Jismoniy tarbiya va sport mashgulotlari nazariyasi va metodikasi II bosqich magistranti Anarbaev Davranbek Kuvvatbekovich


Download 15.85 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi15.85 Kb.
#1600982

70112201Jismoniy tarbiya va sport mashgulotlari nazariyasi va metodikasi
II bosqich magistranti Anarbaev Davranbek Kuvvatbekovich
Pedagogik ta’lim klasteri yondashuvida yosh futbolchilarning umumiy chidamliligini tarbiyalash texnologiyasi”mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga


TAQRIZ

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalasiga davlat siyosati darajasida qaralib, undan millat genofondini sog’lomlashtirish, jismoniy va intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalashning kafolatli vositasi va milliy istiqlol g’oyalarini targ’ib qilishda strategik ahamiyatga ega bo’lgan muhim soha sifatida foydalanilmoqda. Yurtboshimiz “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning borkuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan da’vatlari ta’limning sifatli va samarali tashkil etilishini, ayniqsa, boshlang’ich sinflardan boshlab o’quvchilarn imustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” PF-4947-sonliFarmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-2909-sonli Qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va spor tsohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni hamda mazkur sohaga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni hal qilishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.


Magistrant Davronbek Anarbaev tomonidan olib borilgan tadqiqot ishi Pedagogik ta’lim klasteri yondashuvida yosh futbolchilarning umumiy chidamliligini tarbiyalash texnologiyasini tadqiq etishga qaratilgan.
Dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa, adabiyotlar ro’yhati kabi qismlardan iborat bo’lib, birinchi bobda pedagogik ta’lim klasteri yondashuvida yosh futbolchilarning umumiy chidamliligini tarbiyalash texnologiyasini atroflicha tahlil qilingan va o’rganilgan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobida tadqiqot ishining vazifalari, o’tkazish uslubiyati va tashkil qilinishi berilgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobida tajribadan olingan ma’lumotlar tahlili, pedagogik ta’lim klasteri yondashuvida yosh futbolchilarning umumiy chidamliligini tarbiyalash texnologiyasini bo’yicha o’tkazilgan tajriba-sinov mazmuni va uning dinamikasi masalalari yoritilgan.
Ishning yakunida muallif tomonidan bajarilgan tadqiqot ish yuzasidan yakun yasalgan. Umumiy xulosalar yoritib berilgan.
Umuman olganda magistrant Anarbaev Davranbek Kuvvatbekovich “Pedagogik ta’lim klasteri yondashuvida yosh futbolchilarning umumiy chidamliligini tarbiyalash texnologiyasi”mavzusidagi dissertatsiya yakuniga yetkazilgan ilmiy tadqiqot ishi bo’lib, uni rasmiy ximoyaga tavsiya etaman.
Chirchiq Davlat Pedagogika
Universiteti Sport va Chaqiriqacha
Harbiy ta’lim fakulteti dotsenti: SH.A. Mirzaqulov
Download 15.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling