Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport


To’pni tepadan oshirib yuborish


Download 5.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/125
Sana28.10.2023
Hajmi5.17 Kb.
#1731074
TuriУчебное пособие
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   125
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma

To’pni tepadan oshirib yuborish 
Darvozaga uchib kelayotgan to’pni yuqori to’sin ustidan o’tkazib yuborishga 
tepadan oshirib yuborish deyiladi. Asosan darvozabondan yuqori yoki uning yon 
tomonidan kuch bilan va baland trayektoriyada uchib kelayotgan to’p tepadan 
oshirib yuboriladi. 
Darvozabonning to’pni tepadan oshirib yuborishdagi harakatlari ko’p jihatdan 
to’pni qaytarib yuborishdagi harakatlarga o’xshaydi. Tepadan oshirib yuborish 
ham bir yoki ikki qo’llab bajariladi. Yetish qiyin bo’lgan to’plar yiqila turib 
tepadan oshirib yuboriladi. 
Tayyorlov bosqichida bir yoki ikki qo’l taranglash-tirilgan holda to’pning 
uchish yo’nalishiga uzatiladi. Uchib kelayotgan to’p to’siqqa – burchak ostida 
qo’yilgan bir yoki ikkala qo’l kaftiga tegib, trayektoriyasini o’zgartiradi. To’pni 
kaftlar bilan tepadan oshirib yuborish – eng ishonchli usul. Lekin hamma vaqt 
buning iloji bo’lavermaydi. Ko’pincha yuqori to’sin tagiga kirib borayotgan to’pni 
tepadan oshirib yuborish uchun tarang barmoqlarni unga yetkazib, yo’lini to’sish 
va trayektoriyasini o’zgartirish kifoyadir. Bunday to’plar musht bilan ham tepadan 
oshirib yuboriladi. 
134-rasm. To’pni sakrab turib yuqoridan o’tkazib yuborish 
Bunda yuqoriga – orqaga yo’naltirilgan musht bilan sekingina urish hisobiga 
to’pning uchish trayektoriyasi o’zgartiriladi. 
Bir qo’llab tepadan oshirib yuborish darvozabondan anchagina narida uchib 
kelayotgan to’p yo’lini to’sish imkonini beradi. Bunda yiqila turib to’pni chetdan 
o’tkazib yuborish samaraliroq chiqadi. Tayyorlov bosqichining va yakunlovchi 


184 
bosqichning bajarilishi darvozabonning to’p qaytarib yuborishdagi harakatlariga 
o’xshashdir. Asosiy bosqichda to’p kaft yoki musht bilan tepadan oshirib 
yuboriladi. 
To’pning uchish yo’nalishi va darvozabondan ungacha bo’lgan masofaning 
qanchaligini hisobga olgan holda, joyda turib, sakrab va zarur siljishlardan keyin 
harakatlana turib, to’pni tepadan oshirib yuborish mumkin. 

Download 5.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling