Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport
Download 5.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma
1.6. Himoya taktikasi Yaxshi tashkil etilgan himoya nafaqat hujum tufayli erishilgan muvaffaqiyatni mustahkamlaydi, balki jamoaning keyingi harakatlari xarakteriga ham ta’sir qiladi. Ishonchli himoyaga ega bo’lgan jamoa o’yinni keskinlashtira borishga, o’rtacha va oils masofalardan savatga to’p otishni dadillik bilan qo’llashga qurmaydi hamda shchitdan qaytgan to’p uchun astoydil kurashadi. Himoyalanuvchi jamoaning harakatlari hujum qiluvchi jamoaning harakatlariga javob bo’lib, raqib taktikasining xususiyatlariga qarab tashkil etiladi. Himoyalanayotgan jamoa oldida to’rtta asosiy vazifa turadi: 1) raqib savatga aniq, to’siqsiz to’p tashlashiga yo’l qo’ymaslik; 2) raqibdan to’pni olib qo’yish va qarshi hujum uchun sharoit yaratish; 3) raqibning ba’zi bir aloqalarini va o’yin liniyalari orasidagi aloqa va o’yinchilar o’zaro harakatlarini buzib, hujum qilish uchun tayyorlov operasiyalarini o’tkazishga qarshilik ko’rsatish; 42 4) raqibni tez qarshi hujumga o’tishga yo’l qo’ymaslik. 1.6.1. Yakka harakatlar To’pli yoki to’psiz hujumchiga qarshi harakatlar turlicha, garchand, ikkala holda ham raqibning kuzatish va u bilan faol kurashish kerak. To’psiz hujumchiga qarshi harakatlar. To’psiz hujumchini ta’qib qilganda, himoyachi: a) hujumchiga savatga hujum qilish uchun qulay pozisiyaga chiqib ishga yoki shu pozisiyada to’pni qabul qilib olishga yo’l qo’ymaslik; b) raqib hujumchisi yoki lideriga yo’naltirilgan to’pni olib qo’yish; v) raqibning o’zaro harakat qilish uchun siljishlarga, ayniqsa maydonning o’rtasidan shchit tomonga keskin qo’yiladigan blokirovkaga e’tibor bergan holda qarshilik ko’rsatish kerak. Himoyachi o’zi ta’qib qilayotgan hujumchilar va o’zining savati ostida shunday joylashishi kerakki, bunda u hujumchini ham, to’pni ham ko’rishi lozim. Himoyachining hujumchiga nisbatan holati va ular orasidagi masofa har qanday aniq vaziyatga raqibning tezligi, bo’yi va og’irligi hisobga olingan holda aniqlanishi kerak. Raqibning markaziy o’yinchisini ta’qib qilayotgan himoyachi, u bilan qulay pozisiya va to’pni olish uchun kurashishi kerak. Markaziy o’yinchiga to’pni shchitdan uzoqlashib, u qo’shimcha harakat qilgan holdagina to’pni egallashiga yo’l qo’yish mumkin. Agar u shchitning yaqinida bo’lsa, himoyachi uning oldida to’pni uzatishiga halaqit berish uchun turadi. Download 5.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling