Jismoniy mashqlarni xarakat sifatlarini rivojlantirishiga qarab klassifikatsiyalash
Xozirgi kunda jismoniy mashqlar xarakat faoliyatdagi xususiy belgilarga qarab, yaoni jismoniy sifatlarni – kuchni, tezlikni, chidamlilikni, chaqqonlikni, bo‘inlar xarakatchanli-gini va muskullar egiluvchanligini namoyon qilishiga qarab yangi pedagogik turkumini amaliyotda shakllantirib guruxlarga ajrata boshladilar.
Bu turkumdagi mashqlar jismoniy sifatlarni aloxida ajratib olib tarbiyalash yoki jismoniy tayyorgarlikdagi nuqsonlarni aloxida ajratib olib rivojlantirish uchun qo‘laydir. Boshqa tomondan esa, u yoki bu jismoniy mashqni bajarish uchun qanday sifatlar lozimligini oldindan bilish (kuch, tezlik talab qiladigan va boshqa sifatlarni tanlash) imkonini beradi.
Jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismo-niy sifatlarni tarbiyalashiga ko‘ra bilim (maolumot) berish
vazifalarini xal etish uchun bajariladigan jismoniy mashqlar turkumi shakllandi:
- asosiy (yoki musobaqa), yaoni o‘quv dasturlari asosida o‘rganilishi lozim bo‘lgan faoliyatlar.
- yo‘llanma beruvchi mashqlar – yaoni nerv muskul zo‘ri-qishi, tashqi tomondan o‘xshashligi, xarakat tarkibidagi ayrim elementlarning yaqinligi bilan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan xarakatlarni o‘zlashtirilishini osonlashtiruvchi jismoniy mashqlardir.
Bu turkumdagi mashqlarning xarakterli tomoni shundaki, xarakat malakasini rivojlantirish va jismoniy sifatlarni takomillashtirish sunoiy ravishda ajratiladi. Aslida bu jarayon bir-birini taqazo etadi va o‘zaro uzviy boliq. Bular taolimning xar qaysi etapi uchun yetakchi vazifani xal etishga yordam beradigan mashqlarni tanlash uchun imkoniyat beradi.
Jismoniy mashqlarni aloxida muskul guruxlarini rivojlantirishga qarab klassifikatsiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |