Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
Download 3.22 Mb.
|
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xarakat malakasi
- Malakaning fiziologik mexanizmi .
- Xarakat
Xarakat malakasi yuqori turunlikka ega. Bu shuni ko‘rsatadiki, boshqa sharoitda xarakat faoliyati bajarilishi-ning buzulishiga oz imkoniyat bo‘ladi (masalan: boshqa sport zal, boshqa jixozlar va xokazolar), o‘quvchilarga odatlanmagan kuza-tuvlarning taosiri (tomashabinlar).
Xarakat malakasi uchun xarakatlardagi maolum tizim-ning mavjudligi va o‘ziga xosligi. Bu aloxida ajratilgan xarakatlarning bir butun xarakat faoliyatiga ortiqcha xarakat-lar ushlanishini yo‘qotish bilan birlashtirishda ifodalanadi. Xarakatlarning aniqligi ortadi, ularning ritmi takomilla-shadi, bir butun faoliyat ko‘rsatishning vaqti qisqaradi. Xarakat malakasi shakllanishi analizatorlar funksiya-sini qayta taqsimlash bilan kuzatiladi. Xarakat analizatori-ning roli ortadi, xarakat nazoratida muskul xissiyoti yetakchi axamiyat kasb etadi. Suzuvchining suvni, futbolchining to‘pni xis qilishi va boshqalar. Malakaning fiziologik mexanizmi. I.M. Sechenov va I.P. Pavlovlarning ilmiy tadqiqotlari orqali erkin xarakat- larni shakllanishining fiziologik mexanizmlari asoslangan. Xarakat aktini muskullar bilan bajarishni boshqarish vaqtli aloqalarni vujudga kelishi ekanligidir. Ularning asosida birinchi tartibdagi shartli reflekslarning, oliy tartibdagi, manipulyasiyali reflekslar va boshqalarning vujudga kelishi yotadi. Oxirgi reflekslarning axamiyatiga katta eotibor beri-ladi, chunki ular meros bo‘lib nasldan-naslga o‘tmagan javob reaksiyalari bilan boliq. Xarakat malakasining shakllanishi jarayoni shartli ravishda uch fiziologik fazaga bo‘linadi, bunda gap xarakat faoliyatini qaytarish bilan aynan boliq bo‘lgan fiziologik fazalar ustida boradi xolos. faza shartli reflektor aloqalari markaziy nerv tizimi qo‘zalish jarayonining keng irradiatsiyasi bilan xarakterla-nadi. Tashqaridan bu xarakat faoliyatining tashqi ko‘rinishi (suratining) yaratilishi bilan ifodalanib aniq bo‘lmagan va ko‘pincha keragi yo‘q xarakatlar xam qo‘shilib bajarilishi orqali boradi. II-faza shu bilan farqlanadiki, qo‘zalishning ortiqcha-liligi tormozlanish jarayoni rivojlanishi bilan chegaralanib, markaziy nerv faoliyatlarining vaqt va fazoda aniqligiga erishish bilan kuzatiladi. Bunga xarakat faoliyatini nisbatan to‘riroq bajarish, ortiqcha xarakatlarni yo‘qotish muvofiq keladi. Ammo qo‘zalish va tormozlanish jarayonining o‘zaro takomillashmagan xoldagi o‘rin almashishlarining xali yetarli darajada emasligi xarakatlarda ortiqcha zo‘riqish, muskullar tarangligini oshirib yuborish bilan kuzatiladi. III-faza xarakatning dinamik steriotipi shakllanishi-ning tugallanishi bilan xarakterlanadi. Bu xarakatlarni nis-batan takomillashgan darajada bajarilishiga imkon beradi. Malaka yuqorida aytilgan barcha belgilariga ega bo‘lib boradi. Malakaning stabillashuvi va plastikligi.Xarakat malakasi shakllanib bo‘lgandan so‘ng uning rivojlanishi davom etadi. Agar ratsional takrorlash davom ettirilsa, unda malakaning yana xam takomillashuvi sodir bo‘ladi, uni stabillashuvi davom etadi. Malakani nisbatan moslashuvchanroq qilish uchun urinish davom etadi va afzal malaka deb qaraladigan turunroq, yuqori tempiratura, shovqin va xokazolarning taosiriga yetarli darajada moslashuvchan, kerak bo‘lsa, o‘zgaruvchan sharoitda qayta shakillantirish mumkin bo‘lgan malakani yaratish imkoni yuzaga keladi. Download 3.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling