Jismoniy tarbiya va sport tizimida milliy o’yinlar. Jismoniy tarbiya tizimida milliy harakatli o`yinlarning o`rni


Dam olish maskanlaridasport lagerlari, istirohat va ko’ngil ochnsh bog’lari va hokazolar sog’lomlashtirish ishlari


Download 222.8 Kb.
bet4/4
Sana28.12.2022
Hajmi222.8 Kb.
#1014984
1   2   3   4
Bog'liq
Milliy sport turlari

5.Dam olish maskanlaridasport lagerlari, istirohat va ko’ngil ochnsh bog’lari va hokazolar sog’lomlashtirish ishlari
Aholi istiqomat joylarida dam olish va sog’lomlash­tirish maskanlari shakli quyidagicha bo’lishi mumkin:

  1. Istirohat va ko’ngil ochish bog’lari /park/.

  2. Anhor, ko’l, suv ombori va katta ariq yoqalari /plyaj/.

  3. O’quvchilarning dam olish oromgohlari /lager/.

  4. Sport oromgohlari /sport lageri/.

  5. Mahalla va uylar oldidagi bolalarning o’yin maydonlari.

Bu shakllardagi dam olish maskanlarining qurilish, shart-sharoitlari, imkoniyatlari har xil bo’lishi tabiiydir. SHu sababdan ularda tashkil qilinadigan koman­dalar, sog’lomlashtiruvchi guruhlar, ularning mashg’ulot­lari hamda musobaqalari ham shundan kelib chiqqan holda har xil bo’ladi. Bunday turli-tuman joylarda o’yinlar, mashg’ulotlar va musobaqalarni tashkil etish mutasaddi tashkilotlar, jamoat tashkilotlari. mahalla-qishloq oqsoqollari kengashi hamda faollari tomonidan olib boriladi. Bu faoliyatlarda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari, tibbiy xodimlar, qutqaruvchi /suv/ za nazorat xizmatlari bo’lishi kerak.
Umumiy xulosa shundan iboratki, mamlakatda olib borilayotgan turli ommaviy tadbirlarda sport turlari va xalq milliy o’yinlari mazmun topmoqtsa
Flinta: Nauka, 2004.
Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida ta'kidlaganidek, har qaysi xalq yoki millatning ma'naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma'naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida milliy an'ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, kelajak avlodga bekamu ko‘st yetkazishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

O‘zbek xalq milliy o‘yinlari o‘zining uzoq o‘tmishi, boy tarixiga ega bo‘lgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o‘tib kelayotgan, ma'naviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanaladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab, milliy qadriyatlarimiz, an'ana-yu udumlarimiz, shu jumladan, xalq o‘yinlarini qayta tiklashga katta e'tibor qaratildi.
Sportning an'anaviy turlari bilan birgalikda milliy sport turlari hamda xalq o‘yinlari ham tobora rivojlanib borayotir. Bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘zbek kurashi bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, sportning shu turi ustalari o‘rtasida jahon chempionati muntazam o‘tkazib kelinayotgani O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro qalbini g‘ururga to‘ldiradi. Aslida biz faxrlansak arziydigan milliy sport turlari juda ko‘p. Ularning orasida “Turon” kurashi, O‘zbek jang san'ati, uloq, ko‘pkari, chovgon, belbog‘li kurash va kamondan o‘q otish alohida e'tiborga molik. Ayniqsa, oxirgi yillarda O‘zbek jang san'atiga bo‘lgan qiziqish kuchayib bormoqda. Bu sport turi milliy ruh bilan sug‘orilgan bo‘lib, yoshlarda abjirlik, epchillik kabi xususiyatlarni shakllantirishda, ularning o‘tkir zehnli va ko‘rkam qaddi-qomatli bo‘lib ulg‘ayishlarida muhim o‘rin tutadi.

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ota-bobolarimiz azal-azaldan insonni jismonan chiniqtiruvchi, salomatlikka ijobiy ta'sir etuvchi mashqlarga jiddiy e'tibor qaratishganini ko‘ramiz. Masalan, ko‘pkari musobaqasi har bir ishtirokchidan chavandozlik mahoratidan tashqari jismoniy kuch, o‘tkir zehn va yetti o‘lchab bir kesish salohiyatiga ega bo‘lishni talab qiladi. Ajdodlarimiz shunga mos ravishda tayyorgarlik ko‘rib, ham ruhiy, ham jismoniy o‘sishga erishganlar. Umuman olganda, milliy sport turlarining barchasi ota-bobolarimizning yashash tarzi, madaniyati va dunyoqarashidan kelib chiqqan holda rivojlangan. O‘sha kezlarda kimdir chavandoz, kimdir qilichboz, yana kimdir mergan sifatida tanilgan. Shuningdek, turli o‘yinlar va mashqlar tufayli ajdodlarimizda har qanday holatdan olib chiqadigan chaqqonlik, yakkama-yakka olishuvga xos uquv shakllangan.
– Milliy sport turlari bilan bir qatorda xalq o‘yinlari ham aksariyat yoshlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda, - deydi Andijon viloyati xalq o‘yinlari federatsiyasining rahbari Sharobiddin Toshmatov. – Bu o‘yinlar, ayniqsa, bolalar orasida keng yoyilgan. Xususan, mahallalarda o‘tkazilayotgan turli tadbirlarda aksariyat bolalar “Quloq cho‘zma”, “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Podachi”, “Charxpalak”, “O‘rda to‘p”, “Chigi”, “Qo‘tir echki” kabi o‘yinlarda o‘zaro bellashib, kim epchilu, kim chaqqonligini aniqlab oladilar. Shuningdek, “Uzuk olish”, “Igna sanchish”, “Poyondoz”, “Sultonchalar jangi”, “Igna, ip, angishovna” singari xalq o‘yinlari ham yillar osha bizgacha yetib kelgan. Mazkur o‘yinlar ishtirokchilariga sinchiklab qarasangiz, har birida abjirlik, murakkab holatni to‘g‘ri baholash, qiyin vaziyatdan chiqib ketish xususiyatlari qaror topganiga amin bo‘lasiz. Shundan xulosa qilish mumkinki, milliy sport turlari va xalq o‘yinlari yoshlarni sog‘lom voyaga yetkazish, ularga ta'lim-tarbiya berishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, milliy qadriyat va urf-odatlarni asrab-avaylashda ularning o‘rni beqiyos.
Darvoqe, maktabgacha ta'lim muassasalari, umumiy o‘rta ta'lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida xalq o‘yinlariga e'tibor yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi 2-bog‘cha, 1-,2-,4-,25-,33-,40-,47-,48-maktablarda xalq o‘yinlariga qiziqish juda katta. Shuningdek, Oltinko‘l iqtisodiyot, agroiqtisodiyot,
sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari ham xalq o‘yinlari festivalida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Shu tufayli Oltinko‘l tumani bu borada viloyat miqyosida peshqadamlik qilayotir. Aniqroq aytganda, tuman vakillari 1999 yildan buyon viloyatda o‘tkazilayotgan xalq o‘yinlari festivallarida muntazam ravishda 1-o‘rinni qo‘lga kiritishyapti.
– Boshqa tumanlarda ham ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanyapti, - deydi Sharobiddin Toshmatov. – Oxirgi yillarda Izboskan, Andijon, Jalaquduq, Buloqboshi va Baliqchi tumanlarida ham sovrindorlar safi kengaydi. Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan musobaqalarda Andijon sanoat kolleji, Olimpiya zaxiralari sport kolleji, Mashinasozlik va Tibbiyot institutlari jamoalari yuqori o‘rinlarni band etib, xalq o‘yinlariga e'tibor kuchayib borayotganini isbotlab bermoqdalar. Viloyat terma jamoasi esa respublika miqyosidagi festivallarda Andijon sharafini munosib ravishda himoya qilayotir. Misol uchun vakillarimiz Termiz va Navoiy shaharlarida tashkil etilgan festivallarda sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lishgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, viloyatda xalq o‘yinlarini ardoqlaydigan, o‘z iqtidori va mahoratini namoyon etishga bel bog‘lagan yoshlar ko‘p. Ular muntazam shug‘ullanish orqali hamisha sog‘lom bo‘lishadi, shu bilan birga xalq o‘yinlari an'analarini keyingi avlodga bekamu ko‘st yetkazib berishadi.
Darhaqiqat, milliy sport turlari va xalq o‘yinlari o‘ziga xos qadriyat sifatida avlodlardan avlodlarga o‘tib boradi. Ularni ardoqlagan yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘usi qaror topadi, milliy ruh shakllanib, xalqimizning an'ana va urf-odatlarini e'zozlash hissi yanada kuchayadi. Xullas, milliy o‘yinlar yoshlarni o‘zbekona tarbiyalashning eng ta'sirchan vositalaridan biridir. Bu o‘yinlar qanchalik keng yoyilsa, vatanparvar yoshlar safi shunchalik kengayadi.
Download 222.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling