Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Download 3.22 Mb.
bet24/177
Sana17.06.2023
Hajmi3.22 Mb.
#1539971
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   177
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

Xarakatning yo‘li (traektoriyasi) jismoniy mashq texnikasini o‘zlashtirishda, uni namoyish qilishda muxim axamiyatga ega. Mashqni bajarishda tana xarakati yo‘lining qanday shakldaligi, yo‘nalishi va xarakatning amplitudasi qandayligini aniqlay olsak, ajratsakgina gavdaning (yoki uning qismlari) xarakatini aniqlaymiz. Inson organzmining
anatomiyasini turlicha ekani bir xil xarakatni bajarishda xar bir individ uchun turlicha xarakat yo‘lini tanlashni taqazo qiladi.
Xarkatning shakliga qarab ularning to‘ri chiziq bo‘ylab bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, individning xarakati xech qachon to‘ri chiziq bo‘ylab emas, balki oddiy xarakatlar xam qator muskullar guruxini turlicha aylanma xarakatlardan iborat. Ularni organizmining energiya sarflashi uchun samarali tomoni katta bo‘lib, tananing maolum bo‘laklar-dagi xarakatlar orqali katta kuch sarflash lozim bo‘lgan xarakatlarni bajara olish imkonining yaratilishidir. Masa-lan, bokschi zarbasi uchun yelka muskullarining maolum qismigina turlicha xarakat qilsagina bas, lozim bo‘lgan maqsad amalga oshadi.
Xarakatning yo‘nalishi – mashqning effektivligi shunda ortadiki, bajarilishi lozim bo‘lgan xarakat uchun kerak bo‘lgan muskullar mashqning texnikasini aniq, ravon bajaradi qo‘llarni tirsakdan ko‘krak oldida kaftlarni pastga qilib bukgan xolda «rivok»larning bajarilishi ko‘krak muskullarini taranglatadi va bo‘shatadi. Agar shu xarakatni tirsakni bir oz pastga tushirgan xolda bajarsak, mashq o‘z axamiyatini yo‘qotadi. Basketbol to‘pini savatga tushirish uchun to‘pning yo‘nalishini olti gradusdan to‘rt gradusgacha o‘zgartirish to‘pni savatga tushishi imkoniyatini yo‘qga chiqarishi mumkin.
Amaliyotda xarakatning yo‘nalishi tananing satxiga yoki biror mo‘ljaliga qarab belgilanadi. Qo‘lni oldinga ko‘tarishda biz gavdaga nisbatan uni xolatiga qarab xarakat yo‘nalishini belgilaymiz. Yadroni maolum balandlikga o‘rnatilgan «planka» ustidan oshirib iritishda bizga mo‘ljal bo‘lib planka xizmat qiladi.
Inson tanasi pastga-yuqoriga, oldinga-orqaga, o‘nga-chapga, tomon yo‘nalishda xarakat qiladi.
Xarakatni aplitudasi – xarakatning oishidir. Fizikada amplituda deb mayatnikning tinch xolatiga nisbatan o‘ng va chapga oishi (graduslari) tushuniladi. Bizda esa tananing ayrim qismlarining oish xarakati tushuniladi. To‘ri yo‘nalishdagi xarakatning amplitudasi qadamning uzunligi (75sm) yoki shartli belgisiga qarab, yarim, to‘la o‘tirish va boshqalar orqali aniqlanadi. Odam tanasining ayrim qismlarning amplitudasi o‘sha tananing bo‘inlari elastikligiga boliq bo‘ladi.
Xarakatlar aktiv va passiv muskul qiskarishida ro‘y beradi. Sport trenirovkasida, turmush sharoitida bo‘ladigan ishlar xarakatning amplitudasiga boliq. Katta qo‘zalish uchun moslashtirilmagan muskulni katta amplitudada xarakat qilishga majbur qilish shikastlanishga olib keladi. Agarda xarakatning amplitudasi qo‘yilgan vazifa talablariga javob bermasa, u xarakatlar aniq xarakatlar sifatida namoyon bo‘la olmaydi. Xarakatlar ajralish vaqtlariga ko‘ra xam tavsiflanadi.
Xarakatning tezligi deb inson jismini yoki uni ayrim bo‘lagini maolum vaqt birligi ichida fazoda o‘rin almashishi tushuniladi. Boshqachasiga tezlik yo‘l uzunligini tananing yoki uni maolum qismini shu yo‘lni bosib o‘tish uchun sarflangan vaqtga nisbati bilan o‘lchanadi. Tezlikni aniqlashda metr sekunddan foydalaniladi. Yo‘lning xamma nuqtalarida xarakat tezligi bir xil bo‘lsa, bu xarakat maromli tekis xarakat yoki yo‘lning ayrim nuqtalarida tezlik xar-xil bo‘lsa, bu xarakat maromsiz notekis xarakat deb tushuniladi. Qisqa vaqt davomida tezlikni oshirilishi tezlanish deb ataladi.
Xarakat ijobiy va salbiy xam bo‘lishi mumkin. Xarkat yuqori tezlikda boshlanib, maromi tezlashib va sekinlashib tursa, bu kabi xarakat keskin xarakat deb nomlanadi. Odamda doimiy tezlik va tezlanish bilan bajariladigan xarakatlar onda-sonda uchraydi. Bundan tashqari, texnikasi to‘ri bajaril-gan jismoniy mashqlarda birdaniga tez yoki sakrashlar bilan bajariladigan mashqlar bo‘lmaydi. Noto‘ri bajarilgan mashq-lar tezligi tez sakrashlar orqali bajariladi.
Ayrim xollarda xarakatning tezligi deganda, tananing xarakat tezligi tushunilmay, uning ayrim bo‘laklari (qismlari) tezligi xam tushuniladi. Yuqoridagilar, bo‘inlarning uzunkaltaligi, tashqi muxit taosiri, qarshiligi, xarakat qobiliyat-larining turli-tumanligidek boshqa faktorlarga xam boliq bo‘lib tezlikni namoyon qilishda yetakchi o‘rinni egallaydi. Sportchida xarakat tezligi asosiy sifatlardan biridir. Tezlikni yuqori bo‘lishi yuqori ko‘rsatkich omilidir. Tezlik namoyon qilishdan ko‘ra uni ushlay olish (musobaqa, mashq bajarish davomida) muxim rolp o‘ynaydi. Tezlikni oldindan rejalashtirilgan jadval bo‘yicha ushlay olish muntazam mashulotlar orqali erishiladi.
Xarakatni davomiyligi. Xarakatni uzoq davom etishida asosiy rolni tananing qismlari egallaydi. Mashqni baja- rilish muddatini o‘zgartirib, yaoni bajarilish vaqtini ozayti-rib yoki ko‘paytirib, darsning umumiy nagruzkasiga taosir etish mumkin. Jismoniy mashqlar texnikasida xarakatni ayrim zvenolarini uzunligi (uloqtirish uchun yugurish, suzishda quloch otish, chanida siranish va x.k.) katta axamiyatga ega bo‘lib, bajarilayotgan ish yoki uni muddati xaqida axborotlar berib turiladi.
Xarakatning tempi deganda xarakat siklining qaytari-lish chastotasi yoki maolum vaqt birligi ichida bajarilgan xarakat tushuniladi. Yurish tempi minutiga 120-140 qadamdan, eshkakni suvga botirish tezligi 30-40 marotaba bo‘ladi. Temp bilan tezlikni farqlashimiz lozim. Masalan, qo‘lni bir tempda turli balandlikka ko‘tarish va tushurish xarakatini takrorlash mumkin, lekin bunda qo‘l xarakati tezligi turlicha-dir. Yugurish qadamlarining uzunligi bir xil bo‘lmasada, qadam chastotasi bir maromda bo‘lsa yugurish tezligi xam turli xilda bo‘ladi.

Download 3.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling