Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport


Yaqinlashtiruvchi mashqlar


Download 5.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/125
Sana28.10.2023
Hajmi5.17 Kb.
#1731074
TuriУчебное пособие
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   125
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma

Yaqinlashtiruvchi mashqlar 
1. To‘g‘ridan beriladigan hujum zarbasini imitatsiya qilish; turgan joydan, 
1, 2, 3 qadamdan so‘ng. 
2. Rezinkali amortizatorga o‘rnatilgan to‘pga zarba berish. 
3. Devor yonida turib ko‘p marotaba hujum zarbasini bajarish. Xuddi 
shunday, faqat sherikka qarata zarba berish. Masofa - 7-8 m. 
4. Sherigi tashlab bergan to‘pga zarba berish. To‘p 2 m balandlikda tashlab 
beriladi. 
5. Sherigi tashlab bergan to‘pga to‘r ustidan zarba berish. Hujum 
zarbasining o‘zlashtirilishiga qarab sekin-asta musobaqa sharoitiga yaqinlashtirib 
boriladi. 
Texnika bo‘yicha mashqlar 
1. 3-zonadan uzatilgan to‘pga 4-zonadan yo‘nalish bo‘yicha hujum 
zarbasini berish. 
2. 3-zonadan uzatilgan to‘pga 2-zonadan zarba berish. To‘pning uzatilish 
trayektoriyasi 3 m gacha pasaytiriladi, yugurib kelish masofasi qisqartiriladi. 
3. 4,3,2-zonalardan har xil trayektoriyalar bo‘yicha uzatilgan to‘plarga 
zarba berish. 
4. 4,3,2-zonalardan yo‘nalishni o‘zgartirib hujum zarbalarini berish. 
5. Yakkalik to‘siqqa qarshi hujum zarbasini amalga oshirish. 
6. To‘rdan uzoqroq uzatilgan to‘plarga zarba berish. 
7. Murabbiy topshirig‘iga muvofiq ko‘rsatilgan zonalarga hujum zarbasini 
berish. 
8. Hujum zarbalarini o‘zlashtirish darajasiga qarab turli variantlardagi 
mashqlar to‘siq qo‘yish bilan bajariladi. 
2.12. To‘siq qo‘yishga o‘rgatish 
To‘siq qo‘yish voleybolda himoyadagi eng asosiy texnik usul hisoblanadi. 


107 
Shuning uchun uning o‘zlashtirilishiga katta ahamiyat berilishi kerak. 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar 
Mashqlarning asosiy yo‘nalishi xuddi hujum zarbalarini o‘zlashtirishda 
qo‘llanilgan mashqlar kabi bo‘ladi. Ilib qo‘yilgan predmetlarga qo‘l tekkizish, turli 
harakatlanishlardan so‘ng ikki oyoq bilan depsinish mashqlari alohida ahamiyat 
kasb etadi. 

Download 5.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling