlar, aralash osilishlar, tayanishlar va x.k.lar. Tanani engashtirilgan, buklangan xolatlari: tayanib yetishlar, enkaygan xolda oyoqlar bilan oldinga, orqaga, yon tomonlarga «katta qadamlar». Tananing ayrim bo‘inlari xarakatlari – inson jismi-ning ajratib olingan qismidagi ikki biologik zvenoni fazoda turish joyini o‘zgarishi bo‘lib, bukish va to‘rilashdek sodda xarakat vazifalarini xal qilishga yo‘nalish berishi mumkin. Individ xarakat faoliyatida uning jismi bo‘inlaridagi xarkatlar bir vaqtning o‘zidagi, ketma-ket, qator, oxista bajariladigan navbatma-navbat, yoki davomiyligi qisqa, uzun bo‘lgan xarakatlarga birlashishi mumkin. Shuni xisobiga xarakatlarni eng soddasidan eng qiyinigacha bo‘lgan xarakat vazifalarni xal qilish imkoni yaratiladi. Xarakat koordinatlari – to‘ri chiziq va burchak o‘lchovlarida aniqlanadigan tananing boshqa qismiga nisbatan fazoviy chegarasi, xisoblash boshlangungacha gavdaning yoki uning bo‘laklarini nisbatan qaerdaligi (start chizii, gimnastika jixozi, uni o‘qi va boshqalar)ga nisbatan aniqlanadi. Tananing xolatlari ichida mashqni bajarishni boshlashdan oldingi xolat - «dastlabki xolati» deb ataladigan qismi, mashq texnikasini o‘zlashtirish yoki bajarishda muxim axamiyat kasb etadi. Oldiniga u anatomo-fiziologik vazifani xal etishi eotiborga olinsa, boshqa tomondan, shu xarakatni bajarilishiga ijobiy yordam beradi. Dastlabki xolat xarakatni bajarishni boshlash uchun eng optimal xolat bo‘lib xarakat boshlangandan keyin bajariladigan xarakatlarning ketma-ketliligiga qulay-lik yaratadi. Sprinter uchun «past start», darvozabon uchun «to‘pni kutish xolati» va x.k.lar. Bu xolatlarni akademik Uxtomskiy optimal xolat deb atadi. Ko‘rinishidan dastlabki xolat osoyishta bo‘lsa xam aslida organizm energiya sarflash bilan qator muskullar guruxi muskul ishi bajarishga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan, nafas olish, nerv, yurak-tomir tizimi, modda almashinuvidek keng fiziologik jarayon avjida bo‘ladi. Dastlabki xolatni jismoniy mashq bajarishdagina axamiyati katta bo‘lmay mashq davomida tanani qanday xolda (xolatda-pozada) turishi xam muxim axamiyatga egadir. Sprinter, stayer, marafonchi, chanida, konpkida yuguruvchilarning gavdalarini vertikalligini maolum gradusga oshgan xolda ushlashi mashqni samaradorligiga maolum darajada (uzunlikka, balandlikka, sakrovchining depsinishdan keyingi xolati) ijobiy yoki salbiy taosir etadi. Ayrim sport turlarida va jismoniy mashqlarda tananing umumiy xolati bilan uning ayrim qismlari (bo‘laklari)ning xolati biomexanik maqsadga yo‘naltirilgan bo‘libgina qolmay (konpkida figurali uchuvchilar, gimnastlar, akrobatlar, suvga sakrovchilar va badiiy gimnastikalar) xarakatlarni kuzatayot-ganlarda yoki uni bajaruvchilarda estetik xis tuyuni shakl-lantiradi va ularga zavq beradi. Xarakatlarning ravonligi, ketma-ketligi, erkinligi, qiyinchiliksiz bajarish inson jismining qanday xolatdaligiga boliqligi jismoniy mashq-lar texnikasini egallashda, xarakatni o‘rgatish jarayonida, xatolarni aniqlash va ularni tuzatishda muxim rolp o‘ynaydi. Download 3.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling