Jismoniy mashq mashg’ulotlari jismoniy tarbiya jarayonidagi bir bo’lim bo’lib, ularda ham aslida jismoniy tarbiya vosita va usullaridan foydalaniladi, jismoniy tarbiya tamoyillari amalga oshiriladi. Bu esa, oqibat natijada jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishning asosiy negizini tashkil etadi.
Jismoniy mashq mashg’ulotlari g’oyat xilma – xil bo’lib, sayr qilish, ertalabki mashqlar, sport musobaqalari, cho’milish, turistik poxodlar, jismoniy tarbiya darslari va boshqalardan iboratdir. Biroq ularning hammasi ham ba’zi umumiy qonunlarga egadir. Bu qonuniyatlarni bilish har bir ayrim holatda jismoniy mashqlarni shug’ullanuvchi kishilar organizmiga samaraliroq ta’sir etadigan darajada oqilona amalga oshirishga imkon beradi.
Insonning jismoniy jihatdan kamol topishiga qaratilgan faol harakat faoliyati mashg’ulotlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shug’ullanayotgan kishilarning faoliyati har qanday mashg’ulotda nisbatan mustaqil bo’lgan bir qator elementlardan, ya’ni jismoniy mashqlarning o’zidan, ularni bajarish uchun tayyorgarlikdan, faol dam olishdan va boshqalardan iborat bo’ladi. Bu elementning o’zaro qanday aloqasini, ya’ni mashg’ulot mazmuni elementlarning tuzilmasi jismoniy mashq mashg’ulotlari shaklsini tashkil etadi. Bunga mashqlarni bajarish tartibi, shug’ullanuvchi kishilarning o’zaro munosabatlari, tavsifi, ularni uyushtirish va boshqalar kiradi.
Har bir ayrim holatda shakl mashg’ulot mazmuniga mos kelishi kerak. Bu esa mashg’ulotning yaxshi o’tishi uchun zarur asosiy pedagogik qoidalaridan biridir. Masalan, mashg’ulotning mazmuni jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo’lsa, u holda mashqlar ish bilan dam olish qat’iy bir izchillik bilan almashib turadigan muayyan tartibda bajarilishi kerak. Xuddi shuningdek, mashg’ulotning qanday natija berishi o’quvchilarni uyushtirish, mashg’ulot qay paytda o’tkazilishi, mashq o’tkaziladigan joydan to’g’ri foydalanish kabi holatlarga ham bog’liq. binobarin mashg’ulotlarning shakli ularning mazmuniga faol ta’sir etar ekan. Shakl bilan mazmun birligigina shug’ullanuvchi kishilar faoliyati zarur darajada muvaffaqiyatli chiqishini ta’min etadi, aks holda mashg’ulotlar natijasi tuzuk bo’lmaydi.
Hadeb bir xil mashg’ulot shaklidan foydalanaverish shug’ullanayotgan kishilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishni to’xtatib qo’yadi. Eski shakllardan kechib, ularni yangi shakllarga almashtira borish esa, jismoniy tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishga imkon beradi.
Jismoniy mashq mashg’ulotlari ham mazmun, ham shakl jihatidan xilma – xil blishi kerak. Bu esa pedagogik ishda yo’l qo’yib bo’lmaydigan ulubiy qo’llanmalardan qutilib, mashg’ulot o’tkazishning xilma – xil usullaridan keng foydalanish imkonini beradi.
Mashg’ulotlar shaklining ular natijasiga faol ta’sir ko’rsatishi unga nihoyat darajada jiddiy munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Jismoniy tarbiya nazariyasida jismoniy mashq mashg’ulotlarining tuzilishi masalalariga hamisha katta e’tibor berilishining sababi ham anna shundadir.
Mashg’ulotlarda ish qobiliyatining dianamikasi ular umumiy tuzilmasining negizi ekanligi. Jismoniy mashq mashg’ulotlarning tuzilmasi ko’p jihatdan shug’ullanuvchilarning ish qobiliyatidagi tipik o’zgarishlar bilan belgilanadi. Inson ish qobiliyatini mashg’ulotlar davomida o’rganish jismoniy tarbiya amaliyotida birichi galdagi muommoni tashkil etadi. , chunki shug’ullanayotgan kishilarning ahvoli haqidagi ma’lumotlarni hisobga olmay turib, ular taraqqiyotini boshqarib bo’lmaydi.
Mashg’ulot tuzilishining pedagogik vazifalariga bog’liqligi. Ish qobiliyati asosiy bo’limlariga, shuningdek, pedagog hamda shug’ullanuvchi kishilar faoliyati mazmknining o’ziga xos xususiyatlariga binoan pedagogikaga oid asarlarda mashg’ulot kirish, asosiy va yakuniy qismlarga ajratiladi.
Hozirga vaqtda kirish va tayyorgarlik qismlarini birlashtirib, mashg’ulotni tayyorgarlik (ba’zan uni kirish yoki kirish – tayyorgarlik qismi deb ataydilar), asosiy va yakuniy qismlarga bo’lish rasm bo’lgan. Ma’lum mashg’ulot o’tkaziladigan vaqt bunday bo’lish mantiqan to’g’riroq bo’ladi, chunki darsning kirish qismiga to’g’ri keladigan start oldi holatlari mashg’ulot boshlangungacha bo’ladigan vaqtga mansubdir. To’g’ri, bunday holatlar faqat darsning kirish qismidagina sodir bo’lmay, balki barcha alohida vazifalarini (baho olish uchun harakatlar bajarish, o’quv musobaqalari va shunga o’xshashlarni) bajarish oldidan ham uchrab turadi, biroq ular bunda boshqacharoq sifat darajasiga o’tadi.
Jismoniy mashq mashg’ulotlarida o’qituvchi o’z oldiga harakatlarni o’rgatish, turli jismoniy fazilatlarni taraqqiy ettirish, shaxsiy xususiyatlarni tarbiyalash, u yoki bu sog’lomlashtirish vazifasi singari ko’pgina vazifalar qo’yadi.
Binobarin, mashg’ulotlarning umumiy tuzilmasi haqidagi tushuncha qarama – qarshi tushunchadir. Agar ish qobiliyati dinamikasini hisobga oladigan bo’lsak, u holda mashg’ulotlarda tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlar hamda shularga muvofiq keladigan umumiy pedagogik vazifalar aniq ko’zga tashlanadi. Agar o’quv – tarbiya jarayoni mantiqiga chuqurroq amal qiladigan bo’lsak, u holda qismlar soni aniq vazifalarning soniga qarab ko’proq yoki kamroq bo’lishi mumkin.
Ba’zi bir vazifalarni hal etish uchun boshqa bir xil vazifaga kamroq kuch sarflash talab qilinadi. Shuning uchun har bir aniq holda shug’ullanuvchilarga unchalik qiyin tushunmaydigan vazifalar mashg’ulotlarning tayyorgarlik va yakuniy qismiga, eng muhim vazifalar (odatda eng qiyinlari) asosiy qismga kiritiladi. Shunday yo’l bilan umumiy usul talab, ya’ni shug’ullanuvchilarning ish qobiliyati har gal eng yaxshi bo’lishi ta’minlanadi. So’ngra mashg’ulotning tuzilishini ishlab chiqayotgan vaqtda mantiqiy talablariga (vazifalar miqdoriga binoan) bo’ysindirib, mulohazalarga amal qilishi kerak.
|
Mashg’ulotlarni yuqori saviyada o’tkazish uchun, yuqorida keltirilgan fikrlardan tashqari shug’ullanuvchilarning faoliyatiga rahabarlik qilishning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan umumiy uslubiy talablarga ham asoslanmoq kerak bo’ladi. Bu nuqtai nazadan qaraganda jismoniy mashq mashg’ulotlarining dars va darsdan tashqari shakllari bo’ladi.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’rta maktablarda g’oyat xilma - xil bo’lib, ular jismoniy tarbiya dars, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, ertalabki badan tarbiya, sport, tanaffusda o’qishlar, boshqa darslarda o’tkaziladigan jismoniy mashqlar va boshqalar kiradi. Jismoniy mashq mashg’ulotlaridagi mazmun bilan shakl aloqadorligi pedagogik jihatdan g’oyat muhim ahamiyatga egadir. Kishilarning jismoniy sifatlarini kamol toptirishga qaratilgan faol harakat faoliyati mashg’ulotlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Jismoniy mashg’ulotlar umumta’lim maktablarida juda muhim ahamiyatga egadir. Chunki bir hafta tarbiyalanuv-
chilarga o’tiladigan ikki soatlik jismoniy tarbiya darsi ularning organizimdagi jismoniy harakatga bo’lgan talablarni qoniqtira olmaydi, shuning uchun jismoniy tarbiya mashg’ulotlari maktabda to’liq tashkil etiladi va o’tkaziladi, mashg’ulotning o’quvchilarga o’tkazilishi ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mashg’ulot mazmuni elementlarning tuzilishi jismoniy mashq mashg’ulotlarining shaklini tashkil etadi. Jismoniy mashqning umumiy tuzulishi (strukturasi) quyidagicha bo’ladi.
Boshlanadigan mashg’ulotda bajariladigan ishga kirishish yoki mashg’ulotning tayyorlov qismi. Buni organizmni qizdirish ham deb ataymiz. Bu jarayon har qanday jismoniy mashg’ulotning tarkibiy qismidir. Bu jarayon shug’ullanuvchilarning organizmini qizdirib yuqori ish qobiliyati-ga tayyorlaydi. O’quvchilar organizmining jismoniy mahoratlaridan, organizmning zo’riqishidan asraydi. Mashg’ulotning bu qismida shug’ullanuvchilarning barcha a’zolarini, ya’ni yurak, qon tomir sistemasiga va boshqa organlarni ishga kirishida tayyorlash uchun ularga umumiy rivojlantiruvchi jismoniy mashqlar beriladi. Bunga asosan saf mashqlari, yurishlar, sekin yurishlar, bo’yin, yelka, qo’l, bel, oyoqlarga qaratilgan, jismoniy harakatlar har xil yo’llar bilan amalga oshiriladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar organizm zo’riqmaydigan darajada bajariladi. Shunday yo’l bilan mashg’ulotning asosiy qismiga organizmni tayyorlaydi. Mashg’ulotning tayyorlov qismi xilma-xil shaklda tashkil qilinadi va o’tkaziladi. Safda turgan holatda, to’rt bo’lib, aylana holatda, juft-juft bo’lib tarqaladi va hokazo.
|
jismoniy tarbiyasining amalda hal qilinishi maxsus tashkil qilingan jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. Mashg‘ulot davrida va faqat mashg‘ulot orqali jismoniy tarbiyaning vositalari, metodik prinsiplari va prinsiplari hayotga tadbiq qilinadi. Maktab uchun ko‘p miqdorda turli xil mashg‘ulotlar shakli xarakterlidir.
Ba’zi uslubshunoslar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari shaklining ko‘pligini mashqlarni bajarishda faqat vaqtni cho‘zish va shu bilan maktab o‘quvchilarining harakatga bo‘lgan talabini qondirish uchungina zarur deb qaraydilar. xosh maktabdan tashqari va oilada o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning shakli, xususiyatlari va ularni o‘tkazish sharoiti shuni ko‘rsatadiki, bu mashg‘ulotlarning birontasi olib tashlansa, pedagogik jarayoni uzluksizligining bo‘zilishiga hamda jismoniy tarbiya vazifalari bajarilishi sifatining susayishiga olib keladi. xosh sog‘lomlashtirish uchun – “sog‘lomlashtirish kunlari” da, targ‘ibot uchun esa - sportga bag‘ishlangan kechalarda yaxshi sharoit yaratilishi mumkin. Bu jihat jismoniy tarbiya darslari sonidan qat’iy-nazar maktab o‘quvchilari jismoniy tarbiyasining barcha shakllarini har tomonlama rivojlantirish va ulardan samarali foydalanish zarur ekanligini ko‘rsatadi.
O‘quvchilarning jismoniy tarbiyasining mashg‘ulotlari maktabda o‘quv ishlari, sinfdan tashqari ishlar jismoniy madaniyat - sog‘lomlashtirish ishlari, maktabdan tashqari muassasalarda va oilada quyidagi shakllarda: «jismoniy tarbiya darsi», «darsgacha gimnastika», “jismoniy madaniyat minutlari va pauzalari», «katta tanaffusdagi uyushtirilgan o‘yinlar», «sport ko‘ngil ochishlari (vaqt o‘tkazish uchun)», «uzaytirilgan kunli maktablardagi jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari (sport soatlari)», «sport sektsiyalari», «sport bayramlari “, “musobaqalar” «Quvnoqlar va zukkolar» uchrashuvlari, «salomatlik kuni» va h.k.dek o‘ndan ortik xil sinfdan tashqari ishlar tarzida tashkillanadi.
Maktabdan tashqari muassasalarda jismoniy tarbiya:
Bolalar, o‘smirlar sport maktablari, sport inshootlari va suv havzalari, istirohat bog‘lari, madaniyat uylari, madaniyat saroylari qoshidagi sport sektsiyalari, jismoniy tarbiya to‘garaklari, uy joy boshqarmalari mahalla fuqarolari yig‘ini tomonidan yo‘lga qo‘yilayotgan bolalar sport sektsiyalari va boshqalar tarzida sog‘ligi, yoshi, jismoniy tayyorgarligiga qarab ajratiladi, turli yoshdagilar uchun muntazam ravishdagi mashg‘ulotlar tashkillanadi.
O‘zgarib turadigan tarkib bilan o‘yinlar, oilaviy musobaqalar uloqtiruvchilar kuni, ommaviy krosslar (yuguruvchilar kuni), turli xil konkurslar o‘tkaziladi.
Oilada j tariya uy sharoitida, dars tayyorlash paytidagi jismoniy tarbiyadan uyga berilgan vazifalarni bajarish, oilaviy sayohatlar va jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanish mushg‘ulotlari, o‘yinlar, trenirovkalar sifatida uyushtiriladi.
|