Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport


 O’yinchilarning vazifalari


Download 5.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/125
Sana28.10.2023
Hajmi5.17 Kb.
#1731074
TuriУчебное пособие
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   125
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma

4.5.1. O’yinchilarning vazifalari 
Raqibga qarshi kurashayotgan komanda harakatlaridagi uyushqoqlikka 
alohida futbolchilar o’rtasida vazifalarni aniq taqsimlash bilan erishiladi. Hozirgi 
vaqtda o’yin-chilarni vazifalariga ko’ra taqsimlash ular tayyorgarli-gidagi 
universallikka asoslangan bo’ladi. Bu hamma ishni barcha birdek bajara oladi 
degan so’z emas, albatta. Ammo har bir futbolchi o’yinning hamma texnik 
usullarini egallagan bo’lishi, hujumda ham, himoyada ham bilib harakat qilishi 
kerak. O’yindagi ayrim vazifalarni esa o’yinchi ayniqsa yaxshi ijro etadigan 
bo’lishi lozim. 
Futbolchilar vazifalariga ko’ra darvozabonlarga, qanot himoyachilari, 
markaziy himoyachilar, o’rta qator o’yinchilari, qanot hujumchilari va markaziy 
hujumchilarga bo’linadi. 
Har qaysi ixtisos o’yinchilariga bo’lgan talablar va ularning asosiy 
vazifalarini qisqacha ko’rib chiqamiz. 
4.5.2. Darvozabon 
Hozirgi vaqtda darvozabonning o’yini turli-tuman va murakkabdir. 
Darvozabonning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligi, uning ‘sixikasi 
mustahkamligiga yuksak talab qo’yilayotganligi ham ana shundan. 
Odatda, darvozabon – baland bo’yli (175 sm va undan ortiq), ahlo darajada 
jismoniy tayyorgarlik ko’rgan, reaktsiyasi juda tez, start tezligi yuqori o’yinchi 
bo’ladi. U dovyurak va jurhatli, sakrovchan, e’chil va hozirjavob, harakatlarini 
yaxshi muvofiqlashtira oladigan, yaxshi mo’ljal oladigan va rejalay biladigan 
bo’lishi; to’pning ehtimoliy uchish yo’nalishi, tezligi va trayektoriyasini darhol 
aniqlay olishi, himoya jarayonini mohirona idora qilishi, yahni uning izchilligi va 


188 
uyushqoqligini tahminlay bilishi kerak. 
Darvozabon joyida turib, harakatlanib va sakrab o’ynashning barcha texnik 
usullarini ahlo darajada bilishi zarur. Darvozabonning mahorat darajasi ana shu 
usullarning nechog’lik to’g’ri, aniq va ishonchli baja-rilishiga bog’liq. Darvoza 
oldidagi o’yin bilan darvozadan chiqib harakat qilishni muvaffaqiyatli qo’shib olib 
borish, o’z darvozasini himoyalash va hujum uyushtirishda sheriklar bilan 
bahamjihat harakat qilish ham darvo-zabonning yuksak mahoratini ko’rsatadi. 

Download 5.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling