Uch o’yinchining o’zaro harakati. Uch o’yinchining himoyadagi o’zaro
harakati “uchlik”, “sakkizlik”, “kichik sakkiz” ikki basketbolchi qoyadigan juft
to’siq, ikki o’yinchiga to’qnashtirishni bartaraf qilishning konkret usuli.
Buning uchun yaxshi tashkil etilgan, himoyachilarni hamjihat kuchlari zarur.
“Kichik sakkizlik”ka (ayniqsa markaziy o’yinchi atrofida o’tkazilayotgan
bo’lsa), va almashish yo’rdamida ikki basketbolchiga to’qnashtirishga qarshilik
ko’rsatish har qachon ham samarali bo’lavermaydi. Shuning uchun bunday o’zaro
harakatga qarshi kurashda hujumchilarni shaxsiy ta’qib qilishdan voz kechish va
onda-sonda himoyachilarning zona prinspini qo’llash maqsadga muvofiq.
Himoyachilar (uch kishi) to’rt kishi hujumiga qarshi harakat qilayotgan
paytda, ular jarima otish maydonchasiga muntazam chekinib, zona prinspiga
asoslanib uchburchak hosil qilib mudofaa tashkil etadi.
Shchitdan sapchigan to’p uchun kurash. O’zining shchiti oldida sapchib
qaytgan to’p uchun kurash musobaqaning o’tishi va uning natijasiga kuchli ta’sir
etuvchi muhim holdir. Bu kurashning muvaffaqiyati raqibning shchitga boradigan
yo’lini kesib qo’yishga urinib jarima otissh maydonchasida “shchitdan sapchigan
to’p uchun kurash uchburchagi”ni tashkil qilgan uch himoyachining o’zaro
harakatiga bo’g’liq. Bundan tashqari to’rtinchi himoyachi to’pning shchitdan
uzoqga sapchib ketishi holatiga qo’shimcha straxovkani ta’minlaydi.
1.6.3. Jamoa harakatlari
Jamoa butun tarkibi bilan taktik maqsadga muvofiq jamoa harakatlari orqali
mohirlik bilan himoyalanayotganda, eng qiyin masalani ham muvaffaqiyatli
echishning yetarlicha imkoniyatiga ega bo’ladi. Jamoa harakatlari u yoki bu asosiy
vazifani echishga qaratilgan mo’ljaliga qarab himoyaning ikkita turiga bbo’linadi:
zichlashtirilgan va tarqoq himoya.
45
Do'stlaringiz bilan baham: |