Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 2.07 Mb.
bet27/27
Sana14.11.2023
Hajmi2.07 Mb.
#1772585
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
PQ-414 03.11.2022

Jami

9 nafar

(9-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qaroriga
10-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Samarqand shahrida “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4311-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-136-son qarori 7-bandining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tizim tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga tushadigan mablag‘larning 10 foizi (oliy ta’lim muassasalariga o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushadigan mablag‘lar bundan mustasno)”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi “Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-269-son qarori 3-bandining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Institut bitiruvchilariga tanlangan sport turi bo‘yicha “trener” va “trener-seleksioner” mutaxassisliklari beriladi”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-iyundagi “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-286-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jahon chempionatini o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mablag‘lari, homiylar mablag‘lari (titul homiylik, reklama, axborot hamkorligi hamda televizion translatsiya media huquqlaridan tushadigan), shuningdek, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bunda, olinadigan foyda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tasarrufida qoldiriladi hamda dzyudoni yanada rivojlantirishga, jumladan dzyudo maktablarini qurish va jihozlash hamda federatsiya faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 07/22/414/0996-son; 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Download 2.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling