Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Dastlabki o'rganish. Chuqurroq o'rganish. Harakatlarni bajarish malakasini mustahkamlash va yanada takomillashtirish


Download 2.72 Mb.
bet65/127
Sana18.10.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1708479
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   127
Bog'liq
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati

2.Dastlabki o'rganish. Chuqurroq o'rganish. Harakatlarni bajarish malakasini mustahkamlash va yanada takomillashtirish.
Ayrim harakat faoliyatiga o‘rgatish jarayoni quyidagi bosqichlardan iboratdir:
1. Dastlabki o‘rgatish. Bu o‘rgatish jarayonida harakatning asosiy variantini umumiy tarzda bajarish malakasi tarkib topadi.
2. Chuqurroq o‘rganish. Bunda harakatni zarur darajada aniq bajarish malakasi hosil bo‘ladi.
3. Harakatlarni bajarish malakasini mustahkamlash va yanada takomillashtirish. Bu harakat ko‘nikmasining paydo bo‘lishi, shuningdek, undan har xil sharoitlarda foydalana olish bilan bog‘liqdir.
Dastlabki malakani tarkib toptirish bosqichi fiziologiya mexanizmi jihatidan shu bilan xarakterliki, bu bosqich davomida miya po‘stlog‘idagi dinamik stereotipning asosi yaratiladi. Bunda yaroqli tug‘ma va orttirilgan reflekslarni tanlash, shuningdek, o‘rganuvchilarning harakatlarni bajarish tajribalarida bo‘lmagan reflekslarning yangilarini barqaror etish sodir bo‘ladi. Natijada bosqich oxirida o‘rganiladigan faoliyat texnikasining asosiga mos keluvchi harakat reflekslari tizimi tarkib topadi. Bu bosqichning o‘ziga xos xususiyatlari: a) harakatlarning fazo va vaqt jihatidan yetarli darajada aniq bo‘lmasligi, mushak harakatlarining aniq emasligi; b) harakat akti ritmining barqaror emasligi; v) keraksiz qo‘shimcha harakatlarning mavjudligi; g) murakkab harakat fazalari o‘rtasida yaqinlikning yo‘qligidir.
Chuqurroq o‘rgatish bosqichi oldida turgan maqsad ilgari hosil qilingan qo‘pol malakani aniq, butun qismlarigacha qayta ishlab chiqilgan malaka darajasiga yetkazishdan iboratdir. Mukammal o‘rgatish jarayonida harakatni shu darajada aniqlash kerakki, natijada ko‘nikma borib-borib mukammal harakatni bilib olish malakasiga aylansin. Dastlabki o‘rgatish ko‘proq harakat texnikasi asosini o‘rgatishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda bu asos mukammal o‘rgatiladi va uning detallari aniqlashtiriladi.
Mukammal kuch bosqichi murakkab harakat akti alohida amallarining vaqtga oid, fazoviy va kuch xususiyatlarini aniqlash bilan tavsiflanadi. Alohida harakat reflekslarini va umuman ularning tizimini aniqlash bu jarayonning fiziologik mexanizmi hisoblanadi.
Harakatlarni bajarish malakasini mustahkamlash va yanada takomillashtirish bosqichi vazifasi olingan ko‘nikmani malakaga aylantirish, shuningdek, o‘rgatilgan harakatni har xil sharoitlarda qo‘llashning qo‘shimcha ko‘nikma va malakasini hosil qilishdan iboratdir. Jismoniy tarbiya jarayonining umumiy yo‘nalishiga qarab bu bosqichga ajratilgan vaqt har xildir. Ixtisoslashtirilgan tayyorgarlikning sportmashg‘uloti va boshqa shakllari bir necha yil davom etishi mumkin.
Mazkur bosqichda o‘rgatish jarayoni harakat malakasini rivojlantirishning ikki stadiyasini o‘z ichiga oladi: a) harakatning asosiy variantida ko‘nikmani mustahkamlash; b) bu harakatning qo‘shimcha variantlarida ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling