Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport


 Darvozabon o’yini texnikasining tasniflanishi


Download 5.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet78/125
Sana28.10.2023
Hajmi5.17 Kb.
#1731074
TuriУчебное пособие
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   125
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma

 3.5.1. Darvozabon o’yini texnikasining tasniflanishi
Siljish. Darvozabon joyini asosan yon tomonga qadam qo’yib o’zgartiradi. 
Bu uning o’z yo’nalishini tez-tez almashtirishiga va to’pni qaytarish uchun tayyor 
bo’lishiga imkoniyat yaratadi. 
Darvozabon to’pni olib qo’yishni, sapchigan to’pni egallab, uni o’yinga 
kiritishni, raqiblar tomonidan tez yorib o’tishni ta’minlovchi to’pni egallashini
oldinga va orqaga tez harakat qilishni, keskin start olishni bilishi shart. 
Darvozabon hamla qilish harakatlaridan va oyoqlarni bir chiziq bo’ylab 
yozib o’tirish (shpagat) holatidan tez-tez foydalanishga to’g’ri keladi, shuning 
uchun u bu harakatlarni har tomonga bemalol bajarishni bilishi juda zarur. Uning 
har hil sakrashlarni bajarishi o’yinda alohida ahamiyatga ega. Darvozaboning to’p 
otayotgan o’yinchiga peshvoz chiqishi va sakrashi – darvoza qo’riqlashning 
murakkab usullari qatori-dan o’rin olgan. Darvozaning nishonga olingan 
burchagini kamaytirish uchun darvozabon yuqoriga yoki uzunlikka sakrab 
darvozaga yo’naltirilgan to’pning yo’lini oldinga qaratilgan holda sal bukilib, yon 
tomonga uzatilgan, kaftlar balandligi taxminan yelka balandligiga teng yoki undan 
ham 
balandroq 
bo’lishi 
mumkin. 
77-rasm. 78-rasm 


136 
 
Agar hujumchi to’p otishni burchaqdan bajarayotgan bo’lsa, unda darvozabon 
darvoza ustuni yonida turib (oyoqlar oralig’i 15 — 20 sm), darvozaga yaqin 
bo’lgan qo’lini yuqoriga ko’tarib tirsak bo’g’ini salgina bukilgan bo’ladi, shunda 
darvozaning yuqori burchagini yopadi; ikkinchi qo’li yon tomonga uzatilgan
gavda og’irligi darvozaga yaqin turgan oyoqqa o’tkazilgan bo’ladi. Ana shunday 
holatda darvozabon to’pni bevosita qaytaradi yoki tez-tez oldinga chiqadi. 
Darvozabon hamla qilish harkatlaridan va oyoqlarni bir chiziq bo’ylab yozib 
o’tirish (shpagat) holatidan tez-tez foydalanishga to’g’ri keladi, shuning uchun u 
bu harakatlarni har tomonga bemalol bajarishni bilishi juda zarur. Uning har xil 
sakrashlarni bajarishi o’yinda alohida ahamiyatga ega. Darvozaboning to’p 
otayotgan o’yinchiga peshvoz chiqishi va sakrashi darvoza qo’riqlashning 
murakkab usullari qatoridan o’rin olgan. Darvozaning nishonga olingan burchagini 
kamaytirish uchun darvozabon yuqoriga yoki uzunlikka sakrab darvozaga 
yo’naltirilgan to’pning yo’lini to’sishga harakat qiladi. Odatda, darvozabon 
sakraganda, to’pning yunalish yo’lini ko’proq kamaytirish uchun oyoq va 
qo’llarini yon tomonga yoyadi. Darvozabon raqiblar bilan to’p uchun kurashda 
ko’pincha aldash harakatlarini ishlatadi. Chalg’itish maqsadida bir 
TOMONGA 
egilib, keyin boshqa tomonni to’sadi, tez-tez yolg’on chiqishlarni qo’llaydi. 
Bunday holatlarda hujumchi to’pni darvozabon ustidan oshirib tashlaydi, lekin 
bunday bo’lishini oldnidan kutgan darvozabon darhol orqaga qaytib, to’p yo’lini 
to’sishga ulguradi. 
79-rasm . 80-rasm. 81-rasm 

Download 5.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling