Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


O‘quvchi faoliyatini yakkama-yakka tashkillash


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/23
Sana04.12.2020
Hajmi0.89 Mb.
#159153
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х


4. O‘quvchi faoliyatini yakkama-yakka tashkillash uslubiyati-dan asosan o‘quv yilining, o‘quv choragining, 
Davlat standarti dasturidagi bo‘limlarning o‘qitib bo‘lingan mavzularini takrorlash darslarida foydalaniladi. 
O‘quvchilar faoliyatini yakkama-yakka tashkillash o‘quvchilardan texnik jixatdan maolum nazariy va amaliy 
bilimlarga ega bo‘lishni, o‘z-o‘zini va guruxdoshini xavfisizligini taominlay bilish, mashqni ko‘r-sata olish va eng 
asosiysi o‘zlashtirilayotgan, tanishtirilayotgan, mustaxkalanayotgan va takomillashtirilayotgan o‘quv materiali, 
o‘quvchilar uchun oldindan o‘rgatilgan mashq texnikasi tanish material bo‘lishi shart. Qolaversa ayrim darslarda xar 
bir o‘quvchi uchun o‘quv yilida o‘zlashtirib ulgurmagan mavzular yoki mashqlaridan vazifalar beriladi. Bu 
usuliyatdan asosan o‘rta va katta maktab yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan darslarda foydalanish tavsiya qilinadi. 
5. O‘quvchi faoliyatini aylanib yurib mashq bajarish usuliyati orqali tashkillash asosan yuqori sinf 
o‘quvchilari bilan, rejalashtirilgan o‘quv materiali o‘rganib ulgurganidan so‘ng, mashqdan-mashqga o‘tish, 
o‘qituvchining buyrui (signali), signalisiz mashqni bajargandan so‘ng o‘rin almashtirish maqsa-dida boshqa jixozga 
o‘tish tarzida tashkillanadi. Bu usu-liyatning samaraliligi shundaki, vaqt tejaladi, o‘quvchilarning barchasi 
birvarakayiga band bo‘ladi, ularda mustaqil shuul-lanishga extiyoj va instruktorlik malakalari shakllanadi. Bu 
usuliyatning «Kreystring» deb ataladigan to‘rt xil ko‘rinishi mavjud. 
 
13.3.7. Jismoniy tarbiya darsida mustaqil  
malakalarini shakllantirish 
 
 O‘quvchilarni mustaqil ishlashi mashulotlarni tashkil-lashning aloxida shakli sifatida xam, belgilangan 
vazifalarni xal qilish uchun o‘quvchi faoliyatini tashkillash ususliyati tarzida xam ko‘zga ko‘rinishi mumkin. Mustaqil 
ishlashni o‘rgatishning asosiy va xususiy maqsadi mashulotlarda o‘quvchilarni mustaqil shuullantirilishini tarbiyalash. 
O‘quvchining faoliyatidagi mustaqil ishlash malakasining dastlabki belgilari, tashqaridan yordamsiz yoki 
axamiyatsiz darajadagi yordam bilan ishlashi orqali namoyon bo‘ladi. 
O‘quvchining mustaqilligining darajasi uni yoshiga xos anglashi imkoniyatlari va o‘quv materialining 
mazmuniga boliq. 
Kichik maktab yoshidagi bolalarda mustaqillik birinchi navbatda taqlid qilish va uni qaytarish tarzida namoyon 
bo‘ladi. O‘rta va katta maktab yoshida mustaqil ish quyidagicha olib boriladi: 1)bilimning turli xil manbalari – 
jismoniy tarbiyaning darsliklari, o‘quv va ko‘rgazmali qurollaridan foydalanish bilan; 2)amaliy o‘quv materiali
vazifalar ko‘rsa-tilgan o‘quv kartochkalari, buyurtma qilingan mashqlar, o‘rga-nishni nazorati-kartochkalari, dasturni 
o‘rgatuvchi algoritmlar prinsipi asosida tuzilgan vazifalar asosida va boshqalar. 
O‘quvchilarni o‘quv va ko‘rgazmali qurollarni o‘rganish orqali mustaqil ishlari ular tomonidan tekst matnini, 
ko‘rgazmali qurolda ifodalangan mazmunni o‘rgangandan so‘ng o‘qituvchini bilimlar nazorati dasturidagi tanlab 
olingan savollarga va uning turli variantlariga bergan javoblari tarzida namoyon bo‘ladi.  
O‘quv vazifa kartochkasida (oldin o‘zlashtirilgan xarakat faoliyatlarini mustaxkamlash, umumiy jismoniy 
tayyorgarlik uchun), xar bir shuullanuvchini bitta dars (yoki bir necha dars) davomida jismoniy mashqlar sanalgan 
bo‘ladi. Kartochkalar bo‘yicha muvaffaqiyatli ishlash faqat o‘qituvchi bilan o‘quvchi-larni bir-birlarini to‘la 
tushunishlari va yaxshi moddiy texnik bazani mavjud bilishligi orqali amalga oshiriladi xolos. Bu o‘quvchilarga bir-
biriga xalaqit bermay, o‘zini navbatini u yoki bu snaryadda kutmay bajarish imkonini beradi. 
Buyurtma tarzidagi mashqlar – mashq-buyurtmaning maono-si shundan iboratki, shuullanuvchilarga xar 
tomonlamalilik, maolum darajadagi xushyorlik, o‘ziga ishonishdek xislatlarni namoyon qilish talabini qo‘yadigan 
xarakatlar (mashqlar) tavsiya qilinadi. 
Nazorat qilib taolim beradigan  topshiriqlar orqali ko‘rsatma, vazifa berib darsning vazifasini xisobga olish 
bilan o‘quvchilarni mustaqil ijodiy faoliyatga yo‘naltiriladi. Bunday topshiriqlar xar bir sinf, dars, taolim etapi uchun 
ishlab chiqiladi. Jismoniy tarbiya darslarida quyidagi nazo-rat-taolim topshiriqlarining xillari qo‘llaniladi: a)xarakat 
malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha; b)umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni amalga oshirish 
bo‘yicha; v)xarakat faoliyatining tashkillashni ratsional shakllarini anglab olish o‘yinlar va musobaqalarda individual 
va guruxlar bilan bajariladigan mashqlarda taktik usullarni maqsadga muvofiq qo‘llash orqali. 
Topshiriqning birinchi qismi taolim yo‘nalishiga ega (masalan, chigal yozish uchun tavsiya qilingan poyma-
poy, chala mashqlardan ularni ketma-ketligiga rioya qilib kospleks tuzish), ikkinchi qismi-nazorat yo‘nalishi (masalan, 
tuzilgan kompleks bo‘yicha sinf bilan chigal yozish o‘tkazish). 
Algoritm tipidagi taolim programmasi asta-sekinlik bilan qiyinligi oshiriladigan, bir-biri bilan o‘zaro boliq 
komplekslarni va sekin-astalik bilan xarakat malakalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan o‘quv 
vazifalari-ni o‘z ichiga oladi. Kompleks 5-6 seriyadan iborat o‘quv vazifalaridan iborat. Birinchi seriyada 
o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan xarakat faoliyatini egallash uchun o‘quvchilar jismoniy tayyorgarligi darajasini 
oshirishga yo‘naltirilgan mashqlarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi-o‘rganilayotgan xarakat faoliyatidagi dastlabki xolatni 

(yoki asosiy elementni) o‘zlashtirish uchun mashq beriladi. Uchinchi-o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan xarakat-ni 
bajarilishini taominlovchi mashq beriladi va uni yordami bilan faoliyat o‘zlashtiriladi. To‘rtinchi va beshinchi seriya- 
xarakat faoliyati texnikaini ayrim qismlari (elementlari)ni o‘zlashtirilishi bilan boliq mashqlarni, oltinchi seriya-
texnikani takomillashtirishga yo‘naltirilgan mashqlarni o‘z ichiga oladi. 
O‘quvchilarni mustaqil ishga tayyorlashda bajarilishi lozim bo‘lgan mustaqil faoliyatning xajmi, undan kelib 
chiqadigan maqsad nimadan iboratligiga aniqlik kiritiladi, shuningdek, mashq texnikasini bajarish (agar texnika ularga 
tanish bo‘lmasa) yaoni o‘quvchilarni bajarishi lozim bo‘lgan vazifa xaqida to‘liq ko‘rsatmalar, tushuntirishlar qilinishi 
lozim bo‘ladi. 
Jismoniy mashqlarni mustaqil bajarilayotganining asosiy nazrat vositasi, o‘quvchilarni xarakat faoliyati va 
ularning javoblaridir, shuningdek ularning javoblarini to‘-riligi, xatolarining soni va xarakteri xaqidagi o‘qituvchining 
analitik faoliyatidir. 
Darsda o‘quvchilarni mustaqil faoliyati bo‘yicha pedagogik zo‘r berishning mantiqiy yakuni, ularning yutuq va 
kamchi-liklarini aniqlash xaqida o‘tkaziladigan muxokamadir. Unda dars, o‘quvchi, o‘qituvchi faoliyati mukammal 
taxlil qilinadi va o‘quv faoliyatlarining xarakteri va to‘riligiga baxo beriladi. o‘quvchilarning mustaqil ishini 
samaradorligini oshirish uchun o‘quv jarayonining tashqi tomoni bilan birga qatorda ichki tomonining teskari aloqasini 
yo‘lga qo‘yilishi yaoni o‘quvchi-ning o‘zi mustaqil ishi natijalariga ko‘ra olgan, egallagan, o‘zlashtirgan bilimlari 
xaqida maolumotining axamiyati katta. 
Mustaqil ish paytida ichki aloqa va uni teskarisini yuzaga keltirishning imkoniyati o‘z-o‘zini nazorat va o‘zini-
o‘zi tekshirish orqali yo‘lga qo‘yilsa natija kutilgandek bo‘ladi. 
O‘z-o‘zini nazorat qilish malakasini rivojlanganligi darajasining ko‘rsatgichi jismoniy mashqlarni bajarishda va 
pedagog tomonidan qo‘yilgan vazifaning natijasini o‘quvchi tomonidan mustaqil muvofiqlashtira olishi qobiliyati 
orqali namoyon qiladi. O‘quvchining o‘zini, o‘z faoliyati bo‘yicha kamchi-liklari va yutuqlari xamda o‘zining ijobiy 
tomonlari xaqidagi fikrining mavjudli, shular xaqida suxbat, baxs, munozaraga maxtalligini tarbiya jarayonidagi 
moxiyati beqiyosdir.  
O‘z faoliyatiga tuzatishlar kirita olishi, uni to‘ri yoki noto‘riligi xaqida o‘ziga baxo bera olshi jismoniy tarbiya 
darsida yoki jismoniy mashqlar bilan shuullanish mashulot-larida o‘qituvchining o‘z o‘quvchilariga mustaqil ishlash 
malaka-sini berganligidan dalolatdir. Bu malakani berish butun dars davomida emas, uni bir bo‘lagi yoki qismida xam 
davom etti-rilishi tarbiya jarayonining samarasiga tag zamin (poyde-vor)dir.  
Jismoniy tarbiya darsiga quyidagi talabalar qo‘yiladi: 
- jismoniy tarbiya darslari muayyan umumiy va xususiy vazifalarga ega bo‘lishi; umumiy vazifalar barcha dars 
yoki darslar turkumi jarayonida, xususiy vazifalar esa aloxida olingan bir dars mobaynida xal qilinishi; dars usuliy 
tomondan va tarbiyaviy jixatdan to‘ri tashkil qilinishi; oldingi o‘qitilgan materiallarni mashulotlarda izchil davom 
ettirish va ayni paytda ular yaxlit tugallangan, muayyan darajada bo‘lusi darsning vazifasi va mazmuni bilan bola-
nishi; o‘quvchilarning tarkibi, ularning yoshi, jinsi, jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi xar tomonlama jis-
moniy rivojlanish, solikni mustaxkamlash, qaddi qomatni shakllantirishdek tarbiyalash uchun yordam beruvchi 
mashqlar va o‘yinlarni to‘ri tanlash; darsni o‘quvchilar uchun qiziqarliligi ularni xarakat faoliyatga daovat ettishi; 
jismoniy tarbiya darsi o‘quv kuni tarkibidagi boshqa darslar bilan muvofiq, uzviy olib borilishidek talablar jismoniy 
tarbiya darsining asosiy talablaridir. 
 
13.3.8. Jismoniy tarbiya darsining pedagogik  
vazifalariga ko‘ra klassifikatsiyasi 
 
Jismoniy tarbiya darslari uni tashkillash xarakteriga ko‘ra, darsdagi tarbiya yoki taolimning yo‘nalishiga ko‘ra, 
darsga qo‘yilgan pedagogik vazifalariga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. Biz darsning pedagogik vazifalariga ko‘ra 
klassifikatsiyasiga to‘xtalishni lozim topdik. Ular: «Kirish», «Yangi materialni o‘zlashtirish», «Aralash», 
«Mustaxkamlash va takomillashtirish», «Yakuniy darslar» deb xillanadi. 
1. Kirish darslari o‘quv yilining, o‘quv choraklarining birinchi, shuningdek, o‘quv choragi uchun 
rejalashtirilgan dasturning yangi bo‘limi yoki mavzularini boshlanishidagi darslar. Bunday darslar o‘zining mazmuni 
va tuzilishiga ko‘ra, anoanaviy darslardan biroz farqlanadi. Ular maoruza, suxbat, o‘zaro muloqat tarzida tashkillanishi 
mumkin. O‘qituvchi o‘quv-chilarga o‘quv yili, o‘quv choraklari uchun jismoniy tarbiyadan Davlat standarti dasturi 
bo‘limlari bo‘yicha xal qilinadigan umumiy vazifalar, xar bir o‘quvchining individual xususiyat-larini xisobga olgan 
xolda vazifalar va ularning mazmuni bilan o‘quvchilarni tanishtiradi, lozim bo‘lgan talablarni qo‘yadi. Kirish darslari 
yangi o‘quv materialini tanishtirish vazifasini xam xal qilishi mumkin. 
Kirish darslari o‘zini tuzilishiga ko‘ra xillanishidan tashqari quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: 1. 
O‘quvchilar diqqatini yiish. 2. Yil uchun o‘quv ishlarini vazifalari va mazmuni bilan tanishtirish. 3. Sinf fizkulptura 
tashkilot-chisini saylash. 4. Uyga vazifa. 
Kirish darslarining qayd qilingan elementlari turli xil yoshdagi o‘quvchilar bilan turlicha tashkillanadi. 
2. Yangi materialni o‘zlashtirish darslari mazmunan darsning xilini atalishiga mos tushib, faqat dasturning 
yangi mavzularinigia o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi, o‘zidan oldingi turkum darslari nixoyasi bilan bolanadi va 
o‘zining quyidagi asosiy elementlaridan tarkib topadi: 1. O‘quvchilarni diqqatini yiish. 2. Organizmni 

tayyorlash(umumiy chigal yozish). 3. Qoidalar, xarakat texnikasi va taktikasini o‘zlashtirish. 4. Yuklamni ozaytirish. 
5. Darsni yakunlash va uyga vazifa. 
Qayd qilinganlardan tashqari boshqa elementlar xam mavjud lekin ular o‘zlashtirish darslarining tipik 
tuzilishiga aytarli darajada taosir ko‘rsatmaydi. 
Darsning ushbu xilini asosiy xususiyati faqat yangi materialni o‘qitilishida bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilar 
uchun belgilangan talablarni qo‘yadi. Bu talablar darsni amaliy axamiyati, uning xayotiy-zaruriy xarakat malakalari 
bilan boy-ligi va ular bilan boliqligi, o‘quvchilar uchun qiziqarliligi, ularni faolligini oshira olishligi tarzida namoyon 
bo‘ladi. 
3. Aralash darslar  pedagogik vazifasiga ko‘ra dars xillarining boshqa turlaridan farqli o‘laroq jismoniy 
tarbiya o‘qituvchilari tomonidan amalda ko‘proq foydalaniladi. O‘z mazmuniga ko‘ra bu darslar taolim jarayonining 
tanishtirish, o‘zlashtirish, mustaxkamlash va takomillashtirish etaplarining mazmunini o‘z ichiga oladi va xar bir dars 
(yoki mashulot)da xam yangi o‘zlashtirilmagan, yoki oldin o‘zlashtirilgan, mustaxkam-langan, takomillashtirilgan 
materialni o‘qitadi. Bunday darslarda yangi material bilan va o‘rganilganlarni bajarish, takomillashtirish vazifalari 
birga amalga oshiriladi. Dars-ning asosiy qismida mashqlarning bir turiga xos yangi materialni berish va unga o‘qitish 
uchun nisbatan ko‘proq vaqt ajratilishi lozim. 
Aralash darslar o‘zining quyidagi tarkibiy elementla-ridan tashkil topadi: 1. O‘quvchilarning diqqatini 
uyushtirish. 2. Organizmni tayyorlash (umumiy va maxsu chigal yozish). 3. Yangi materialni o‘zlashtirish. 4. 
O‘rganilgan xarakat faoliyatini takrorlash (mustaxkamlash) va takomillashtirish. 5. Yuklamani pasaytirish. 6. Darsni 
yakunlash va uyga vazifa.  
Boshlanich sinflarda darsning elementlarini o‘zaro munosabati o‘rta yoshdagilar, ayniqsa katta maktab 
yoshidagi-lardagiga nisbatan bir maromda. Chunki «diqqatni yiish», «yuklamani pasaytirish», «darsni yakuni va uyga 
vazifa berish» kichik maktab yoshidagilarda ko‘proq vaqtni oladi. Qolaversa bu yoshdagilar safda va boshqa jixozlar 
bilan mashqlarni bajarish uchun ko‘p vaqt sarflaydilar. Shunga ko‘ra darsning bu xilini asosiy qismida ayrim xollarda 
7-10 daqiqa atrofida vaqt sarflanishi mumkin. Beshinchi sinflarga borib dars element-larining munosabati nisbatan 
tenglashadi, 7- va ayniqsa 9-sinflarda dars elementlari uchun ajratilgan vaqtning muno-sabati keskin farqlanadi. Ayrim 
elementlarga juda qisqa vaqt ketsa ayrimlariga esa aytarli ko‘p vaqt sarflanadi. Darsning xiliga qarab bir-biri bilan 
o‘zaro bolangan turli xildagi dars elementlaridan foydalanish mumkin. 
4. Mutaxkamlash va takomillashtirish darslari – kirish, yangi materialni o‘zlashtirish darslaridan so‘ng asosan 
xarakat texnikasining asosi o‘zlashtirib bo‘lingandan so‘ng, o‘rganilgan mashqlarni mukammal bajarish maqsadida 
tashkillanadi. Takomillashtirish darslari o‘z ichiga pedagogik vazifasiga ko‘ra mustaxkamlash va o‘zlashtirilganni 
takomillashtirish dars xillarining mazmunini mujassamlashtiradi. Takomillashti-rish darslarida asosiy eotibor 
mashqlarni bajarish orqali xosil bo‘lgan xarakat malakalarini ko‘nikmaga aylantirish, mashqni bajarish taomilini 
topish, individ uchun xarakat texnikasini moslashtirishni, jismoniy sifatlarni rivojlan-tirishni o‘z oldiga maqsad qilib 
qo‘yadi. Darslarning pedagogik vazifasiga ko‘ra qayd qilingan xili trenirovka mashulotlari tarzida uyushtiriladi. 
Darsning bu xili o‘zida quyidagi tipik elementlarni mujassamlashtirishi mumkin: 1. O‘quvchilar diq-qatini tashkillash. 
2. Organizmni tayyorlash (maxsus chigal yozish). 3. Xarakat texnikasi va taktikasini mustaxkamlash va 
takomillashtirish. 4. Yuklamani pasaytirish. 5. Darsni yakun-lash va uyga vazifa berish. 
5. Yakunlash darslari – o‘z mazmuniga va pedagogik vazifasi nuqtai nazaridan xillanayotgan darslardan 
butunlay farqlanadi. Bu darslar davomida o‘quv yili, o‘quv choragi, dastur materialini o‘zlashtirish uchun o‘tkazilgan 
turkum darslarga yakun yasaladi. 
Yakun o‘quvchilarning bilimlari, egallagan xarakat malaka-lari va ko‘nikmalarini baxolash tarzida amalga 
oshiriladi. Bunday darslar o‘quv choraklarining oxirgi yoki dastur materialning bo‘limlarini yakuni, o‘qitilayotgan 
material uchun foydalanilgan darslar turkumini tugallanishidan so‘ng xamda o‘quv yilining oxirgi darslari sifatida 
tashkillanadi. Yakunlov darslari oldindan rejalashtiriladi. Bu darslarga o‘quvchilar o‘zlarining jismoniy rivojlanishi va 
jismoniy tayyorgarligining ko‘rsatkichlarini yakuniy xisoboti bilan qatnashadilar. Xozirgi kunda darsning bu xilini ota-
onalar ishtirokida o‘tkazish odatga aylantiriladi. Darsning bu xili faqat o‘quv tarbiya jarayoni uchun yakun bo‘lib 
qolmay, eng avvalo o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onalar uchun xam yakuniydir. Darsning bu xili xam yuqorida qayd 
qilingan o‘zining tashkiliy tuzilmasining qismlaridan tashqari xar bir qismning tarkibiy elementlariga ega. 
Jismoniy tarbiya darslarini yuqorida qayd qilingan pedagogik vazifalariga ko‘ra xillashdan tashqari ularni 
tashkillash xarakteriga qarab xam xillanadi. Ular: 1. Aksentli (uruli) darslar. 2. Aralash darslar. 3. Kompleksli darslar. 
1.  Aksentli darslar o‘z mazmuniga ko‘ra o‘quv dasturining aloxida ajratilgan bo‘limi bo‘yicha (gimnastika, 
yengil atletika, voleybol, basketbol va x.k.lardek darslar tarzida) uyushti-riladi. Darsda o‘qitish jarayoni faqat shu 
bo‘lim materialini o‘zlashtirish, mustaxkamlash, takomillashtirishga yo‘naltiri-ladi. Dars qismlarining tarkibiy 
elementlari xam shu bo‘lim materialidan iborat bo‘lishi shart. 
2. Aralash darslar o‘zining mazmunida o‘quv dasturining tarkibidagi bir necha bo‘lim materialini o‘qitishni 
xam yangi o‘zlashtirilmagan, xam o‘zlashtirilib, takomillashtiriladigan materialni o‘qitishga aralash dars deyiladi. 
O‘quvchilar bir necha guruxlarga ajralib, dars davomida o‘zlashtirib ulguril-magan mavzular ustida ishlaydilar. 
3. Kompleksli darslarning mazmuni o‘quv dasturining turli xil bo‘limlari bo‘yicha u yoki bu jismoniy sifatni 
tarbiyalash yoki pedagogik vazifalariga ko‘ra tanishtirish, o‘zlashtirish, mustaxkamlash, takomillashtirishni maqsad 
qilib, bir darsning o‘zida bir necha mavzu (voleybol, yengil atletika, suzish, gimnastika va x.k.lar) o‘qitiladi. 

 
13.3.9. Darsning umumiy va motor (xarakatga soluvchi) zichligi 
 
Darsning samaradorligining ko‘rsatkichlaridan biri uning zichligidir. Darsni zichligini bir butun yoki uni 
qismlarining o‘zini aloxida aniqlash mumkin. Bu darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlarida ishni tashkil 
qilishning sharoitini bir xil emasligi bilan boliq. Dars yoki uning qismlari uchun sarflangan vaqt 100% deb qabul 
qilinadi. 
Umumiy (pedagogik) va motor (xarakatga solish) zichligi deb dars zichligi ikki xilga ajratiladi. 
Darsning umumiy zichligi – bu darsni umumiy davomiy-ligi uchun pedagogika nuqtai nazaridan ratsional 
sarflangan vaqtning nisbati deb qarash qabul qilingan. boshqachasiga aytganda darsda foydali ish uchun sarflangan 
vaqt tushuniladi. Pedagogika nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq deb xisoblangan quyidagi tadbirlar darsning 
umumiy zichligining komponent-lar xisoblanadi (V.F. Novoselpskiy, 1989). 
1) o‘quvchilarni uyushtirish, uyga vazifani tekshirish, darsga vazifa qo‘yish; 
2) nazariy maolumotni berish va mustaxkamlash; 
3) umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni o‘tkazish; 
4) instruktani o‘tkazish, boshqarish, korreksiyalash (xato-larni tuzatish), yordam, xavfsizlikni oldini olish; 
5) jixozlarni tayyorlash va yiishtirish, o‘quvchilarni darsda lozim bo‘lgan darajada o‘rin almashtirish; 
6) jismoniy mashqlarni texnikasini o‘zlashtirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish; 
7) o‘quvchilarni usuliyatlar nuqtai nazarida tayyorlash, mustaqil shuullanishni uddalashga o‘rgatish, 
tashkilotchilik malakalarini berish; 
8) o‘quvchilarni dalil keltirib quvvatlamoq; 
9) mashqlarni ko‘rsatishda ko‘rgazmali qurollar, texnik vositalar, mashqlarni ko‘rsatib berish; 
10) pedagogik nazorat; 
11) darsda tarbiyaviy ish; 
12) yakun yasash, muskullarni bo‘shashtiradigan mashqlarni bajarish, uyga vazifa tayinlash. 
Darsning umumiy zichligini (UZ) yoki uning qismlarini zichligini aniqlash uchun o‘quvchilarning aktiv «faol» 
xarakatlariga (FX)ga sarflangan vaqti umumlashtiriladi. Bunga tfx jismoniy mashqlarni bajarish uchun sarflangan 
vaqt, eshitish, kuzatish va darsni tashkillash, o‘zini oqlamaydigan kutishlar va o‘quvchilarni bekor qolishi uchun 
sarflangan vaqtdan boshqa xammasi kiradi. Bu vaqt 100%ga ko‘paytirilib va darsning «umumiy» «vaqtiga» tu 
bo‘linadi. 
=
×
=
у
фх
t
t
УЗ
%
100
 
To‘laqonli jismoniy darsining umumiy zichligi 100% ga yaqin bo‘lishi lozim. Umumiy zichlikni kamayishiga 
quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: 
- o‘zini oqlamaydigan darsdagi besamarv aqt (darsni kech boshlanishi, mashulot joyini, jixozlarni tayyor 
emasligidan o‘quvchilarni navbat kutishi va boshqalar orqali sodir bo‘ladigan o‘quvchilarni bo‘sh qolishidan; 
- o‘qituvchini darsga tayyor emasligi, darsni tashkilla-nishi va mazmunini o‘ylamaslik orqasidan sodir 
bo‘ladigan pauzalar; 
- darsda o‘quvchilar uchun ortiqcha va samarasi oz bo‘lgan so‘zlar orqali beriladigan axborot; 
- shuullanuvchilar intizomini qoniqarsizligi, buyruq va ko‘rsatmalarni ko‘p marotabalab takrorlashlar, 
o‘quvchilarga beriladigan ogoxlantirishlar, takroriy tushuntirishlar vaqt-dan noratsional foydalanishga sabab bo‘ladi va 
x.k.lar. 
Masalan, agar o‘qituvchi aybi bilan darsda bo‘sh qolish 1 min.ni tashkil etsa, unda darsning umumiy zichligi 
quyidagicha xisoblanadi. 
%
5
,
97
40
%
100
39
=
×
=
мин
мин
УЗ
 
Darsning motor zichligi (MZ) – bu darsning umumiy davomiyligiga nisbatan o‘quvchilarning darsda aynan 
xarakat faoliyatining aktivligi uchun sarflangan sof vaqtidir. 
Motor zichlikni aniqlashda mashqlarni bajarish uchun sarflangan sof vaqt (t
yev
) xisoblanadi. t
yev
  100% 
ko‘paytirilib, darsning umumiy vaqtiga (t
umum
) bo‘linadi. 
ум
ев
t
t
МЗ
%
100
×
=
 
Masalan, aniqlanishicha o‘quvchilarni jismoniy mashq larni bajarish uchun sarflangan vaqti 25 minutga teng 
(qolgan 15 minuti o‘qituvchini dars materialini tushuntiirshi, Mash ulot joyini tayyorlashi, vazifalarni o‘zgartirish 
uchun joy almashtirish tik turib dam olish va boshqalarga sarflanadi). Bu xolda darsning M3 quyidagiga teng. 
%
5
,
62
40
%
100
25
=
×
=
ум
св
МЗ
 

Motor zichlik dars jarayonida doimo o‘zgaradi. Bunday o‘zgarishlarning shartligini darsda qo‘llanilayotgan 
jismoniy mashqlarning mazmunini turli-tumanligi, ulardan foydalanish joyi va qo‘llanilayotgan usuliyatlar bilan 
izoxlash mumkin. Darsning M3 ning ko‘rsatgichlarini o‘zgarishi darsning tipiga xam boliq. Xarakat texnikasini 
takomillashtirish va jismoniy sifatlarni rivojlantirish darslarida M3 70-80% gacha ko‘tarilishi mumkin. Aqliy faoliyat 
ko‘proq aralashgan, xarakat faoliyatini o‘zlashtirish darslarida esa 50% gacha pasayib ketishi mumkin. 
M3 ni axamiyati muximligini eotirof etishimizga qaramay u xech qachon 100% bo‘lishi mumkin emas, aks 
xolda darsni materialini tushintirish, sodir bo‘ladigan xatolar, ular ustida fikr yuritishga vaqt qolmagan bo‘lar edi. Bu 
o‘z navbatida o‘quv ishlarining sifati, samaradorligiga salbiy taosir ko‘rsatgan bo‘lar edi. 
 
Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling