Jismoniy tarbiya va sport universiteti


Mavzu yuzasidan tayanch iboralar


Download 2.09 Mb.
bet124/139
Sana31.01.2024
Hajmi2.09 Mb.
#1820298
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   139
Bog'liq
ЖТ ва СП ДАРСЛИК

Mavzu yuzasidan tayanch iboralar:shaxs, yosh davrlar, go‘daklik davri, yasli davri, maktabgacha tarbiya yoshi davri, kichik maktab yoshi davri, katta maktab yoshi davri, davrlashtirish, umumiy vazifalar, xususiy vazifalar.


Nazorat savollari:



  1. Yosh davrlarini guruhlashtiring.

  2. Go‘daklik davriga xos bo‘lgan individual xususiyatlarni ayting.

  3. Yasli davriga xos bo‘lgan individual xususiyatlarni ayting.

  4. Kichik maktab yoshi davriga xos bo‘lgan individual xususiyatlarni ayting.

  5. O‘rta maktab yoshi davriga xos bo‘lgan individual xususiyatlarni ayting.

  6. Katta maktab yoshi davriga xos bo‘lgan individual xususiyatlarni ayting.

  7. O‘quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonida umumiy vazifalar orqali qanday maqsadlar hal etiladi?

  8. O‘quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonida xususiy vazifalar orqali qanday maqsadlar hal etiladi?



FAN BO‘YICHA IZOHLI LUG‘AT
(GLOSSARIY)
Axborot - agarda tayyorlangan ma’lumotlardan biror narsa (jarayon, hodisa) to‘g‘risida aniqlikni oshirish maqsadida foydalanilsa, u holda foydalangan ma’lumotlarga axborot deb ataladi.
Axborot texnologiyalari (AT) – bu tizim masalalarni echimini topish maqsadida axborotlarni yig‘ish, qayta tiklash, saqlash, ifodalash, tizimlash, uzatish va uni iste’molchiga foydalanishga qulay holga keltirish jarayonini kompьyuter va telekommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladigan, tartibga solingan va tashkillashtirlgan tizim va amaliy dasturlar majmuasidir.
Axloq (arabcha – xulq-atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir. Axloq – ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan etukligining mezoni bo‘lgan ma’naviy kamolotga erishib bo‘lmaydi.

Download 2.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling