Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport


Download 5.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/125
Sana28.10.2023
Hajmi5.17 Kb.
#1731074
TuriУчебное пособие
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma

To’pni uzatish. Darvozabon tomonidan tez va aniq uzatilgan to’p 
jamoaning hujumga o’tishi uchun muhim sharoit yaratishning garovidir. SHuning 
uchun darvozabonning baland trayektoriya bilan yoki uzoq masofa-larga to’pni 
yuqorida qo’lni bukib uzatishni qo’llashi qoida tusiga kirib qolgan. To’p 
egallaganidan so’ng darvozabon, uni uzatish uchun qo’lay tarafni tanlaydi. 
Darvozabonning harakati samarali bo’lishi uchun eng to’g’ri pozi-tsiyasi 
darvoza o’rtasi hisoblanadi. Darvoza oldida uning markazidan bir metrgacha 
masofa bo’ylab harakat qiluvchi darvozabon baland trayektoriyada keladigan 
to’pni egallashga doim tayyor bo’lishi lozim. To’p otilishini boshlashini 
aniqlagach, darvozabon darvoza maydoniga to’p kiritish imkoniyatini kamaytirish 
uchun oldinga chiqadi. Otilayot-gan to’p 30 gradusdan kichik burchak ostida 


138 
bo’lsa, u holda darvozabon darvoza ustunlari yonidan joy oladi. 
Darvozabon hech vaqt to’pni nazoratsiz qoldirmasligi va o’z vaqtida 
hujumchining to’p otish usulini bu harakat boshlanishidan oldinroq aniqlashi juda 
muhimdir. 
Agar uning jamoasi hujum qilayotgan bo’lsa, unda u 9 metrli chiziq yonida 
joylashadi, tasodifan jamoasi to’pdan ajrab qolib, raqiblar tez yorib o’tib hujumni 
amalga oshirsalar, o’yinga qo’shilishga tayyor bo’lib turadi. Bunday holda u to’pni 
egallash uchun maydonga chiqishi mumkin. Urinishi muvaffaqiyatsiz bo’lsa, unda 
orqaga chekinadi va darvozada turib, tez yorib o’tib to’pni darvozaga otayotgan 
hujumchining to’pini qaytarishga harakat qiladi. 
 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar 
1. Qo’l to’pi o’yini qachon va qaerda kashf etilgan? 
2. Qachondan boshlab qo’l to’pi bo’yicha Jahon chempionatlari o’tkazila boshladi? 
3. Nima sababdan qo’l to’pi o’yini talaba-yoshlar o’rtasida keng qo’llanilmoqda? 
4. Qo’l to’pi o’yini qachon Olimpiya O’yinlari dasturiga kiritilgan? 
5. Qo’l to’pi bo’yicha jahondagi yetakchi davlatlarni sanab bering. 
6. «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» musobaqalarining 
mohiyati va ularni o’tkazishda qo’l to’pi o’yinining o’rni xaqida gapirib bering. 
7. Respublikamizda qo’l to’pi o’yinining rivojlanishi haqida gapirib bering. 
8. O’zbek qo’l to’pi bo’yicha sportchilarining jahon miqyosidagi yutuqlari haqida 
gapirib bering. 
9.Qo’l to’pi o’yinini vujudga keltirish vositasi nima deb ataladi?
10.Qo’l to’pi o’yini texnikasiga tasnif bering. 
11.Hujum texnikasiga tasnif bering. 
12.Himoya texnikasiga tasnif bering. 
13.Darvozabon o’yini texnikasiga tasnif bering. 
14.To’pni uzatish va darvozaga otishda oyoq harakatining ahamiyati. 
15.Texnik tayyorgarlikni rivojlantirishga qaysi omillar ijobiy ta’sir ko’rsatadi? 
16.Hujumchi va himoyachining maydondagi harakatini qiyoslab bering. 
17.To’pni darvozaga sakramasdan, sakrab, yiqilib otishlar xususiyatlari xaqida 
gapirib bering. 
18.Darvozabonni to’pni ushlash usullari to’g’risida gapirib bering.


139 

Download 5.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling