Jismoniy tarbiya


Download 313.39 Kb.
bet2/2
Sana30.05.2020
Hajmi313.39 Kb.
#112041
1   2
Bog'liq
волейбол

To'pni yuqoridan uzatish

To'pni yuqoridan uzatish usulini siz turish holatini yaxshi o'rganib olgandan keyin bajarasiz. Bunda qo'llaringiz tirsaklardan bukilgan, panjalar biroz orqaga qayrilgan bo'lib, yuzning oldida turadi. Bar- moqlaringiz to'p bilan uchrashish uchun ko'tariladi (bosh barmoq burun tomon yo'naltirilgan bo'ladi). Harakatni gavda va qo'lni hamda panjalarning yozi- lishi bilan tugallaysiz. To'pni yuqoridan uzatishni bajarganingizdan keyin qo'l panjalarini yana xuddi to'pning orqasidan harakatni davom ettirayotgandek bo'lasiz (114- rasm).

To'pni yuqoridan uzatish texnikasini egallashin- gizdagi hal qiluvchi shartlardan biri to'pni tagiga chiqish va unga qo'lni to'g'ri holatda qo'yishingiz hisoblanadi. Shuning uchun bu usulga o'rganayot- ganingizda diqqat-e'tiborni to'pni yuqoridan uzatish uchun qo'lni to'g'ri turish holatiga qarating. Yordam-







chi mashqlar ham qo'l va barmoqlarni to'pga to'g'ri qo'yishga (joylashtirishga) qaratilishi kerak. Bu esa to'pni uzatayotganda qo'lning holati haqida tushun- cha hosil qilishda sizga yordam beradi. Shu jihat- dan yordamchi va maxsus mashqlarga vaqtni aya- masligingiz zarur, chunki bular asosiy o'yin usul- larini egallash malakasini mustahkamlashda sizga yordam beradi, ayniqsa, bosh barmoq shikastla- nishining oldini oladi.

To'pni yuqoridan uzatishni egallashda quyidagi mashqlarni bajarish maqsadga erishishingizda mu- him hisoblanadi:

    1. Siz to'pni yuqoriga irg'itib, qo'lni yuqoridan uzatishga taqlid qilib, harakatlantirasiz va to'p yuqo­ridan pastga tushguncha kuzatib, uni ilib olasiz. Bunda diqqatingizni qo'lni va barmoqlarni to'pga to'g'ri qo'yishga, oyoqlarning turish holati va ha- rakatini to'g'ri bajarishga qarating.

    2. Xuddi shuning o'zi, lekin to'pni sherikka uza­tishni taqlid qilishga o'rganing. Ammo uloqtirish vaq- tida qo'l va tirsak bo'g'inlarini to'liq yozmang va bar- moqlaringizni bo'shashtirmang. Siz to'pni ilib olishni, barmoqlarni to'g'ri qo'yish va oshirishni puxta o'rganib olganingizdan keyin to'pni uzatishga o'tasiz.

To'pni ikki qo'l lab pastdan qabul qilib olish

To'p bilan uchrashish joyiga yetganda oxirgi qa- damni mustahkam qilib qo'yasiz. Qo'lni oldinga tarang holda cho'zasiz. Barmoqlarni birlashtirib, musht holiga keltirasiz. Bunda bir oyoqni (o'ng oyoqni) oldinga qo'yasiz, boshqasini tizzadan bukib,







gavdani biroz oldinga engashtirasiz. Qo'llaringizni uchib kelayotgan to'pga tik qo'yasiz. To'p yaqin- lashish vaqtida to'g'rilanasiz. Oyoqlarni, to'pni uza- tish yo'nalishiga qarata cho'zasiz (115-rasm).

Zarba berish. Zarba berish bilan raqib koman- dasiga hujum uyushtiriladi. O'yinchi to'pga shunday zarba berishi kerakki, to'p raqib maydonchasiga yetib borsin.

Zarba berish bu hujum usuli hisoblanadi. To'p to'rning yuqoridagi chetidan balandda bo'lganda uni bir qo'lda urib, raqib tomoniga o'tkazish hujumda zarba berish deyiladi. Bunday zarbani turgan joyda va sakrash bilan bir qo'lda beriladi. Buning uchun shunday harakat qilishingiz kerakki, raqib o'yinchisi uni qabul qila olmasin va o'yinni davom ettira ol- masin.

Download 313.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling