Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport
Download 5.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma
Maydondagi chiziqlar.
Barcha chiziqlarning kengligi 5 sm. O‘yin maydonchasini ikkita yon va ikkita orqa chiziqlar chegaralaydi. O‘rta chiziq o‘yin maydonini har biri 9x9 m o‘lchamga teng bo‘lgan ikki maydonchaga ajratib turadi. Har bir maydonchaning hujum chizig‘i o‘rta chiziqdan 3 m oraliqda bo‘lib, 5 sm oraliqda 5 ta 15 sm li kesik chiziqlar bilan yon chiziqlar tashqarisiga davom ettirilgan bo‘ladi. Zonalar. Oldingi hujum zonasida 2,3,4-zonalar joylashadi. Orqa himoya zonasida 1,6,5-zonalar joylashadi. To‘p kiritish zonasi 9 m o‘lchamga teng bo‘lgan orqa chiziqning davomidir. To‘p, to‘r va ustunlar To‘rning tuzilishi To‘rning kengligi 1 m va uzunligi 9,5 m bo‘lib, teshiklari 10x10 sm kvadrat shaklida, qora rangli ipdan to‘qilgan bo‘lishi kerak. To‘rning yuqori qismida 5 sm kenglikdagi lenta bo‘lib, uning ichidan tros (ustunlarga mustahkamlash uchun) o‘tkaziladi. To‘rning pastki qismidan shnur o‘tkaziladi. To‘rning ikki tomonidan ikki yon chiziqlarga perpendiqo’lar ravishda chegaralovchi lentalar joylashtiriladi. Lentalarning kengligi 5 sm va uzunligi 1m bo‘ladi. To‘rning ikki tomoniga joylashtirilgan chegaralovchi lentalar bilan bir yo‘nalishda ikki antenna vertikal ravishda joylashtiriladi. Antenna diametri 10 mm, uzunligi 1,8 m li naychadan iborat bo‘lib, qattiq egiluvchan materialdan tayyorlangan bo‘ladi. To‘r o‘rta chiziq ustidan vertikal joylashtirilishi kerak. Ustunlar To‘r tortiladigan ustunlar yon chiziqlardan 0,5-1,0 m oraliqda o‘rnatiladi. Ustunlarning balandligi 2,55 m. Ustunlar yumaloq va tekis shaklda bo‘lib, o‘yinchilarga xavf tug‘dirmasligi kerak. Ustunlar tortuvchi va taranglashtiruvchi moslamalarsiz o‘rnatilishi darkor. To‘p To‘pning ichidagi kamerasi rezinadan, tashqi qismi tabiiy yoki sintetik charmdan ishlanib, o‘zi qat’iy dumaloq shaklga ega bo‘lishi lozim. Uning aylana diametri 65-67 sm, og‘irligi 260-280 g, ichki bosimi 294,3 dan 318,8 mba yoki gPa gacha bo‘lishi lozim. Download 5.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling