Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport


 Darvozabon o’yini texnikasi


Download 5.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/125
Sana28.10.2023
Hajmi5.17 Kb.
#1731074
TuriУчебное пособие
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma

3.5. Darvozabon o’yini texnikasi 
Darvozabon jamoada eng qiyin va mas’ul vazifani bajaradi. Uning harakati 
faqat darvozaning xavfsizligini emas, balki hujum-ning natijasini ham belgilaydi. 
Darvozabon uchun muhimi, avvalo, bo’yi (180 — 190 sm), tezlik reaktsiyasi, 
mo’ljallay olish, chaqqonlik, kuch, chidamlilik kabi sifatlaridir. Darvozabonning 
dastlabki o’yin texnikasiga turish, siljish, chalg’itishlar, to’pni qo’l, oyoq, gavda 
bilan qaytarish va to’pni uzatishlar kiradi. Darvozabon texnik usullari-niing 
muvaffaqiyatli bajarilishi ko’p jihatdan uning harakatga qanchalik tayyor ekanligi 
bilan belgilanadi. Darvozaboning dastlabki holatni to’g’ri tanlay bilishi uning 
76-rasm 
To’pni ikki qo’llab 
to’sish 


135 
harakatga tayyor ekanligi omilla-ridandir. 
Turish. Darvozabon harakatdagi to’pning vaziyatiga bog’liq ravish-da har-
xil holatda turishi mumkin. Darvozada turishning asosan ikki turi mavjud: darvoza 
o’rtasida va darvoza ustunlari yonida. Darvoza o’rtasida asosiy holatda turib 
harakat qilish qulaydir: oyoqlar yelka kengligida, sal bukilgan, gavda og’irligi ikki 
oyoqqa baravar bo’lingan, gavdaning yuqori qismi ozgina oldinga egilgan
qo’llarning kaftlari
oldinga qaratilgan holda sal bukilib, yon tomonga uzatilgan, kaftlar balandligi 
taxminan yelka balandligiga teng yoki undan ham balandroq bo’lishi mumkin. 
Agar hujumchi to’p otishni burchaqdan bajarayotgan bo’lsa, unda dar-
vozabon darvoza ustuni yonida turib (oyoqlar oralig’i 15 — 20 sm), darvozaga 
yaqin bo’lgan qo’lini yuqoriga ko’tarib tirsak bo’g’ini salgina bukilgan bo’ladi, 
shunda darvozaning yuqori burchagini yopadi; ikkinchi qo’li yon tomonga 
uzatilgan, gavda og’irligi darvozaga yaqin turgan oyoqqa o’tkazilgan; Ana 
shunday holatda darvozabon bevosita to’pni qaytaradi yoki tez-tez oldinga chiqadi. 

Download 5.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling