Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish
-bob. Konsessiya asosida qurish, qayta qurish va jihozlash uchun yer uchastkasi yoki bino
Download 258.88 Kb. Pdf ko'rish
|
184-сон 01.03.2019. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
12-bob. Konsessiya asosida qurish, qayta qurish va jihozlash uchun yer uchastkasi yoki bino
ajratish tartibi 91. Jismoniy tarbiya va sport muassasalarini qurish, qayta qurish hamda jihozlash uchun davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida konsessiya asosida bitim tuzilishi mumkin. Konsessiya asosidagi bitim o‘n besh yil muddatga tuziladi. Oldingi tahrirga qarang. Jismoniy tarbiya va sport muassasasini qurish uchun yer uchastkasi O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda ajratiladi. (91-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) Jismoniy tarbiya va sport obyektini qayta qurish va jihozlash uchun xususiy sherikka bo‘sh turgan, shu jumladan foydalanilmayotgan, davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalari hududida joylashgan binolar ajratiladi. Yer uchastkasi yoki bino bepul taqdim etiladi. Xususiy sherik taqdim etilgan yer uchastkasiga va binolarga tasarruf etish huquqisiz egalik qiladi va ulardan foydalanadi. Jismoniy tarbiya va sport obyektini qurish, qayta qurish, jihozlash va undan foydalanish natijasida xususiy sherik tomonidan olingan daromadlar konsessiya bitimida belgilab beriladigan miqdorlarda uning mulki hisoblanadi. Xususiy sherikning jismoniy tarbiya va sport obyektini qurish, qayta qurish va jihozlash bilan bog‘liq xarajatlari davlat sherigining talabnomalari bo‘yicha 15 yil davomida bitimda belgilangan tartibda konsessiya asosida O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan qoplanadi. Xususiy sherikka bitimda ko‘rsatilgan mazkur xarajatlarni to‘lash jadvali O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo sanoat vazirligi bilan kelishib olinishi lozim. 92. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda: barcha zarurat tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlashda ko‘maklashishi; zarur bo‘lsa, jismoniy tarbiya va sport sohasida uslubiy va maslahat yordamini ko‘rsatishi shart. 93. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik: jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishida faoliyat yurituvchi guruhlar, bolalar uchun to‘garaklar va boshqa jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etishi; asosiy faoliyatdan, shuningdek, boshqa qo‘shimcha faoliyatdan foyda olish huquqiga ega. Qo‘shimcha faoliyatni amalga oshirish davlat sherigi bilan oldindan kelishib olinadi va bunday faoliyatni amalga oshirishda taqdim etilgan yer uchastkasining ko‘pi bilan 30 foizidan foydalaniladi. 94. Davlat-xususiy sheriklik konsessiya asosida amalga oshirilsa, xususiy sherik quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi: tutash hududni qurish, jihozlash, obodonlashtirish va jismoniy tarbiya va sport muassasasini bitimda ko‘rsatilgan muddatlarda konsessiya asosida foydalanishga topshirish bo‘yicha choralar ko‘rish; ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun imtiyozli yoki bepul jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etish; jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘larni davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan tartibda balansda saqlovchi maxsus hisob raqamlariga ushbu Nizomning 23-bandiga muvofiq o‘tkazish. 95. Konsessiya asosidagi bitimning amal qilish muddati tugashi bilan jismoniy tarbiya va sport obyekti davlat sherigi mulkiga o‘tkaziladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling