Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi


Download 3.22 Mb.
bet27/177
Sana17.06.2023
Hajmi3.22 Mb.
#1539971
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   177
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

Jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi


Jismoniy mashqlarni klassifikatsiya qilish uni turkumlash, xillash demakdir. Jismoniy tarbiya tizimlarining tarixiy taxlili shuni ko‘rsatadiki, jamiyatning rivojlanish bosqichlarida jismoniy mashqlar tanlash va turkumlashda o‘sha jamiyat uchun progressiv va tarbiya vazifasini bajarishga mos keladiganlarigagina eotibor berilgan.
Tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida tarbiyaning maqsad va vazifasi o‘zgarib turgan, demak, jismoniy tarbiya tizimi xam o‘zgargan, bu esa uning omillarining xam o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.
Gretsiyada tarixiy besh kurash – pentatlon, Guts-Mutsning tabiiy xarakatlari, Pestalotssi va Shpisning XVIII asr uchun tanlangan «elementar xarakatlari» va boshqalar. Demak, davr o‘zgarishi bilan jismoniy tarbiya tizimi, uning vazifalari va vositalari o‘zgardi.
Shvedlarni pedagogik gimnastikasida jismoniy mashqlar anatomik xususiyatga qarab klassifikatsiya kilindi, chunki ular tizimining asosiy maqsadi tana tuzilishining ko‘rinishi yaxshilash edi. Bu esa jismoniy tarbiya tizimining yo‘nalishini torroq bo‘lishiga olib keldi.
Chexlarning «Sokol gimnastikasi» jismoniy mashqlar-ning tashqi formasiga qarab sport jixozida bajariladigan, sport jixozisiz bajaraladigan mashqlar guruxlari deb turkum-lanadi. Buning ijobiy tomoni shundaki, paydo bo‘lgan yangi jismoniy mashqlar bu turkumlarning birida o‘z o‘rnini topar edi. Fransuzlarning Eber sistemasida jismoniy mashqlar qisqa utilitar mazmuniga qarab: yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, oirlik ko‘tarish mashqlari, uloqtirish, suzish, xujum va ximoya qilish mashqlari deb turkumlandi.
Avstriya pedagoglari klassifikatsiyasi xam keng kamrovli emas edi.
Jismoniy mashqlarning original klassifikatsiyasini rus anatomi, vrachi, pedagogi P.F.Lesgaft ishlab chiqib, maktab yoshidagilarda jismoniy tarbiyani amalga oshirish uchun mo‘ljal-ladi va quyidagicha asosiy guruxlarga bo‘ldi:

  1. Sodda mashqlar. 2. Murakkab mashqlar yoki yuklamaning ortishi bilan bajari-ladigan mashqlar. 3. Fazodagi xolatiga yoki muskul ishining bajarilish vaqtiga ko‘ra bajariladigan mashqlar. 4. Texnik jixatdan qiyin, tizimli ravishda bajariladigan mashqlar. Mashqlarning turkumlanishi ko‘rsatib turibdiki, P.F. Lesgaft klassifikatsiyasi didaktik prinsiplarga yo‘naltirilgan. Lekin bu xam jismoniy tarbiya tarixiy omillarini to‘laqonli o‘z tarkibiga sidira olmagan. Xozirgacha to‘liq ilmiy asoslangan jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi mavjud emas. Sobiq sovet jismoniy tarbiya tizimi xam bu vazifani uddalamadi.




      1. Download 3.22 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling