Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport


  4.5.4. Markaziy himoyachilar


Download 5.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet104/125
Sana28.10.2023
Hajmi5.17 Kb.
#1731074
TuriУчебное пособие
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   125
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma

 


189 
4.5.4. Markaziy himoyachilar 
Mudofaaning markaziy qismida o’ynaydigan futbol-chilar haqli ravishda 
asosiy o’yinchilar hisoblanadi. Chunki ular darvoza zabt etiladigan eng xavfli 
joyda raqib bilan kurash olib boradilar. 
Qanot himoyachilarining jismoniy va texnik fazilat-lariga qo’shimcha tarzda 
markaziy himoyachilar havoda kurasha olish uchun baland bo’yli va juda 
sakrovchan ham bo’lishlari kerak. 
Oldingi markaziy himoyachi o’ziga to’shirilgan vazifa bilan zonada harakat 
qilishni mohirona uyg’unlashtirib olib borishi kerak. O’ziga to’shirilgan o’yinchini 
nazorat qilib borish uning uchun birinchi galdagi vazifa bo’lib, zonada harakat 
qilish ikkinchi navbatdagi vazifadir. 
Oldingi markaziy himoyachi mudofaada markaziy hujumchining harakatlarini 
ehtibor bilan kuzatadi, zarur bo’lganda esa orqa himoyachi bilan o’rin almashib, 
mudo-faadagi sheriklarini straxovka qiladi. Hujumda u to’p olgandan keyin hujum 
harakatlariga qo’shilib, tezlik bilan olg’a boradi yoki sheriklariga to’p oshirib 
beradi. Ayrim paytlarda ikkinchi eshelondagi hujumni qo’llaydi va iloji bo’lsa 
darvozaga to’p tepadi.
Orqa chiziq markaziy himoyachisi taktik sharoitni nozik did bilan tushunishi, 
raqiblarining taktik yo’llarini «o’qiy» olishi hamda to’pni egallab olish va 
sheriklarini straxovka qilish uchun mudofaada to’g’ri pozitsiya tanlashi kerak. 
Uning asosiy ishi – mudofaa qiluvchilarning hamma harakatlarini muvofiqlash
zonada o’ynash, darvozabon va sheriklar bilan hamkorlik qilish. Sunhiy «o’yindan 
tashqari holat»ni to’g’ri uyutirishga hammadan ko’p javob beradigan ham shu 
o’yinchidir. 
Hujumga o’tayotganda, orqa chiziq markaziy himoyachisi darvozabon yoki 
sheriklaridan to’p olish uchun ochiq joyga chiqadi, keyin esa aniq va xilma-xil 
uzatishlar qilib, hujumning davom ettirilishiga imkon yaratadi. Keskin holatlar 
yaratishda nisbiy erkinlikdan maksimal foyda-lanishga intilib, gohida uning o’zi 
ham hujumga qo’shiladi, bahzan esa uzoq yoki o’rtacha masofadan to’p tepib, 
hujumni yakunlaydi. Hozirgi vaqtda himoyachilarning vazifalari universallashuv 
tomon taraqqiy etib, ularning harakatlari yarim himoyachi va qanot 
hujumchilarining harakati bilan yaqinlashib bormoqda. 

Download 5.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling