To’pni darvozaga yiqilib otish
72-rasm
To’pni darvozaga yiqilib otish
To’siq. Bu hujumchilarning himoyachilar panohidan qutulishi uchun
qo’llaniladigan foydali vositadir. Qo’l to’pi o’yinida to’siqlar yakka holda va
o’yinchilar guruhi tomonidan qo’yilishi mumkin.
Guruh bo’lib to’siq qo’yish 9 metrli erkin to’p tashlash chizig’idan to’p
otishda qo’llaniladi, bu bir necha hujumchining bir-biriga yaqin turib, to’p
egallamoqchi bo’lgan hujumchiga peshvoz chiqayotgan himoyachilar yo’lini
to’sishdan iboratdir.
3.4.2. Himoya o’yini texnikasi
O’yinchilarning himoya texnikasiga to’pni olib yurish, urib qaytarish, to’siq
qo’yish va darvozabon orqali to’pni ushlab olishlar kiradi.
Dastlabki holatda to’g’ri turish himoya harakati tayyorgarligiga za-min
yaratadi. O’yinchi oyoqlarini bukib, gavda og’irligini oyoq kaftlari-ning oldingi
qismiga baravar taqsimlab, qo’llarini bukgan holda (burchagi taxminan 90%) bir
oz ikki tomonga yoyib, qo’l kaftlarini ol-dinga qaratib turishi kerak. Yon tomonga
erkin yura olish va orqa bilan yugura bilish himoyachi harakati texnikasining eng
muhim usullaridir.
132
4-jadval
Himoya texnikasining tasniflanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |