144
To’p bilan aylanib o’tish uchun ustunlar
84-rasm
Maydon
burchak
bayroqlari
.
To’plar
145
Sport kiyimi. Futbolchilar
ustilarida futbolka,
sportchilar kalta ishtoni
(trusi), futbolchilar oyoq poyafzali (butsы) va himoya getralaridan iborat.
Darvozabon ustki kiyimining rangi maydon o’yinchilari
kiyimi rangidan farq
qilishi kerak va bosh hakam hamda hakamlar xay’ati
maydonga jamoa
o’yinchilari sport kiyimidan farqlanadigan kiyimda tushadilar.
Qoidasi. Futbol bo’yicha musobaqalarni tashkil etishda asosan 17 qismdan
iborat xalqaro miqyosda qabul qilingan o’yin qoidalaridan foydalaniladi.
Jamoa. Jamoa tarkibiga 11 kishi kiradi: 1 darvozabon va himoyachi, yarim
himoyachi va hujumchilarga ajratilgan 10 maydon o’yinchilaridan tashkil topgan.
O’yinlar ochko va kubok uchun o’tkazilishda, bir o’yinda har ikkala jamoadan 3
tadan o’yinchi almashtirilishi mumkin.
O’yin vaqti. Erkak va o’smir jamoalari (16 dan to 18 yoshgacha) uchun bir
o’yin vaqti 90 daqiqa davom etadi. O’yin 2 bo’limdan, har bir bo’limi 45
daqiqadan iborat. Bo’lim tugagach jamoalar darvozalari bilan almashishib kamida
10 daqiqaga tanaffusga chiqadilar. Pley-of musobaqalarida asosiy vaqtda g’olib
aniqlanmasa qo’shimcha 15 daqiqa, 2 bo’limdan o’ynaladi.
Lekin bunda ham
g’olib aniqlanmasa 5 tadan 11 metrli jarima to’pi
belgilanadi va shunda ham
g’olib aniqlanmasa g’olib aniqlango’nga qadar davom etaveradi (3 tadan va h.k).
O’smirlar uchun o’yin (14 dan 15 yoshgacha) davomiy vaqti 2x40 daqiqa,
bolalar uchun o’yin (12 dan 13 yoshgacha) davomiy vaqti 2x35 daqiqa, o’g’il
bolalar uchun o’yin ( 10 dan 11 yoshgacha)-davomiy vaqti 2x30 daqiqa, yosh
bolalar uchun o’yin ( 8 dan 10 yoshgacha) davomiy vaqti 2x25 daqiqa, 8 dan 12
yoshgacha bo’lgan bolalar kichik maydonlarda o’ynaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: