Jismoniy tarbiya


Fudbolda qabul qilish texnikasi va uni o`rgatish


Download 85.05 Kb.
bet3/5
Sana20.11.2023
Hajmi85.05 Kb.
#1787994
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fudbol o`yinida harakatlanish va to;pni boshqarish texnikasini

2. Fudbolda qabul qilish texnikasi va uni o`rgatish
Taktika deganda o‘yinchilarning raqib ustidan g‘alaba qozonishga qaratilgan individual va jamoaviy harakat-larini tashkil qilishi, ya’ni komanda futbolchilarining muayyan rejaga binoan aynan Shu muayyan raqib bilan muvaffaqiyatli kurash olib borishiga imkon beradigan birgalikdagi harakatlarini tuShunish kerak. Taktikadagi asosiy vazifa hujum va himoya harakatlarining maqsadga erishtira oladigan eng qulay vosita, usul va shakllarini belgilashdan iboratdir. Qanday taktikani tanlash har bir alohida holda komanda oldida turgan vazifalarga, kuchlar nisbati va o‘yinchilarning o‘zaro kurashuvchi guruhlariga, maydonning ahvoliga, iqlim sharoiti va hokazolarga bog‘liq.
Hujum taktikasi. Hujum taktikasi deganda to‘p ixtiyorida bo‘lgan komandaning raqib darvozasini zabt etish uchun qiladigan harakatlarini uyushtirish tuShuniladi. Hujum harakatlari tuzilishining xilmaxilligi, hujum rivoji sur’atining, asosiy yorib o‘tish yo‘nalishining o‘zgartirilishi, nihoyat, yakkama-yakka kurash, texnik usullarning xilma-xil bo‘li-shi – bularning hammasi hujumni barbod etishga intila-yotgan himoyachilarni nihoyatda qiyin ahvolda koldiradi. Hujumdagi harakatlar individual harakatlarga, guruh harakatlari va komanda harakatlariga bo‘linadi.
Individual taktika.Hujumdagi individual taktika – bu futbolchining muayyan maqsadni ko‘zda tutgan harakatlari, uning mazkur o‘yin vaziyatida mavjud bo‘lgan bir qancha imkoniyatlardan eng to‘g‘risini tanlay bilishi, futbolchining to‘p o‘z komandasida bo‘lganda, raqibning diqqate’tiboridan chetga chiqa olishi, o‘zi va sheriklari uchun o‘ynaydigan bo‘sh joy topishi hamda paydo qila bilishi, kerak bo‘lib qolgan taqdirda esa himoyachi bilan kurashda yutib chiqishi demakdir.
Guruh taktikasi. Futbol o’yini davomida yuzaga keladigan taktik vazifalarning ko‘pchiligi kombinatsiyalar vositasida hal etiladi.
Kombinatsiya – bu muayyan taktik vazifani hal etayotgan ikki yoki bir necha o‘yinchining harakatlari bo‘lib, butuno‘yin kombinatsiyalar va unga qarshi harakatlar zanjiridan iborat.
Jamoa taktikasi. Jamoa taktikasi bu muayyan o‘yin sharoitida paydo bo‘lgan vazifalarni hal qilishda butun jamoa harakat-larini uyushtirishdir. Butun komandaning hujum va mudofaa harakatlari aniq uyushtirilmasa, o‘yin betartib, bemaqsad bo‘ladi, unda o‘yinchilar o‘rtasida vazifa taqsimlashning iloji bo‘lmaydi. Bunday hollarda o‘yinchilar qanday bo‘lmasin to‘pni egallab olib, bir amallab darvozaga kiritish uchun u yoqdan bu yoqqa yugurishaveradi.
Tezkor hujum. Tezkor hujum komanda hujum harakatlarining eng samarali usuli hisoblanadi. Buning mohiyati Shundan iboratki, unda bitta-uchta uzatishda o‘yinchilardan birini darvozani zabt etish uchun qulay pozitsiyaga chiqaradigan hujum yoki javob hujumi uyushtiriladi.
Hujum – bu komandaning raqib darvozasini zabt etishga qaratilgan harakatlarini uyushtirish. Tez hujumning afzalligi Shundaki, bunda mudofaadagi kuchlarini qayta uyushtirib olishga raqiblarning vaqti bo‘lmaydi. Hujumdagilarning hamma harakatlari kutilmaganlik elementlariga boy bo‘lib, yuqori tezlikda bajariladi. O‘yinchilar maydonda ko‘p manyovr qiladilar va to‘pni uzatish bilan eng qisqa vaqt ichida sheriklaridan birini zarba berish pozitsiyasiga chiqarish imkoniyatini yaratadilar.
Tadrijiy hujum.Tadrijiy hujum yoki javob hujumini uyushtirishda biron o‘yinchi juda ko‘p uzatishlar yordamida darvozani zabt etish uchun qulay pozitsiyaga chiqariladi. Bu tadrijiy hujumning tezkor hujumdan asosiy farqidir. Bu tur hujumdagi komanda harakatlarini bajarishda kombinatsiya-lar qisqa va o‘rtacha uzatishlar yordamida amalga oshiril-gani uchun, to‘pni uzoq vaqt nazorat qilib turish imkoniyati tug‘iladi.

3.DARVOZABONNING O‘YIN TEXNIKASI


Davrvozabonning o‘yin texnikasi maydon o‘yinchi-sining o‘yin texnikasidan tubdan farqqiladi. Bu darvozabonga qoidaga binoan jarima maydoni ichida qo‘l bilan to‘p o‘ynashga ruxsat etilgani bilan bog‘liqdir. Quyidagi usullar guruhi darvozabonning o‘yin texnikasiga kiradi: to‘pni ilib olish, qaytarish, o‘tkazib yuborish va tashlash. Shuningdek, to‘p harakati-ning yo‘nalishi, traektoriyasi va tezligiga qarab darvozabon harakatining xilma-xil usullari, usul va turlari qo‘llaniladi. Darvozabon texnikasining tasnifi
Darvazabon. Hozirgi vaqtda darvozabonning o‘yini turli-tuman va murakkabdir. Darvozabonning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligi, uning psixikasi mustahkamligiga yuksak talab qo‘yilayotganligiham ana Shundan. Odatda, darvozabon – baland bo‘yli (175 sm va undan ortiq), a’lo darajada jismoniy tayyorgarlik ko‘rgan, reaksiyasi juda tez, start tezligi yuqori o‘yinchi bo‘ladi. U dovyurak va jur’atli, sakrovchan, epchil va hozirjavob, harakatlarini yaxshi muvofiqlashtira oladigan, yaxshi mo‘ljal oladigan va rejalay biladigan bo‘lishi; to‘pning ehtimoliy uchish yo‘nalishi, tezligi va traektoriyasini darhol aniqlay olishi, himoya jarayonini mohirona idora qilishi, ya’ni uning izchilligi va uyushqoqligini ta’minlay bilishi kerak. Darvozabon joyida turib, harakatlanib va sakrab o‘ynashning barcha texnik usullarini a’lo darajada bilishi zarur. Darvozabonning mahorat darajasi ana shu usullarning nechog‘lik to‘g‘ri, aniq va ishonchli baja-rilishiga bog‘liq. Darvoza oldidagi o‘yin bilan darvozadan chiqib harakat qilishni muvaffaqiyatli qo‘shib olib borish, o‘z darvozasini himoyalash va hujum uyushtirishda sheriklar bilan bahamjihat harakat qilish ham darvo-zabonning yuksak mahoratini ko‘rsatadi.
Darvozabonning o`yin taktikasi. Hozirgi futbol darvozabondan ustalik bilan darvo-zani himoya qilishnigina emas, balki jarima maydoni ichida faol harakat olib borishni, Shuningdek, hamma himoyachilarni boshqarib turishni ham talab qiladi. U komandasining hamma mudofaa harakatlarini muvofiqlash-tirib turadi. Darvozabon turadigan (hammadan orqada) joyning o‘zi unga hujumchilar qanday tizilib kelayotgani va ular nima maqsadda ekanini ko‘rib turish imkonini beradi. Buning ustiga, darvozabon o‘z komandasining ko‘pgina hujumlarini boshlab beradigan (to‘pni qo‘lga kiritganida yoki darvozadan to‘p tepib berganida) futbolchi, Shu sababli ham hujum qatorlarida tashabbus va izchillik saqlanib turishi uchun uning mahorati juda zarur. Komandaning himoya va hujumdagi umumiy o‘yini darvozabonning individual taktik tayyorgarligiga anchagina bog‘liq. Darvozabonning texnik mahorat va jismoniy tayyorgarlikdan o‘yinda to‘laroq foydalanishiga uning taktik bilimi yanada ko‘proq ta’sir qiladi. Ana Shuning uchun ham darvozabonlarning taktik tayyorgarligi masalasiga nihoyatda jiddiy e’tibor berish kerak. Darvozabon taktikasini quyidagilarga bo‘lish mumkin:
a) mudofaadagi harakatlar;
b) hujumdagi harakatlar;
v)sheriklar harakatini boshqarish;


Download 85.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling